Космик нурлар физикаси
I. Normal yulduzlar va ularning klassifikasiyasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
quyosh fizikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O, B, A, F, G
I. Normal yulduzlar va ularning klassifikasiyasi.
Koinotda eng ko’p tarqalgan obyektlar yulduzlardir. Koinot massasini taxminan 98%i bunday sharsimon gazli obyektlarga to’g’ri kelib, qolgan qismi kosmik fazoda sochilgandir. Juda ko’p kimyoviy elementlarning hosil bo’lishi, 19
yulduzlarning evolyusiyasi bilan bog’liqdir, shuning uchun yulduzlarni o’rganilishi nafaqat kosmik obyekt sifatida, balki materiya evolyusiyasini o’rganishda hamda kosmik nurlar fizikasi uchun katta ahamiyatga egadir. Yulduzlarning asosiy xususiyatlari eng avval massasi, yorqinligi va radiusi bilan aniqlanadi. Shuning uchun tajribaning birinchi vazifasi bu kattaliklarni o’lchashdan iborat bo’lsa, ikkinchisi bu kattaliklar asosida yulduzlarni individual va turli gruppalarini xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Hozirgi zamon astrofizik metodlari yulduzlarni tashqarisidagi va ichkarisidagi xususiyatlarini aniqlash va ularni evolyusiyasini kuzatish imkoniga egadir. Yulduzlar turli tuman bo’lsa ham ularni ichidan, ma’lum xususiyatlarini birxilligiga ko’ra, yulduzlar guruhlarini ajratish mumkindir. Bunday guruhlar ichidan nostasionarlik, pulsasiyalanuvchi, portlanuvchi xususiyatlari bilan ajraluvchi guruhlardagi yulduzlarni o’rganish katta ahamiyatga egadir. Bunday guruhlardagi yulduzlarni o’rganish nafaqat yulduzlar to’g’risida, balki butun koinot to’g’risida, kosmik nurlar to’g’risida muhim ma’lumotlarni beradi. Yuqorida qayd qilingan xususiyatlarga ega bo’lmagan yulduzlarga normal yulduzlar deyiladi. Normal yulduzlarni o’rganilishi, yulduzlarni klassifikasiyalash imkonini beradi. Yulduzlar osmoni bilan birinchi tanishishni o’zi yulduzlar ranglari bilan farq qilishlarini ko’rsatadi. Yulduzlarni spektrlarini o’rganish asosida esa, ularni nisbatan nozik xususiyatlariga ko’ra ajratish imkonini beradi. Odatda yulduzlar yutilish chiziqlariga ega bo’lgan tutash spektrga egadirlar. Ba’zi yulduzlarni spektrida yorug’ (emission) chiziqlar kuzatiladi. Yulduzlar spektrlarini eng muhim farqi bo’lib, ulardagi chiziqlarni miqdori, intensivligi va unda energiyani taqsimoti hisoblanadi. Yulduzlarni spektral klassifikasiyasi spektrlarini o’rganishdan va tushintirishdan ancha oldinroq boshlangan bo’lib, bunday spektrlarni o’laroq xususiyatlari yulduzlarni fizik xususiyatlariga bog’liq ekanligi tushunarli edi. Ko’pchilik yulduzlarni spektrlarini shunday ketma-ketlikda joylashtirish mumkinki, bu ketma-ketlikda, bir kimyoviy elementga taalluqli chiziqlari susayib borsa, ikkinchi elementniki esa kuchayib boradi. Spektrlarini o’xshashliklariga ko’ra yulduzlar, sinflar ajratiladi. Sinflardagi yulduzlar nozik xususiyatlariga ko’ra sinfosti yulduzlar guruhlariga ham ajratiladi. Yulduzlarni ma’lum sinf yoki sinfosti guruhiga mansubligini aniqlovchi kriteriya sifatida ma’lum spektral chiziqlar intensivligi nisbati olinadi. Yulduzlarni bunday klassifikasiyalash prinsipi birinchi marotiba Garvard observatoriyasi xodimlari tomonidan ilgari surilganligi sababli, yulduzlarni Garvard klassifikasiyalash prinsipi deyiladi. Garvard klassifikasiyalashda spektral guruhlar, lotin alfavitini bosh harflari O, B, A, F, G, Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling