Koson kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji


Mavzu: Windows reestri bilan ishlash Reja


Download 0.5 Mb.
bet21/29
Sana04.11.2021
Hajmi0.5 Mb.
#170553
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
OS maruza

Mavzu: Windows reestri bilan ishlash

Reja

1). Windows reestri bilan ishlash

2). Indikatorlar sohasi bilan ishlash

3). Windows reestrini sozlash


Mavzu:Operatsion sistemani yuklash

Reja

1). Operatsion sistema bilan ishlash

2).Operatsion sistemani yuklash

3). Operatsion sistemani turlari

Agar operatssion tizim (OT) tushunchasini qisqacha izohlasak, bu boshqaruv dasturidir. OT bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dasturdir.

Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo`linadi.

Fizik resurslar:

-xotira;


-vinchester;

-monitor;

-tashqi qurilmalar;

-va shu kabilar kiradi.

Dasturiy resurslar:

-kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;

-kompyuter ishlashini ta`minlaydigan boshqaruvchi dasturlar;

-beriladigan tahlil qiluvchi dasturlar;

-drayverlar;

-virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlardir;

-va shu kabilardir.

Dasturlash tizimi – dasturlash tillariva ularga mos til protsessorlari majmuasidan iborat bo`lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni ta`minlovchi dasturlar to`plamidan iborat. Dasturlash tizimini tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar to`plamiga singariOT boshqaruvi ostiga ishlaydi. Kompyuter resurslari OT boshqaruvi ostida bo`ladi. OT ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyati kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan effektivfoydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilish.

OT dan quyidagi xususiyatlarga ega bo`lish talab qilinadi:

Ishonchlilik. OT o`zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo`lishi kerak. OT foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan hatoni aniqlashi, uni tahlil qilishi va tiklanish holatida bo`lishi kerak. OT foydalanuvchining o`zi tomonidan qilingan hatodan himoyalashi, hech bo`lmaganda dasturiy muhitga kerltiradigan zararni minimumga olib kelishi kerak.

Himoya.OT bajarilayotgan masalalarni o`zaro bir-biriga ta`siridan himoyalash kerak.

Bashorat.OT foydalanuvchi so`roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimida qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo`lsa ularning ketma-ketligi qanday bo`lishidan qat`i nazar natija bir xil bo`lishi kerak.

Qulaylik. Foydalanuvchiga OT ni taklif qilishdan maqsad, resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Tizimni inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.

Samaralilik.Resurslar taqsimotida OT foydalanuvchi uchun maksimal holda tizim resurslardan foydalanish darajasini oshirishi kerak. Tizimning o`ziga esa iloji boricha kamroqresurslardan foydalanishi kerak. Resurslarning OT tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.

Moslanuvchanlik.Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OT effiktivligi va samaradorligini olish maqsaddida ko`paytirish yoki kamaytirishi mumkin.

Kengaytiruvchanlik. Evolutsiya jarayonida OT ga yangi fizik va dasturiy resurslar qo`shilishimumkin.

Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo`ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. Bu xolat interfeys tizimida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o`zaro bog`liqligining funksional tavsifi asosida amalga oshiriladi.

Avval qayd etiganimizdek – OT ning asosiy vazifasi resurslar taqsimotini boshqarishdan iborat. OT foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozodqilib kompyuterni uch xil holatda ishlashini ta`minlashi mumkin. Bir dasturli; ko`p dasturli; ko`p masalali.

Bir dasturli holat – kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi.

Ko`p dasturli holat (multidastur) - OT bir vaqtning o`zida bir-biriga bog`liq bo`lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o`rtasida o`zaro taqsimlanadi. Multidastur holati markaizy protsessorning ish vaqtini va “periferiya” qurilmalari ishini ta`minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli holatidan afzalligi resurslardan effiktiv foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.

Ko`p masalali holat – multimasala holati bir vaqtning o`zida bir necha masalaning parallel ishlashini ko`zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham mumkin.Ko`p masalali holat faqat multitizimda (bir necha protsessor) tashkil qiladi.

OT kompyuter va foydalanuvchi o`rtasidagi vositachi hisoblanadi. OT foydalanuvchi so`rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta`minlaydi. So`rov OT tilida qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi ko`rinishida bo`ladi. OT so`rovlarni turli holatlarda bajarilishi mumkin, shu sababli OT ni quyidagi turlarga bo`lishi mumkin:

-paket holati tizimi;

-vaqtni taqsimlash tizimi;

-real vaqt tizimi;

-muloqot tizimi.

Paket holati – bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi tizim, ya`ni bir yoki bir necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarmni bajaruvchi tizim. Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan so`ng foydalanuvchi bilan uning masalasi o`rtasida muloqot qilish taqiqlangan. Bunday OT bir dasturli yoki ko`p dasturli holatlarda ishlashi mumkin.

Vaqtni taqsimlash – bir vaqtning o`zida bir necha foydalanuvchiga xizmat qilishi mumkin va foydalanuvchiga o`z masalasi bilan muloqot qilish imkonini beradi. Bir vaqtda ishlash effiktiga boshqa resurslarni turli foydalanuvchilar tomonidan berilgan hisoblash jarayoniga taqsimlash bilan erishiladi. Birinchi topshiriqni bajargandan so`ng, OT uni navbatning oxiriga olib borib qo`yadi va ikkinchi masalaga xizmat qiladi. Har bir masalaga xizmat qilish vaqti OT parlamentlarida aniqlanadi. Professional dasturchi OT ni tashkil qilish jarayonida bu vaqt birligini o`zgartirishi mumkin.

Real vaqt – tizimni berilhan real vaqt oralig`ida topshiriqni bajarishini ta`minlaydi. Bunda kompyuterdagi hisoblash jarayoni tezligi real vaqt o`tishiga hamohang bo`lishi kerak. Kompyuter bunday OT bilan odatda bir dasturli holat ishlaydi.

Muloqot amaliyot tizimi – yakka foydalanuvchi uchun mo`ljallangan bo`lib, kompyuter bilan muloqotning qulay ko`rinishini ta`minlaydi. OT odatda bir dasturli holatda ishlaydi.

Uzilishga ishlov beruvchi modul OT tarkibiga kiritilgan asosiy modullardan biri hisoblanadi. U foydalanuvchi dasturi bilan aloqani ta’minlaydi .uzilishga ishlov beruvchi modul operativ xotiraga yuklanadi va u erda kompyuter bilan ishlash seansi vaqtida saqlanib turadi. Bu modul komponentalari qism dasturlaridan iborat bo’lib fayil tizimi ishlashini , disk bilan berilganlarni almashishini va shu bilan birga maxsus xolatlarni tahlil qilishni ta’minlaydi


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling