«kosinuslar va sinuslar teoremasi» mavzusini o’qitish metodikasi


Download 0.56 Mb.
bet3/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1622486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
bitiruv ishi ruziboyev (1)

XULOSASI
Pedagog – ustoz bo’lishi uchun boshqalarning aql – idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib tarbiyalashi uchun, eng avvalo pedagogning o’zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi kerak. Demak, ta’lim tizimida bir qator muhim vazifalarni hal etilishi zarurligini ko’rsatadi. Mazkur vazifalarni qanday bajarishi, dasturda belgilangan ta’lim-tarbiya mazmunini o`quvchilarimiz ongiga singdirish, shubhasiz pedagog o`qituvchilarimizga bog’liq. Demak, pedagog saviyasining yuksakligi – hayotiy ehtiyojdir. Har qanday shaxs tom ma’noda ijtimoiy mavjudot bo’lganligi bois uning barcha ongli harakatlari, faoliyati va faolligi eng avvalo uni o’rab turgan ijtimoiy muhit, qolaversa unga bevosita ta’sir etuvchi shaxslarga yoxud shaxslararo munosabatlar motivasiyasining shakllanishiga bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan kichik guruhlar doirasida har bir shaxsga, aniqrog’i o’quvchi shaxsiga ta’sir etuvchi omillarni muayyan ijtimoiy-psixologik mezonlar asosida tadqiq qilish masalasi bugungi kunda o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri sifatida namoyon etilmoqda. Bu jarayonda albatta munosabat tizimi diognostika qilish tizimining o’rni va ahamiyati nihoyatda beqiyos ekanligi ma’lum bo’ldi. Ayni paytda, ijtimoiy psixologiya fanining nazariy va metodologik manbalariga bevosita tayangan holda kichik guruhlar faoliyati bilan bog’liq o’ziga xos ijtimoiy psixologik xususiyatlarni empirik tahlil qilishga ijodiy yondashildi.
Shu ma’noda Ruziboyev Sherzod Komiljonovich tomonidan tayyorlangan bitiruv ishining ahamiyati katta.
Bitiruv ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishga doir ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, ishning maqsad va vazifalari hamda amaliy ahamiyati bayon qilingan.
Yuqoridagi bayon qilingan fikirlardan kelib chiqib Ruziboyev Sherzod Komiljonovichningning “Kosinuslar va sinuslar teoremasi mavzusini o’qitish metodikasi ” mavzusidagi bitiruvishni YaDAK himoyaga tavsiya etaman.


Bitiruv ishi rahbari X.Xaydarov


Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Matematika o‘qituvchisi” yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchisi Ruziboyev Sherzod Komiljonovichning
Kosinuslar va sinuslar teoremasi mavzusini o’qitish metodikasi ” mavzusidagi bitiruv ishiga
TAQRIZ
Ushbu bitiruv ishiga ijodiy yondashilib, aniq, mantiqiy to’g’ri shakllantirilgan, reja to’g’ri tuzilgan, kirish qismi yozilgan va unda mavzuning dolzarbligi, uning ilmiy-pedagogik hamda metodik adabiyotlarda qanchalik hal etilgani, amaliyotdagi ishlar ahvoli, muallif hal qilmoqchi bo’lgan masalalar ko’rsatib o’tilgan, matnda sarlavhalar o’z joyiga qo’yilgan, har bir sarlavha tegishli mazmun asosida ochib berilgan hamda ishda bayon qilingan fikrlardan kelib chiqib ilmiy-uslubiy tavsiyalar ko’rsatilgan. Muallifning bitiruv ishi yetarlicha yoritilgan va ishida ko’tarilgan muammolar bir necha usullar bilan hal qilingan, ishning ahamiyati va undan amaliyotda foydalanishning yo’l yo’riqlari ko’rsatilgan, xulosa qismida mavzu bo’yicha muallif o’rgangan adabiyotlar va ish tajribalar tahlili asosidagi xulosa hamda uning kelgusida bajarmoqchi bo’lgan ishlari loyihasi aks ettirilgan, foydalanilgan adabiyotlar, mualliflari, qaysi manbadan olinganligi to’g’ri tanlangan. Bitiruv ishida internet manbalaridan foydalanish holatlari yetarli, lekin ayrim imlo xatolar uchraydi. Bu bitiruv ishining saviyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Ruziboyev Sherzod Komiljonovichning “Kosinuslar va sinuslar teoremasi mavzusini o’qitish metodikasi ” mavzusidagi bitiruv ishni himoya qilishga tavsiya etaman.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling