Korxonaning moddiy ba’zasi va ularni boshqarish moddiy ba’za haqida


Download 0.71 Mb.
bet3/4
Sana15.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1776826
1   2   3   4
Bog'liq
KORXONANING MODDIY BA’ZASI VA ULARNI BOSHQARISH

Davalat ro`yxatidan o`tish tuman, shahar hokimliklarida amalga oshiriladi. Korxona davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risida o`n kun muddat ichida moliya vazirligiga yagona davlat ro`yxatiga kiritish maqsadida e’tibor beriladi.

Korxona davlat ro`yxatidan o`tish uchun hokimiyatga uni ta’sis etish to`g`risida qaror, korxona nizomi va boshqa xujjatlar taqdim etiladi. Agar korxona uch kun muddat ichida ro`yxatdan o`tkazilmasa, yoki ro`yxatdan o`tish rad qilingan taqdirda, ta’sischi rad etish asoslanmagan deb xisoblagan holda, u sudga murojaat etishi mumkin. Korxonani davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun qonunda ko`rsatilgan miqdorda badal olinadi. To`plangan mablag`lar korxona ro`yxatidan o`tgan shahar, tuman byudjetiga o`tkaziladi.

Korxona mulki

Korxona mulki, bu –uning asosiy aylanma fondlari hamda qiymati korxonaning mustaqil balansida aks etirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki nizomga muvofiq unga to`liq mulkdorlik va egalik qilish huquqi bilan tegishli bo`ladi. Ta’sischilarning pul va moddiy badallari, mahsulot sotish va xizmat ko`rsatish, shuningdek, xo`jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari; bank va boshqa kreditorlar qarzlari; byudjetdan kapital va qo`yilma va dodatsiyalar, tashkilot va fuqarolarning beg`araz va homiylik badallari, qonun tomonidan taqiqlanmagan boshqalar korxona mulki manbasi bo`lib xizmat qiladi.

Davlat korxona mulkiy huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan korxona asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini faqat qonunda ko`rsatilgan hollardagina tortib olinishi mumkin.

Korxona xo`jalik mexanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish

Korxona xo`jalik mexanizmi - bu xo`jalik yuritishning tamoyil, usul va shakllari ko`lami bo`lib, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni va mehnat jamoasini boshqarish, mehnat jamoasini boshqarish munosabatlar tizimi bilan ishlab chiqarish asosiy vositalari o`rtasida aloqa va o`zaro ta’sir amalga oshiriladi. Bu murakkab tashkiliy-iqtisodiy tizim bo`lib, rejalashtirish xo`jalik hisobi, moddiy texnika ta’minoti, boshqarish tamoyillari va usullari, korxona kadrlar va ularning korxonaning boshqarishdagi qatnashuvi, fan-texnika taraqqiyoti va mahsulot sifatini oshirish, mehnat faoliyatini ijtimoiy rivojlantirish, mehnatni va unga xaq to`lashni tashkil etish, kredit va xisob kitoblar, tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni himoya qilish, xisob, xisobot, nazorat, tashqi iqtisodiy aloqalarni qamrab oladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling