O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QASHQADARYO VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
____________________________________________________________
(ta’lim muassasasi nomi)
____________________________________________________________
(mutaxassislik yo`nalishi va guruh raqami)
GURUH RAHBARINING
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
JURNALI
20___/20___o`quv yili
20___/20___o`quv yili
Boshlang`ich, o`rta va o`rta maxsus professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda guruh murabbiylarining faoliyatini tashkil etish bo`yicha yo`riqnoma
Umumiy qoidalar
1. Mazkur yo`riqnoma boshlang`ich, o`rta va o`rta maxsus profetsional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda guruh murabbiylarining vazifalari va huquqlari hamda ularni tayinlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur yo`riqnoma idoraviy tegishliligidan qat’iy nazar barcha Boshlang`ich, o`rta va o`rta maxsus profetsional ta’lim muassasalari va akademik litseylarga (keyingi o`rinlarda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) nisbatan, agar qonun hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo`lsa, tatbiq etiladi.
3. Guruh rahbari o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek ta’lim muassasasining ustavi hamda mazkur yo`riqnoma asosida amalga oshiradi.
4. Ta’lim muassasalarida guruh murabbiylari faoliyati ta’lim muassasasi yoshlar bilan ishlash bo`yicha direktor o`rinbosari tomonidan nazorat qilinadi va muvofiqlashtirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |