Korxonaning tovarlar va xizmatlar bozorida narx siyosatini ishlab chiqish


Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin


Download 104.55 Kb.
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi104.55 Kb.
#1047336
1   2   3   4
Bog'liq
prezentatsiya

Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin

    • Ulgurji
    • Chakana
    • Xarid va boshqalar.

Savdo sohasi bilan bog‘liq narxlar turlari
    • Tartibga solinadigan (boshqarilib, o‘zgarib turadigan) narxlar
    • Erkin narxlar
    • Qat’iy belgilangan, tasdiqlangan narxlar

Boshqarish darajasi va usullari jihatidan farq qiluvchi hamdadavlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab narxlar
    • Bozor narxi
    • Xalqaro narxlar

Narxning boshqa xillari

Narxni shakllantirish

  • Baho siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: xarajatlar, talab, raqiblar narxi, narx belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish bo‘yicha davlat tadbirlari. Umuman olganda narx maqsadlari uch sohaga nisbatan qo‘llaniladi:
  • - tovar aylanmasi hajmini aniqlash; - maksimal foyda olish; - raqobat sohalari.
  • Korxonalar o‘z tovarlariga narx belgilashdan oldin unga ta’sir etuvchi tashqi omillarni chuqur tahlil qilishlari zarur. Jahon tajribasida iste’molchilarni xaridiga qarab turli bo‘limlarga ajratib o‘rganiladi:
  • Ishlab chiqaruvchi. So‘ralgan narxni xarajatlarning to‘liq, qisman hisobiga mos kelishi.
  • Iste’molchilar. Narx darajasining potensial sotib oluvchilar nuqtayi nazaridan maqbulligi.
  • Raqobatchilar. Raqobatchilar tomonidan so‘ralgani bo‘yicha sotilgan narxlar darajasi.

Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa


NARX
Mahsulot / xizmat
Xaridorning didi va istaklari
Xaridorning mahsulotni xarid qilishga tayyorligi
Xaridorning moliyaviy ahvoli
Boshqa marketing vositalari
Xaridor tomonidan qabul qilingan mahsulotning qadrliligi

Narxni belgilashdagi asosiy yondashuvlar:

  • Zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlashning tahlili asosida narx hisob-kitobi. Korxona xohlaydigan foyda hajmini ta’minlaydigan narxni qo‘yishga intiladi. Narxlashtirishning bu uslubiyoti zararsizlik grafigiga asoslanadi.
  • Talabga yo‘naltirilganlik. Ko‘pgina korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas, tovarning iste’molchi tomonidan xaridorlik yuzasidan qabul qilinishi, deb hisoblaydilar, ya’ni gap tovarning foydaliligi va uning narxga sezgirligi haqida boradi. Demak, narx bu holda tovarning qiymat jihatdan sezilarli muhimligiga muvofiq kelishi kerak.
  • Raqobatchilarga yo‘naltirilganlik. Joriy narxlar darajasi asosida narxlarni belgilayotganda korxona asosan raqobatchilar narxidan kelib chiqadi va o‘z xarajatlari yoki talab ko‘rsatkichlariga kamroq e’tibor beradi. Bunday yondashuv ancha keng tarqalgan.

Download 104.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling