Guruh murabbiylarini tanlash va tayinlash
5. Guruh rahbari kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda kamida 3 yil ish stajiga ega, maktab va texnikumlarda 5 yil stajga ega oliy ma’lumotli va ta’lim muassasasi asosiy shtatida ishlovchi xodimlar orasidan tanlanadi.
6. Guruh rahbari har bir ta’lim muassasasida har bir guruh uchun ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida ta’lim muassasasi direktori buyrug`i bilan tayinlanadi.
7. Har o`quv yili yakunida guruh rahbarlarining faoliyati pedagogik kengashning yig`ilishda muhokama qilinadi va tegishli qaror qabul qilinadi.
III. Guruh rahbarini huquq va majburiyatlari
8. Guruh rahbari quyidagi huquqlarga ega:
Guruh rahbarii guruhidagi har bir o`quvchining shaxsiy varaqasi (anketa)da ko`rsatilgan barcha savollarga to`liq javob olish (o`quvchi to`g`risidagi har qanday ma’lumotlar: o`quvchining oilaviy ahvoli, ijtimoiy ahvoli, sog`lig`i, qiziqishi va hokazolar);
rahbarlik qilayotgan guruhining o`zlashtirishi, fan o`qituvchilari bilan o`zaro xurmat va do`stona munosabatini aniqlash maqsadida darslarni tahlil qilish;
dars tahlillari, psixologik so`rovlar, yakka tartibda o`tkazilgan suhbat va kuzatishlar natijasida rahbarlik qilayotgan guruhidagi har bir o`quvchi bilan yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun ta’lim muassasa rahbariyatiga takliflar bilan murojaat qilish;
guruh o`quvchilariga yangi tahrirdagi “Ta’lim to`g`risidagi Qonun” ning Ta’lim oluvchilarning majburiyati va javobgarligi ko`rsatilgan 45-modda mazmun mohiyatini tushuntirish;
ta’lim muassasa rahbariyatiga ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish uchun zarur amaliy yordam so`rab murojaat qilish;
guruh o`quvchilarini madaniyat maskanlari, tarixiy va muqaddas qadamjolarga sayohatlarini uyushtirish, shuningdek, o`quvchilarni qishki va yozgi ta’til davrlari hamda darsdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha rahbariyatga qo`shimcha takliflar kiritish;
guruhidagi har bir o`quvchi bilan bog`liq bo`lgan masala yuzasidan o`tkaziladigan muhokamalarda ishtirok etish;
guruh o`quvchilarning ta’lim muassasasini tamomlagandan so`ng bandligi bo`yicha ma’lumotlarga ega bo`lish;
guruhdagi ta’lim jarayonini sifat va samaradorligini oshirish maqsadidagi takliflar bilan chiqish;
Guruh rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |