Korxona,tashkilot,muassasalarning tashkiliy tuzilmasi, tarkibi va tashkil topish tarixi


Korxona,tashkilot,muassasalarning buxgalteriya hisobotlarini yuritish tartibi bilan tanishish


Download 0.66 Mb.
bet10/27
Sana20.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1632684
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
Dilshoda amaliyot (3)

5.Korxona,tashkilot,muassasalarning buxgalteriya hisobotlarini yuritish tartibi bilan tanishish
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida tuziladi. Moliyaviy hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- buxgalteriya balansi;
- moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot;
- asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot;
- pul okimlari to’g’risidagi hisobot;
- xususiy kapital to’g’risidagi hisobot;
- izoh, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sob’ektlarining moliyaviy hisoboti soddlashtirilgan shaklda tuziladi. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunning 17-moddasiga binoan kichik va urta tadbirkorlik sub’ektlari faqat statistika organlari hamda soliq organlariga belgilangan shaklda hisobot taqdim etadilar.
SHo’ba korxonalari, shuningdek tadbirkorlik tuzilmalarini filiali va vakolatxonalari bo’lgan korxonalar umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tuzadi. YUridik shaxslar o’z filiallari vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bulinmalarini mustaqil balansga ajratishlari mumkin bo’lib, ularning balanslari va boshqa hisobot shakllarini uzlarining umumlashtirilgan hisobotlariga kiritishlari shart. Umumlashtirilgan hisobotga bosh korxona uning sho’’ba korxonalari filiallari va vakolatxonalarining moliyaviy hisobotlari ilova qiladi.
Barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan kalendar yil moliyaviy hisobot davri hisoblanadi.
YAngidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslar vujudga kelgan sanadan boshlab usha yilning 31 dekabriga qadar bo’lgan davr yakka tadbirkorlar uchun esa ular tuman hokimligidan ro’yxatga olingan sanadan boshlab 1-hisobot yili deb hisoblanadi. Agar yuridik shaxs 1 oktyabrdan ro’yxatga olingan bo’lsa, 1-hisobot keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi. YAkka tadbirkorni davlat ro’yxatidan utishga yoki yuridik shaxs vujudga kelishiga kadar amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlar 1-hisobot yili moliyaviy hisoboti hisoblanadi. Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
- soliq organlari;
- ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
- davlat statistika organlariga;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliya hisoboti hisobot yili boshidan qo’shilib beruvchi jamlama shartida yilning choragida taqdim etiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi buxgalteriya hisobotining ayrim sub’ektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investrlar, kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi. Ochik turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotni ularda kursatilgan ma’lumotlarning to’g’riligini auditorlar tasdiqlagach, hisobot yili tugagandan so’ng 1 maygacha e’lon qilishlari shart. Garchi moliyaviy hisobotlar oshkora e’lon kilinsa ham buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgalteriya hisobi registrlari mazmuni bilan tanishishga korxona ma’muriyati yoki yakka tadbirkor ruxsati bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda (prokuror, sud qarori asosida) yo’l qo’yiladi. Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar ularning maxfiyligini saklashlari shart. Majburiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling