Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili


Download 96.22 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi96.22 Kb.
#1287926
  1   2
Bog'liq
Jamshid mt

Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili

Bajardi: Mirzarahimov J.

guruh mbr-57

O’qituvchi: O’rmanbekova I.

Reja:

  • Joriy aktivlar va ularning o‘zgarishi tahlili
  • Sof aktivlar va ular samaradorligi tahlili
  • O‘z aylanma mablag‘lari summasi va uni o‘zgarishini tahlili

Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishni tashkil etish va uzluksiz faoliyatni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy ahvolni yaxshilashning, raqobatdoshlik va uni o‘stirishning zaruriy sharti hisoblanadi.

  • Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishni tashkil etish va uzluksiz faoliyatni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy ahvolni yaxshilashning, raqobatdoshlik va uni o‘stirishning zaruriy sharti hisoblanadi.
  • Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik deganda joriy faoliyatning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish holati tushuniladi. Agar moliyalashtirishga o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, u holda majburiyatlar, qarzga olingan mablag‘lar hisobiga ehtiyoj ta’minlanadi. Lekin bu holat faoliyat natijaviyligining asosiy qismini qarz beruvchilar tomonidan olib qo‘yilishiga olib keladi.

Tahlilda asosiy e’tibor: pul fondlarining tashkil etilishi va ishlatilishiga; aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasiga; aylanma mablag‘lardan samarali va optimal foydalanish darajasiga; tejamkorlikni ta’minlashdagi imkoniyatlarni aniqlashga; iqtisod qilish hisobiga foydani o‘stirishning aniq yechimlariga qaratiladi.
Asosiy maqsadi – aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlash, ularni oldini olish, moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan tegishli imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Tahlilda aylanma mablag‘larni me’yorlash masalasiga muhim ahamiyat beriladi. Me’yorlashtiriladigan va me’yorlashtirilmaydigan aylanma aktivlar ularning ishlab chiqarishdagi va texnologik jarayonlardagi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Aylanma mablag‘lar samaradorligini baholashda ularning aylanuvchanlik koeffitsiyentlariga va aylanish davriga baho beriladi.
Aylanuvchanlikni oshirish va aylanish davrini qisqartirish aylanma aktivlar intensiv foydalanuvchanlik darajasini ifoda etadi.
Aylanma mablag‘lar naqdligini baholashda sof aktivlar qiymatiga muhim ahamiyat qaratiladi.
Sof aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning qarz majburiyatlaridan ozod bo‘lgan mol-mulk qiymati tushuniladi

Download 96.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling