Korxonaning tovarlar va xizmatlar bozorida narx siyosatini ishlab chiqish


Download 104.55 Kb.
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi104.55 Kb.
#1047336
1   2   3   4
Bog'liq
prezentatsiya

Korxonaning narx siyosati

  • Narx siyosati korxonaning bozordagi umumiy siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi.“Siyosat” so‘zining ma’nosi mumkin bo‘lgan san’at, deyiladi. Bu tarif narx siyosatining tarifiga ham to‘g‘ri keladi. Narxni shakllantirish, bu san’at chunki u yuqori aniqsizlik davrida amalga oshiriladi. Korxonaning narx siyosati – bu maksimal darajada narx shakllanishi sohasidagi imkoniyatlardan foydalanishga, salohiyatni xaridor uchun bo‘lgan raqobatda yutishga va o‘z maqsadlariga erishish uchun narxni ko‘tarishga qaratiladi. Narx siyosati narx strategiyasi orqali amalga oshiriladi. Narx siyosati taktik-operativ aksiyalarni, ma’lumot tizimini (yig‘ish, tahlil qilish vositalari), tashkiliy qarorlar (tartib va jarayon jihatlar) ni o‘z ichiga oladi.
  • Taktik — operativ aksiyalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qisqa muddatli pog‘onalarni shakllantirish, narxlar tarkibi, narxlar differensiatsiyasinarxlar variatsiyasi, narx chizig‘i siyosati, narxlarni yo‘naltirish. Taktik – operativ aksiyalarning qo‘llanilishi korxonaning strategik maqsadlari bilan mos kelishi lozim, u bozorda o‘z mavqeyini egallash uchun qilinadi. Shuning uchun narx siyosati strategik baza (narx strategiyasi) ga muhtojlik sezadi.

Narx siyosatining maqsadlar tizimlari bilan bog‘liqligi


Xavfsizlik

Daromad

Mustaqillik

Xarajatlar

Tushum

Pul oqimi

Ishlab chiqarish quvvati

Xarid hajmi

Narx

Narxdan qoniqish
Xaridorlar bog‘lanishi
Narx imiji
Narx qabul qilinishi
Narxga ishonch

Narxning rag‘batlantiruvchanlik xususiyatlaridan foydalanish

  • Raqobat sharoitida bozor ulushini egallashda tovarlar narxining sotuv hajmiga ta’siri, xarajatlarning foydaga ta’siri yaqqol ko‘rinadi. Bunday sharoitda korxonaning asosiy vazifasi xaridorlarni o‘z tovariga jalb etish, doimiy mijozlar segmentini shakllantirish, yangi mijozlarni jalb etish, bozor ulushini ko‘paytirishga harakat qilish, xaridlar miqdori va qaytarilishini ko‘paytirishdan iborat. Marketologlar bunday sharoitda iste’molchilarni o‘rganib, qanday narxlar xaridlarning xarid qobilyatiga to‘g‘ri keladi, narxlarni tartibga solish orqali xaridorlarga ta’sir etish, jalb etishga harakat qilishlari kerak. Samarali narx siyosatini bularning barchasini inobatga olmasdan yuritish mumkin emas. Xaridor xulqatvoriga bog‘liq bo‘lgan narx modeliga odatda, quyidagi konstruksiyalar kiritiladi: narxdan vujudga keladigan xaridor holati (emotsiyasi), narxga qiziqish, narxni qabul qilish va tovarga nisbatan baholash, narxga tayyorlik, narxdan qoniqishva h.k. Bu alohida omillar o‘zaro juda bog‘liq bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos va ularni boshqarish mumkin.
  • Bozorga borgan har qanday xaridor bir tovarni bir necha sotuvchidan uning narxini so‘rab tovarning o‘rtacha bahosini o‘zi uchun aniqlaydi. Narxning yuqori yoki pastligi albatta xaridor ruhiyatiga (tashqaridan ko‘rinmasada) ozmi, ko‘pmi ta’sir etadi.
  • Mavsumiy tovarlarga, ma’naviy eskirgan tovarlarga chegirmalarning berilishi qisqa muddatda talabning oshishiga olib keladi. Xaridorga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning xarid qilish haqidagi qaroriga oson ta’sir etadi. Firma do‘konlaridagi yuqori narxlar ba’zi xaridorlarni qoniqtirsa, boshqalarini do‘kondan tezroq chiqib ketishga undaydi. Shuning uchun bunday savdo markazlarida chegirmalar qo‘yilgan tovarlarning «mavjudligi» qo‘shimcha, sovg‘a sifatida bir buyumni qo‘shib sotilishi ham iste’molchida ijobiy kayfiyatni tug‘diradi va xarid qilishga qiziqtiradi.
  • Narxga bog‘liq bo‘lgan kayfiyatni turlicha namoyon etish mumkin. Masalan, narxga bog‘liq quvonch, xaridor o‘z imkoniyatiga mos kelgan narxda kerakli tovarni sotib oldi: narx eyforiyasi – xaridor past narxda tovarni kechki bozorda, kunduzgi narxlarga nisbatan 10-15 % arzon sotib oldi. Yoki «Korzinka. uz» da yangi yil arafasida «baxtli soat», “yangi yil sovg‘asi”aksiyasida sotib olingan tovarlari narxidan 10% chegirma qilinishi xaridor kayfiyatini ko‘tarishi tabiiy.
  • Narxdan rag‘batlanish – hozirda ko‘pgina savdo markazlari

Download 104.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling