Korxonaning aylanma mablag‘lari reja


Download 67.25 Kb.
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi67.25 Kb.
#1288486
  1   2   3   4
Bog'liq
KORXONANING AYLANMA MABLAG


KORXONANING AYLANMA MABLAG‘LARI


Reja

  1. Aylanma fondlar va aylanma mablag‘lar: tarkibi va tuzilishi

  2. Aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish

  3. Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari

  4. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish

1.Aylanma fondlar va aylanma mablag‘lar: tarkibi va tuzilishi


Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari va ish kuchidan tashkari, aylanma mablag‘larga xam ega bo‘lishlari zarur. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma mablag‘lar korxonaning xisob raqamida nakd pul ko‘rinishida jamg‘ariladi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi xisoblanadi.
Korxonaning aylanma mablag‘lari aylanma fondlar va muomala fondlariga taksimlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi xamda natural shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor maxsulot tannarxiga o‘tkazadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy elementi ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi xisoblanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga bo‘linadi:
" ishlab chiqarish zaxiralari;
" tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor maxsulotlar;
" kelgusi davr xarajatlari.
Ishlab chiqarish zaxiralari - ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor maxsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, extiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallaridan iborat mehnat predmetlari.
Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir kadar o‘zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor maxsulot yoki yarim fabrikat xosil qiladi.
Xom ashyo resurslarini xom ashyodan farq kilmok kerak. Xom ashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilma konlari, o‘rmon maydonlari, uy xayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chikarilgan yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina (Mehnat vositasi yordamida ovlangan xayvonlar, qazib olingan ma’danlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar) xom ashyoga aylanishi mumkin.

Download 67.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling