Космик нурлар физикаси
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
quyosh fizikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2,5 MEV
0
, ~ 25% aniqlik bilan o’lchanadi.
1. Kosmik nurlar neytron komponentasini qayd qilish. Kosmik nurlarning neytronli komponentasi, ikkilamchi kosmik nurlar bo’lib, ular birlamchi yadro aktiv kosmik zarralarning Yer atmosferasidan o’tish jarayonida, Yer atmosferasining muhitini atom yadrolari bilan ta’siri natijasida hosil bo’lgan.
Neytronli komponentaning kenglik effekti birlamchi kosmik zarralar kenglik effekti darajasigacha bo’lib, μ- mezonlarning kenglik effektidan ancha kattadir. Bundan neytronlar energiyasi uncha katta bo’lmagan Yer magnit maydonining o’zgarishini sezuvchi zarralar mahsuloti ekanligi kelib chiqadi. Shuning uchun kosmik nurlar neytronli komponentasini oqimini o’zgarishi, energiyasi uncha katta bo’lmagan birlamchi kosmik nurlar oqimini o’zgarishini aks ettiradi.
Neytronlar asosan energiyasi uncha katta bo’lmagan stabil zarralarning yadroviy ta’sirlari natijasida tug’ilganligi uchun, ular temperatura effektiga ega bo’lmasdan, uncha katta bo’lmagan barometrik effektga egadir. Ya’ni neytronlarning intensivligi, qayd qilish detektorlarining ustidagi havo bosimining o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Neytronlarning bunday atmosferik variasiyasiga barometrik effekt deyiladi.
Kosmik nurlar neytronli komponentasini barometrik effektini hisobga olish matematik usullari ishlab chiqilgan, shuning uchun neytron komponentasini o’lchash yo’li bilan birlamchi kosmik nurlarni intensivligini vaqtli variasiyalarini tadqiq qilish, qulay metodlardan biri bo’lib hisoblanadi. Neytronlarni BF 3 gazi bilan to’ldirilgan proporsional schetchiklar yordamida qayd qilish mumkindir, va bu yo’l neytronlarni qayd qilishning yagona yo’lidir. BF 3 gazi
11 5 10 5 ваВ В izotoplari 65
aralashmasidan iborat bo’lganligi va neytronlar 10 5 В gazi bilan reaksiyaga kirganligi sababli, schetchik yuqori bosimlargacha 10 5 В izotopi bilan boyitilgan VF 3 gazi bilan to’ldirilgan bo’ladi. Neytronlar 10 5 В izotop bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi:
4
7 3 1 0 10 5 He L n B i (4.4)
Bunday reaksiya natijasida 2,5 MEV energiya ajraladiki, uning 1,6 MEV qismi α – zarralarga mos kelsa, 9 MEV energiyani Li olib ketadi. Bunday reaksiya natijasida tug’ilgan har ikki zarra qarama-qarshi tomonlarga harakat qilib, schetchik ichida chopish yo’lini to’la ishlatilganda 80000 juft ionlarni hosil qiladi.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling