Korxonaning huquqiy maqomi va ta’sis hujjatlarining auditi
Download 15.67 Kb.
|
dokument microsoft word 6
Korxonaning huquqiy maqomi va ta’sis hujjatlarining auditi Ta’sischilar (ta’sis majlisi) tomonidan tasdiqlangan va amaldagi qonunchilikka asosan ro`yxatga olingan Ustav va ta’sis shartnomasi korxonaning ta’sis hujjatlari hisoblanadi. Davlat tasarrufida bo`lgan korxona aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda yoki xususiylashtirilganda ta’sis hujjatlari bo`lib, shuningdek, davlat mol-mulkiga boshqarish huquqiga ega bo`lgan vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan emissiya prospekti ham hisoblanadi. Ta’sis hujjatlarining tekshiruvi ular amaldagi qonunchilikka muvofiqligi va ularga o`zgarishlar qonuniy kiritilganligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Audit o`tkazish vaqtida auditor ushbu iqtisodiy sub’ekt amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqiy maqomi va faoliyat ko`rsatish huquqini tekshirishi lozim. Buning uchun quyidagi asosiy hujjatlardan foydalaniladi: mijozning Ustavi va korxonaning ta’sis shartnomasi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq yuridik shaxs o`z faoliyatini Ustav, yoki ta’sis shartnomasi va Ustav, yoki faqat ta’sis shartnomasiga asosan amalga oshiradi. YUridik shaxsning ta’sis shartnomasi tuziladi, Ustav esa, ta’sischilar tomonidan tasdiqlanadi. Ustavda yuridik shaxsning funksiyalari, uning kapitali, tizimi, boshqaruv tizimining tashkil etish tartibi va vakolatlari, qayta tashkil etish yoki tugatish tartiblari belgilanadi hamda buxgalteriya hisobini yuritish va nazorat tamoyillari ifodalanadi. Ta’sis hujjatlariga o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ushbu o`zgartirishlar davlat ro`yxatidan o`tgandan keyin kuchga kiradi. Audit o`tkazish davrida davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnoma, shu jumladan Ustav va ta’sis hujjatlarining yangi tahriri (agar ularga o`zgartirishlar kiritilgan bo`lsa) mavjudligi tekshirilishi lozim. Ustavda rezerv va boshqa fondlarni tashkil etish hamda foydani taqsimlash tartibi, qayta tashkil etish, tugatish, mol-mulklarni taqsimlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish tartibi va boshqalar ko`zda tutilganligi aniqlanadi. Audit o`tkazish vaqtida, korxona qachon va qaerda ro`yxatga olinganligi, ushbu korxonaning hisob-kitob va boshqa schetlari qaysi bankda ochilganligi, ta’sischilar kim va Ustav kapitalida ularning ulushi, har bir ta’sischining Ustav kapitalidagi ulushi va umuman Ustav kapitali qonunchilikka oid hujjatlar talablariga muvofiqligi aniqlanadi. Tekshirish jarayonida, shuningdek, kichik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sub’ektlarining patentlari, aksiyadorlik jamiyatlari uchun emissiya prospekti va aksiyadorlarning reestri, direktorlar Kengashi, aksiyadorlarning yillik majlisi va ta’sischilarning joriy qarorlari bayonnomalaridan ko`chirmalar, ijro direksiyasining buyruqlari va farmoyishlari, ta’sischilar yoki/va aksiyadorlar bilan yozishuvlar, xo`jalik yurituvchi sub’ektning ichki nizomi va tartibga solish kabi boshqa hujjatlari o`rganib chiqiladi. Tekshiruv vaqtida korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, tizimi va uning O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiqligi, ho`jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy boshqarish tizimi va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha bosqichlardagi rahbarlarning vakolatlari, iqtisodiy sub’ekt O`zbekiston Respublikasi hududida va xorijda mustaqil balansga ega bo`lgan filiallar va boshqa bo`linmalar tashkil qilish huquqiga ega ekanligi aniqlanadi. Xo`jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatning qaysi turlari bilan shug`ullanishi va uning ro`yxatga olingan Ustavida ko`zda tutilgan faoliyatlardan chetga chiqishlar mavjudligi o`rganib chiqiladi. Faoliyatning ayrim turlari uchun davlat ro`yxatidan o`tishni yoki lisenziya yoki ruxsatnomalar talab qilishini unutmaslik lozim. SHu bois, auditorlar tekshiruv vaqtida korxona ayrim faoliyat turlari, masalan: savdo-sotiq, qimmatli qog`ozlar bilan operasiyalar, bank faoliyati, qurilish-montaj ishlari va boshqalarni amalga oshirish uchun lisenziyaga ega ekanligini aniqlaydilar. Agar ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun korxonaning lisenziya (ruxsatnoma)si bo`lmasa, ushbu faoliyat bo`yicha amalga oshirilgan operasiyalar qonunsiz deb hisoblanadi va barcha olingan daromad davlat foydasiga undirilib olinadi. Ta’sis hujjatlarini tekshiruvida, korxona Ustav (to`langan) kapitali qanday shakllanishini, amaldagi qonunchilikka muvofiq barcha ta’sischilar ulushlarini o`z vaqtida Ustav kapitaliga kiritayotganliklarini (korxona ro`yxatdan o`tkazilguncha har bir ta’sis etuvchi ulushining 30 foizi, qolgan 70 foizini esa bir yil davomida kiritilishi, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa - 75 foizi, yil davomida - 25 foizi kiritilishi) aniqlashi lozim. Auditor ta’sischilar tarkibi va Ustav kapitaliga faqat xususiy mablag`larni qo`yish mumkinligini nazarda tutib, ular tomonidan berilgan badallar manbalarini o`rganib chiqadi. Ustav jamg`armasiga budjet mablag`larini, kreditlarni, siyosiy va ixtisoslashtirilgan jamoat tashkilotlari mablag`larini yo`naltirish taqiqlanadi. Auditor qatnashchilar tarkibida nolikvid balansga ega bo`lgan yoki qarzini to`lashga qurbi yetmaydigan (inqirozga uchragan) deb e’lon qilingan korxonalar mavjudligini aniqlaydi. Korxonaning tashkiliy tizimi va uning Fuqarolik Kodeksiga muvofiqligini tekshirish lozim. Xo`jalik yurituvchi sub’ekt sho`’ba va qaram bo`lgan xo`jalik jamiyatlarni tashkil etish huquqiga ega. Agar tekshirilayotgan korxonalarda bundaylar mavjud bo`lsa, auditor bunday jamiyatlar bilan, alohida balansga o`tkazilgan bo`linmalar bilan hisob-kitoblar hisobi bo`yicha schetlarda amalga oshirilgan hisob-kitoblar hisobi yuritish tartibini tekshirishi lozim. Ushbu schetlardan sho`’ba va qaram bo`lgan jamiyatlarni tashkil etgan korxonalar bilan bir qatorda, sho`’ba va qaram bo`lgan jamiyatlarning o`zlari ham ushbu korxonalar o`rtasidagi o`zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishlari mumkin, bundan Ustav kapitaliga qo`yilmalar bo`yicha hisob-kitoblar istisno. Auditor korxona ta’sischilari tarkibida sodir etilgan o`zgarishlarni ham e’tibordan chetda qoldirishi mumkin emas. Amaliyotda ta’sischi mijozdan katta miqdordagi zayomlar olganligi va kelajakda nafaqat ta’sischilar, umuman faoliyat ko`rsatayotgan korxona tarkibidan ham chiqib ketganligi holatlari uchraydi. Ta’sis hujjatlarini o`rganish vaqtida auditor ushbu xo`jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan xo`jalik operasiyalar ro`yxatini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar kelajak tekshiruvlarni amalga oshirish uchun kerak bo`ladi. Auditor, xususan, xorijda filiallar, vakolatxonalar tashkil etilishi, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanish Ustavda ko`zda tutilganligini aniqlaydi. SHuningdek, Ustavlarni ishlab chiqishda tadbirkorlar tomonidan imtiyozli soliqqa tortish uchun "asos tayyorlashga" manfaatdorliklarini ko`zda tutish lozim. Download 15.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling