Koson tuman 3-son kasb-hunar maktabi kompyuter grafikasi dizayin operatori 06-22 guruhi rahbarining ma`naviy-ma`rifiy jurnali koson 2022
Quyidagilar Guruh rahbarining majburiyatlari hisoblanadi
Download 1.29 Mb.
|
Guruh rahbarligi ish reja jurnali
Quyidagilar Guruh rahbarining majburiyatlari hisoblanadi:
guruh o`quv jurnalining guruh rahbarlariga tegishli shakllarini, belgilangan guruh rahbarlarining me’yoriy hujjatlarini, ish rejalarini, o`quvchilar bilan olib borilgan ishlarning jamlanmasini o`z vaqtida yuritadi; ta’lim muassasasida o`quvchilarning “Odob-ahloq qoidalari” va ta’lim muassasa Ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalari me’yorlariga rioya etishini shaxsan nazorat qiladi; guruhdagi har bir o`quvchi va uning oilasi haqida to`liq ma’lumotga ega bo`ladi; har bir o`quvchining shaxsiy qiziqishi, intilishlari va umuman uning psixologik qiyofasi to`g`risida ma’lumotga ega bo`ladi; Yotoqxonaga muhtoj o`quvchilarni yotoqxona bilan ta’minlashda yordamlashadi va ta’lim muassasaning o`quvchilar turar joyida hamda ijarada yashovchi guruh o`quvchilarining yashash sharoiti bilan doimiy tanishib boradi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga habar beradi; guruhidagi nogiron va kam ta’minlangan oila farzandlari holidan habar oladi va ularga amaliy ko`maklashadi; guruhidagi o`quvchilarining davomati, intizomi va o`zlashtirish reytingini ishlab chiqish, yuritish va uning sifat samaradorligini oshirish buyicha fan o`qituvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, psixolog hamda ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini tizimli tashkil qiladi; guruh ota-onalariga yangi tahrirdagi “Ta’lim to`g`risidagi Qonun”ning 48-moddasida ko`rsatilgan Voyaga etmagan ta’lim oluvchilar ota-onalarining (qonuniy vakillarining) huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi mazmun mohiyatini tushuntirib boradi; O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang`ich, o`rta va o`rta maxsus profetsional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi 466-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning mazmun mohiyati to`g`risida o`quvchilar va ularning ota-onalarini tanishtiradi va qarordan kelib chiqqan holda o`ziga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi “Akademik litseylarga umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarini tanlab olish,o`qishga qabul qilish,ularning o`qishini ko`chirish va o`qishdan chetlatish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 212-sonli qarorini mazmun mohiyatini o`quvchilarga tushintiradi va qarordan kelib chiqqan holda o`ziga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlaydi; o`quvchilar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va boshqa noxush holatlarni oldini olish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlariga murojaat qilish yuzasidan rahbariyatga taklif kiritadi; o`z guruhida “Ma’naviyat kuni” doirasida o`tkaziladigan “Ma’naviyat soat”lariga yuqori saviyada tayyorgarlik ko`radi va mazkur soatlarni noan’anaviy tarzda tashkil etadi; guruh ota-onalar majlislarida bugungi kunda ta’lim tizimidagi o`zgarishlar, islohatlarni keng targ`ib qiladi, shuningdek, yoshlar o`rtasida yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish, davomat, o`zlashtirish va tarbiya sifat samaradorligini oshirish, bitiruvchilar bandligi masalalarini muhokama qiladi; guruh ota-onalar majlislarini ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan jadval va kun tartibi asosida tashkil etadi; bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida ta’lim muassasasi bilan hamkor bo`lgan tashkilot va korxonalar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bo`linmalari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, uchrashuv va ko`rgazmalar, mehnat yarmarkalariga guruh bitiruvchilari ishtirokini ta’minlaydi; ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda guruh o`quvchilarining korxona va tashkilotlarga ekskursiyalarni tashkil etadi; tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish istagini bildirgan bitiruvchi yoshlar bilan ishlash hamda bitiruvchilarni mahalliy hokimlik, banklar va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishida amaliy yordam ko`rsatadi; oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “Ochiq eshiklar kuni”, ta’lim yo`nalishlaridagi ko`rgazmalar va sayoxatlarda guruh o`quvchilarining ishtirokini ta’minlaydi; o`quv davrida oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan o`quvchilarni qiziqishi, intilishi, salohiyatini inobatga olgan holda dars mashg`ulotlaridan so`ng bitiruvchilar bilan yakka tartibda ishlash orqali ularni maqsadli oliy ta’lim muassasasiga yo`naltiradi; har bir kurslarni tamomlash yakunlari bo`yicha akademik qarzdorlikka (o`zlashtirilmaslikka) ega bo`lgan, ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotlaridan o`tmagan, kurs ishini topshirmagan hamda 3 va undan ortiq fan bo`yicha "qoniqarsiz" yakuniy yillik baho olgan o`quvchilar to`g`risidagi ma’lumotlarni ta’lim muassasasi o`quvchilarni bir yil takroran o`qitish uchun kursda qoldirish va ularni qayta o`qishini rasmiylashtirish to`g`risidagi murojaatlarni ko`rib chiqish komissiyasiga taqdim etadi; guruh rahbari ta’lim muassasasi va pedagogik kengash yig`ilishlarida guruhida olib borayotgan ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy va bitiruvchilarning bandligi yuzasidan olib borayotgan ishlari haqida hisobot berib boradi; oliy ta’lim muassasalariga kirgan o`quvchilarni muassasaga moslashuvi yuzasidan oliy ta’lim muassasa murabbiysi bilan hamkorlik qiladi; ta’lim muassasa bitiruvchisining faoliyati yuzasidan zarur holatlarda muassasa rahbariyati bilan kelishgan holda tegishli tashkilotlarga tahliliy ma’lumotlar kiritib boradi; lozim bo`lganda guruh o`quvchilarini huquq va manfaatlarini himoya qiladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling