Mavzu: Tuxum po’chog’idan mozaika yasash usullari Reja


Download 19.83 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi19.83 Kb.
#1403356
  1   2
Bog'liq
texnologiya2


Mavzu: Tuxum po’chog’idan mozaika yasash usullari

Reja:
1.Mozaika san’ati haqida ma’lumot berish.
2. Tuxum po’chog’ini ishga tayyorlash.
3. Tuxum po’chog’idan mozaika yasash texnologiyasini amaliy ko’rsatish.



Amaliy mashg’ulotning maqsadi:
Talabalarga mozaika sa‟nati haqida bilim
berish. Mozaika ishining mazmuni haqida tushunchalar hosil qilish. Tuxum
po’chog’idan mozaikani yasash texnologiyasini o’rgatish.

Pedagogning vazifalar:
 Talabalarning mozaika san’ati haqidagi bilimlarini aniqlash;
 Ish joyini to’g’ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni eslatish;
 Tuxum po’chog’idan mozaika ishining bajarilish haqida tushunchalar berish
 Tuxum po’chog’idan mozaika ishlarini yasash texnologiyasini o’gatish ;

Ta’lim usullari:
Kichik ma’uza, tezkor so’rov, namoyish etish, suhbat, amaliy ish, tahlil qilish, taqdimot

Ta’lim vositalari:
Tayanch matn, metodik qo’llanmalar, slaydlar, oq qog’oz, turli rangli qog’oz, chizg’ich, qaychi, qalam

Mashg’ulotni boshlashdan oldin o’quvchilarni bilimlarini aniqlash va


fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Mozaika san’ati qanday san’at?
2. Mozaikaning materiallari nimalar?


Mozaika sa‘nati haqida
Keyingi yillarda yog’ochning turli navlaridan mozaika qilish keng tarqaldi. Bu ish unchalik murakkab emas, uni ustaxona sharoitlarida ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun yupqa yog’och plastinkalar (bir qavatli fanera)dan tasvir yig’iladi va keyin ularniasosga yelimlab, ustidan lak yoki politura beriladi.
Yog’och mozaika nabori juda qiziqarli va ishning zamonaviy turidir. Hozirgi kunda u keng tarqalgan.Uning aniq, lo’nda, dekorativ tasvirli yaltiroq polirovka qilingan sathi kvartiralarning zamonaviy planirovkasiga, devorlar rangi, mebellarning qat’iy qatoriga juda mosdir.
Mozaika bilan mebellarni, jurnal stollari, yodgorliklar va ko’pchilik shu narsalarni bezash mumkin.
Yog’ochga qo’l asboblari bilan ishlov berganda xavfsizlik texnikasining ma’lum qoidalarga rioya qilinishini talab qiladi. Asboblar va moslamalarni ishlatish qoidalarini bilish uni ishlayotgan har bir kishi uchun majburiydir.
Ish jarayonidagi xavfsizlikning qat’iy qoidalari:
Ishni hech qachon o’qituvchining ruxsatisiz boshlama!
Asboblarni faqat o’z o’rnida ishlat!
Yaroqsiz asbob bilan ishlama!
Ishni chet ishlarga chalg’imasdan bajar!
Asbobuskunalarni o’zi uchun belgilangan joyda saqla!
Uzun kiyimda bo’lma, yengingni shimar, choklarini yig’!
Materialni qo’lda yo’nma!
Osilib turganda kesma!
Pichoq bilan o’zing, o’rtog’ing tomonga qarab yo’nma!
Kesilgan, tilingan, shilingan joylarni yuvib, yod surtib, toza bint bilan bog’la.
Mozaika—nafis san’at turi bo’lib, yog’och, shisha, gips,sopol buyumlarida naqsh berib bezashda foydalaniladi.
Mozaika – rang-barang koshin, shisha,marmar, tosh, yog’och metal parchalari bir-biriga zich terib yopishtirib ishlangan naqsh tasvir monumental-bezak san’ati turlaridan biridir.
Mozaika tayyorlashning ikki usuli mavjud.
1.“To’g’ridan-to’g’ri terish” tosh, shisha, sopol parchalari to’g’ridan-to’g’ri devorga, polga, shiftga siment yordamida yopishtirib, suvab tasvir hosil qilinadi.
2.“Qayta terishda”da koshin, sopol parchalariqog’oz, metall, yog’och taxtaga yopishtirib tasvir hosil qilinadi. Keyin shu tasvir tegishli joyga ko’chiriladi.
Mozaikaning Qadimgi Sharq mamlakatlarida keng tarqalgani ma’lum. Antik davr va o’rta asrlarda Vizzantiya, Italiya, Gruziyada XV-XVI asrlarda sharqda, jumladan, hozirgi O’rta Osiyo teritoriyasida rivoj topgan.
Samarqand, Buxoro,Xiva kabi yirik shaharlarda mozaika usulidan jozibador koshinkori yozuv va naqshlar ishlangan binolar, minoralar saqlangan.
Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va
turli mamlakatlarda mozaika qo’llaniladigan materiallariga ko’ra ham naqsh va rasmlarga ko’ra ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. O’rta Osiyoda madrasalar, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika usulida bezatilgan.
Hozirgi kunda mozaika bilan binoalarning tashqi qismlari, devorlari va xalq
amaliy sa‟nati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sapol, plitalardan, foydalaniladi.



Download 19.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling