Koson kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji


Fayllardan nusxa ko‘chirish


Download 0.5 Mb.
bet13/29
Sana04.11.2021
Hajmi0.5 Mb.
#170553
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
OS maruza

Fayllardan nusxa ko‘chirish

Fayllardan nusxa olish uchun copy buyrug‘i mavjud.

Buyruqning kengaytmasi: copy faylning nomi yangi faylning nomi yoki copy faylning nomi [katalogning nomi].

Fayllarning nomlarida * va ?simvollarini qo‘llash mumkin.

Buyruqning birinchi parametrida ko‘rsatilgan katalogdan, buyruqning birinchi parametrida faylning nomidan berilgan fayllarning nusxalari olinadi. Diskovod va buyruqning ikkinchi parametridagi yo‘l fayllar nusxasi qaysi katalogga olinayotganini ko‘rsatadi. Agar ikkinchi parametrida faylning nomi yo‘q bo‘lsa, unda nusxa ko‘chirilayotganda fayllarning nomlari o‘zgarmaydi. Agar buyruqning ikkinchi parametrida faylning nomi berilgan bo‘lsa, u nusxa olinayotgan faylning yangi nomini bildiradi. Buyruqning ikkinchi parametridagi * va ?simvollari nusxasi ko‘chirilayotganda fayllarning nomlaridagi tegishli simvollari nusxa ko‘chirilganida o‘zgartirilmasligini bildiradi.
Misollar:

Copy xxx.doc xxx.txt - joriy katalogdagi xxx.doc faylidan nusxa olib, joriy katalogda xxx.txt fayli tuziladi.

Copu a:\ *.* – axboroti to‘plovchining tub katalogidagi hamma fayllaridan joriy katalogga nusxa olish.

Copu \t\*.doc c:\ *.txt - joriy diskning \t katalogidan doc kengaytmali hamma fayllardan c: diskning joriy katalogiga nusxa olish, fayllar *.txt kengaytmaga ega bo‘ladi.

Copy buyrug‘ida fayllar nomlarining o‘rniga uskunalarning ifodalari ishlatilishi mumkin. Masalan:

CON - konsol (kiritish uchun klaviatura, chiqarish uchun monitor). Klaviaturadan kiritilayotganda faylning oxiri Ctrl+Z yoki F6 bilan tugatiladi;

PRN - printer (faqat chiquvchi fayl sifatida).

Misol: copy paper.txt prn – paper.txt faylini pechatga chiqarish.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling