Mavzu: Tuxum po’chog’idan mozaika yasash usullari Reja
Tuxum po’chog’ini ishga tayyorlash
Download 19.83 Kb.
|
1 2
Bog'liqtexnologiya2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Tuxum po’chog’ini ishga tayyorlash:
1. Tuxum po’chog’i yaxshilab yuviladi 2. Nina bilan tuxumning yuqori va pastki qismi teshiladi 3. Tuxum po’chog’ning yuqori qismidan puflab ichidagi suyuqlik chiqariladi. 4. Bo’shagan tuxum po’chog’ining ichki qismi suv bilan yuvib tozalanadi. 5. Tuxum po’chog’i qurigandan keyin usti qismi kerakli rangda bo’yaladi. 6. Buyoq qurigandan keyin tuxum po„chog„i kerakli hajmda maydalanadi. Tuxum po’chog’idan mozaika yasash texnologiyasi Kerakli rangdagi qog’oz fon tanlanadi; Mozaikaga mo’ljallangan tasvir va elementlar miqdori aniqlanadi; Mozaika ustida ishlanganda asosiy e‟tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, tuxum po’chog’ining hajmiga, o’lchamlariga, ranglarini tanlashga qaratiladi. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o’qini o’tkazish va elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim. Tuxum po’chog’ini yelimlashda joyni adashtirmaslik uchun ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi; Mozaikaning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham tuxum po’chog’idan yasaladi, ularni chizmaslik kerak; Tayyorlangan tuxum po’choqlari qog’oz sathiga, ya’ni fonga joylashtiriladi va tasvir hosil qilinadi; Mozaikadagi ranglar uyg’unligiga erishiladi; Mozaika hozirgi kunda monumental san’atga aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sapol plitalaridan foydalaniladi. Loasda rangli ko’zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo’shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi. Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir. 1. Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quritilgan tuxum po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi. 2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va yirik bo’laklarga bo’linadi. 3. Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo’lmasligi kerak. 4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi. 5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po’sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi Foydalanilgan adabiyotlar 1. Sanaqulov X.R, Xodieva D.P, Sanaqulova A.R. “Texnologiya ta‟limi” 3-sinf uchun darslik . –T:. Sharq, 2. Mavlonova R.A, Sanoqulov X.R, Xodieva D.P “Mehnat va uni o„qitish metodikasi” O„quv qo„llanma 3. Nurmatova M.Sh. “Mehnat tarbiyasi” Toshkent. TDPU Sanaqulov X.R, Xodieva D.P, Sanaqulova A.R. 4. “Texnologiya ta‟limi” 2-sinf uchun darslik . –T:. Sharq, 2016 4. R.Hasanov,H.Egamov“Tasviriy sa`nat va badiiy mehnat” T. “O„qituvchi” 1997 yil. 5. X.Sanaqulov, D.Xodieva “Boshlang„ich sinflarda qog„ozdan amaliy ishlar” metodik qo„llanma 2012 yil T:.Ipak yo„li poligraf, 2012. Download 19.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling