Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati


Download 182.99 Kb.
bet3/6
Sana11.03.2023
Hajmi182.99 Kb.
#1261305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati

Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning boshlang’ich iste’mol qiymatining bosqichma-bosqich yo’qolib borishi tushuniladi. Bunda nafaqat ularning ishlash jarayonidagi eskirishi, balki bekor turishi natijasida ham eskirganligi kiradi.
Ma’naviy eskirish bu - mashina va uskunalar qiymatining ularni takror ishlab chiqarish uchun ketadigan umumiy, zaruriy xarajatlarining qisqarishi, yangi va unumdor mashina va uskunalarning joriy qilinishi ta’sirida pasayishidir.
Amortizatsiya - asosiy fondlar eskirishini mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qismlab o’tkazish yo’li bilan yig’ilib boriladigan pul mablag’laridir.
Amortizatsiya me’yorini hisoblash formulasi:
F1-Fy
Nam= ————— x 100,
ТmF1
bu yerda: F1 - asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati, ming so’m; Fy - asosiy fondlarning yo’qotilgan qiymati, ming so’m; Тm - asosiy fondlarning me’yoriy xizmat muddati, yil.


Misol. Dastgohlarning jami boshlang’ich qiymati 20,0 mln. so’m., xizmat muddati - 8 yil. Modernizatsiya xarajatlari 4,0 mln. so’m., demontaj sarflari 0,5 mln.so’m, stanoklarning qoldiq qiymati 0,9 mln.so’m. Bu holatda amortizatsiya me’yori - (20,0-0,9):(20,08)]x100=11,25%, amortizatsiya ajratmalari - [(20,0 +4,0+0,5-0,9)]:8=2 950 ming so’mni tashkil etadi.
3.1-jadval
Amortizatsiya ajratmalari miqdorini bir
maromli usulda hisoblash tartibi

Asosiy fondlar ko’rinishlari

O’rtacha balans qiymati,
ming so’m

Amortizatsiya ajratmalarining yillik me’yori, %

Amortizatsiya ajratmalari-ning yillik miqdori, mln.so’m (gr.2xgr.3)

Uskunalar

60 000

12

7200

Binolar

350 000

5

17500

Тransport

7 000

20

1400

Jami:







26100




Download 182.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling