Korxonaning tovarlar va xizmatlar bozorida narx siyosatini ishlab chiqish


Download 104.55 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi104.55 Kb.
#1047336
  1   2   3   4
Bog'liq
prezentatsiya

Korxonaning tovarlar va xizmatlar bozorida narx siyosatini ishlab chiqish

 Narx tushunchasi va uning mohiyati

  • Narx bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir. Narx – tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.
  • Qiymat – bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish darajasi. Xaridorning mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar xaridorga bitta birlik mahsulot kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Agarda unga bir nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Chunki mahsulotning keyingi donasi kamroq qadrli bo‘ladi. Bu haqiqat bizni agregatlashgan bozor talab chizig‘iga olib keladi.

Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi?

  • Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga qaraganda ko‘proq kafolatlaydi.
  • Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi.
  • Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi.

Marketing — miks kompleksidagi narxning o‘rni


Mahsulot
Mahsulotning xaridor uchun qadri
Narx
Kommunikatsiya
Distributsiya
Narx
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib chiqamiz: avvalo, narxlar ishlab chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi. Masalan, poyafzalga bo‘lgan talab biron bir sababga ko‘ra ko‘payib borayapti, deb faraz qilaylik. Bu hol poyafzal do‘konlari egalariga, poyafzallar uchun yuqoriroq narx qo‘yish imkonini beradi. Ikkinchi tomondan, sotuvchilar poyafzal fabrikalariga qo‘shimcha buyurtmalar beradilar, chunki ularni ko‘proq sotish ularning daromadlarini oshiradi. Fabrikani aynan poyafzal ishlab chiqarishdan manfaatdor qilish uchun ularga poyafzal do‘konlarining egalari ilgarigiga qaraganda balandroq narx taklif qilishlari lozim. Fabrikalar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun har xil charm va uning o‘rnini bosuvchi boshqa resurslarni ko‘proq sotib olishlari, shuningdek, qo‘shimcha ishchi kuchini yollashlari lozim bo‘ladi. Ishlab chiqarishning ushbu omillariga talabning ortishi ularning baholari oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida ularni taklif qilishning o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu tariqa ishlab chiqarishning bir bo‘g‘unidan boshqasiga poyafzalga talab oshganligi haqida axborot yetkazib turiladi. Poyafzal uchun kerakli bo‘lgan tovarlarga ehtiyojning ortishi mo‘yna (jun) sanoati, furnituralar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishni, ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi.

Download 104.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling