Korxonalarni rekonstruksiya qilish, unumdorligini oshirish usullari slayd


Ishchi kuchi mavjudligi va korxonaning unumdorligini oshirish


Download 8.55 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi8.55 Kb.
#1582570
1   2   3
Ishchi kuchi mavjudligi va korxonaning unumdorligini oshirish. Aholi yashaydigan joylarga ishchi kuchi masalasi oson yechiladi. Lekin ayrim hollarda korxonalarni aholi kam yashaydigan, chekka yerlarda qurishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda asosiy omillar korxona qurilishiga mos kelsa-da, ishchi kuchi unga hisobga olinmaydi.
Aholi kam yashaydigan joylarda aholini ko’paytirish, yangi shaharchalar barpo etish mumkin. Mutaxassis kadrlarni esa ishlab turgan korxonalarda va tegishli kursalarga tayyorlash mumkin. Korxonalar qurilishi uchun maydon tanlangandan so’ng, maydonlarni qurilishga berishi uchun hujjatlar tayyorlanadi. Masalan: maydon biror xo’jallikka tegishli bo’lsa, uning roziligini olib, xo’jallik qaroriga ko’ra tuman, viloyat, sung Respublikaga tegishli tashkilotlari tomonidan tasdiqlanadi.
Loyihalanadigan qayta ishlash korxonalarini texnik-iqtisodiy asoslashda ishchi kuchiga bo’lgan talab hisoblanadi.
Korxonaning unumdorligini oshirish - loyihalashda quyidagi ikki vazifa ko’pchilik hollarda mujassamlanadi. Korxona unumdorligini oshirish uchun, agar mavjud ishlab turgan korxonaning unumdorligi yetishtirilgan xom ashyoni to’liq qayta ishlay olish quvvatiga ega bo’lmasa yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulot bilan hudud aholisi ehtiyojlarini to’liq qondirb bo’lmasa, shu hududda aynan shunday yangi korxona kurilishi yoki mavjud korxonani unumdorligini oshirish uchun rekonstruksiya qilish, ya’ni to’liq yoki qisman Buning uchun korxonada ishlab turgan barcha uskunalar o’rganilib chiqilib, ularning har birining quvvati alohida aniqlanadi. Barcha texnologik sanoat agregatlarning quvvati qayta ishlanayotgan xom ashyo yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori bilan belgilanadi.
Texnologik sxemalarni tanlashda asosiy shartlar-Texnologik tizimlar tasdiqlangan ishlab chiqarish yo’riqnomalari, tegishli adabiyotlar va ilg’or korxonalarning yutuqlari asosida tanlab olinadi. Loyihalanadigan texnologiya eng avval mahsulotni yuqori sifatini ta‘minlash lozim. Masalan, mevali sharbatni (etsiz) presslash yoki diffo’zion usul bilan tayyorlash mumkin. Diffo’zion usulda sharbat ko’p miqdorda olinadi, lekin uning sifati presslangan sharbatning sifatidan ancha past bo’ladi. Shu sababli ichimlik sharbatlar faqat presslash usuli bilan, yarimfabrikat sharbatlar esa diffo’zion usul bilan olinadi.
Muhim ko’rsatkichlardan biri mahsulotning chiqishi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishi bilan chiqindilar va yo’qotishlar kam bo’lganligi, texnologik tizimi yaxshi tanlanganligini ko’rsatadi. Masalan, tomat xalimini ishlab chiqarishda xom ashyo qirg’ichga tushishdan oldin qizdirilmaganda chiqindilar 4-4,5%, qizdirilganda 12-13% tashkil etadi.
Sharob tayyorlash mahsulotlar

Download 8.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling