Косоносй тумани халқ таьлими бўлими 41-сонли умумтаьлим мактаби


Download 175.08 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi175.08 Kb.
#1342616
Bog'liq
BUYRUQ ChQBT boshlash


КОСОНОСЙ ТУМАНИ ХАЛҚ ТАЬЛИМИ БЎЛИМИ


41-СОНЛИ УМУМТАЬЛИМ МАКТАБИ




o’zbekiston respublikasi
xalq ta’limi vazirligi



НАМАНГАН ВИЛОЯТИ
ХАЛҚ ТАЬЛИМИ БОШҚАРМАСИ
Хоразм viloyati
xalq ta’limi boshqarmasi


TUPROQQAL’A tumani xalq ta’limi bo’limi


6 – IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MAKTABI




ўзбекистон Республикаси

НАМАНГАН ВИЛОЯТИ
ХАЛҚ ТАЬЛИМИ БОШҚАРМАСИ
халқ таълими вазирлиги


Хоразм вилояти
халқ таълими бошКармаси

КОСОНОСЙ ТУМАНИ ХАЛҚ ТАЬЛИМИ БЎЛИМИ


41-СОНЛИ УМУМТАЬЛИМ МАКТАБИ


тупроққалъа тумани халқ таълими бўлими


6 – ихтисослаштирилган УМУМТАЪЛИМ МАКТАБИ

BUYRUQ
____son

“___” _______ 2022 yil. Kosonsoy tumani.


Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fani o’qitilishini boshlash toʻgʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq 2022-2023 oʻquv yillarida 10-11 sinf oʻquvchilari bilan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani o’qitilishini boshlash va oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yuqori darajasini taʼminlash maqsadida,-


BUYURAMAN

1. Chaqiruvga qadar bashlangʻich tayyorgarlik rahbariga:


chaqiruvga qadar bashlangʻich tayyorgarlik oʻquv dasturi talablariga muvofiq va tuman mudofaa ishlari bo’limi hamda xalq taʼlimi boʻlimining yangi oʻquv yiliga koʻrsatmalarini hisobga olgan holda, 10-11 – sinflar oʻquvchilari uchun chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni oʻqitishning oʻquv yiliga haftalik rejasini 2022 yilning 25-avgustigacha, guruh va seksiya komandirlarini tayinlash toʻgʻrisida buyruq loyihasini 2021 yilning 10-sentyabrigacha tasdiqlash uchun menga taqdim etilsin;
vatanparvarlik tarbiyasi va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va oʻquv moddiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni taʼlim muassasasining yillik rejasiga kiritish uchun maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga 2022 yilning 25- avgustigacha taqdim etilsin;
mashgʻulotlarni guruh oʻquvchilarini ikki sherengada saf tortishi va ularning har bir mashgʻulot uchun xavfsizlik choralarini bilishlarini tekshirish bilan boshlansin;
oʻquvchi yoshlarni otish tayyorgarligi boʻyicha bilim va malakalarini takomillashtirish maqsadida otish (mergan) toʻgaragi tashkil etilsin va toʻgarak mashgʻulotlari haftaning seshanba kunlari oʻtkazilsin;
10-11 – sinf oʻquvchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Qurollli Kuchlari Umumharbiy nizomlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash hamda tartib va intizomni saqlash maqsadida taʼlim muassasasi markaziy vestibyulida soat 8.30 dan 14.00 ga qadar darslar oralig’idagi tanaffuslar davomida ichki naryad xizmati tashkil etilsin. Shu maqsadda posbon majburiyatlarini amaliy oʻrganishi uchun joy OʻR QK Ichki xizmat Nizomining 2 ilovasiga muvofiq taʼlim muassasasiga moslab jihozlansin va markaziy vestbyulga oʻrnatilsin. Oʻquvchilarning ichki naryad xizmatini oʻtash chogʻidagi harakatlari uchun baholar sinf jurnaliga kiritilsin;
qurolni tozalash va moylashga oʻrgatish uchun joyni jihozlash 2022 yilning 1- dekabrga qadar tugallansin;
oʻquv moddiy bazani takomillashtirish va uning yaroqliligini hamda mashgʻulotlarga doimiy hozirligini taʼminlash maqsadida uning ob’yektlari guruhlar seksiyalariga biriktirilsin, biriktirilganlik toʻgʻrisidagi belgi posbon majburiyatlarini amaliy oʻrganish joyidagi hujjatlar taxtasiga osib qoʻyilsin;
jismoniy tarbiya oʻqituvchilari bilan hamkorlikda 10-11 – sinflar oʻquvchilari jismoniy tayyorgarligi darajasi oʻquv yili boshida, oʻrtasi va oxirida aniqlansin.
2. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga:
fan boʻyicha mashgʻulotlarda oʻquvchilardan saf tayyorgarligi mashg’ulotlarida oʻrganilgan komanda va safda yurish usullarini toʻgʻri bajarish talab qilinsin;
oʻquvchilarning saf tortishi va qayta saf tortishi toʻgʻrisida komandalarni OʻR QK Saf nizomiga muvofiq, sport snaryadlari yoniga kelish va ketish uchun beriladigan komandalarni OʻR QK jismoniy tarbiya boʻyicha yoʻriqnomalar talabiga muvofiq amalga oshirilsin.
3. Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari, jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga:
mashgʻulotlar va sinfdan tashqari tadbirlar davomida oʻquvchilardan intizomni, oʻzaro munosabatlar va murojaatlarning belgilangan tartibini, shuningdek tashqi koʻrinishlari toza-ozoda, saramjon-sarishta boʻlishi talab qilinsin;
o’quvchilarda harbiy xizmat qiyinchiliklarini yengishga ruhiy matonat shakllantirilib, ijrochilik sifatlari tarbiyalasin.

4. Taʼlim muassasasi barcha o’qituvchilariga:


mashgʻulotlarda oʻquvchilarni harbiy vatanparlik ruhida tarbiyalash bilan birga ularda harbiy xizmat va vatan himoyasi uchun zarur sifatlar shakllantirib borilsin;
Vatan himoyasi har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi ekanligi, buning uchun har tomonlama tayyorgarlik zarurligini o’quvchilar ongiga muntazam singdirib borilsin;
oʻquvchilarning OʻR QK tarixiy vazifalarini chuqur idrok etishlariga erishilsin;
chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik va jismoniy tarbiya darslarida olgan bilim malakalarini mustahkamlashlari va takomillashtirishlari taʼminlansin.

5. Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikka jalb etilgan oʻquvchilar uchun quyidagicha kiyim shakli belgilansin:


sinf xonasidagi mashgʻulotlar uchun – belgilangan tartibdagi o’quvchi kiyimi;
saf tayyorgarligi bo’yicha mashgʻulotlar uchun – harbiy kiyim.

6. Har haftaning shanba kuni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarining metodik tayyorgarligi kuni, har juma - harbiy vatanparlik mavzusidagi kino-filmlar namoyishi kuni qilib belgilansin.


7. Kutubxona direktori oʻsmirlarni chaqiriqqacha tayyorlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni taʼminlash uchun 2022 yilga “Vatanparvar” gazetasiga obunani tashkil qilib, vatanparvarlik mavzusidagi adabiyotlar jamgʻarmasini boyitib borsin.


8. Chaqiriqqacha tayyorlash, tibbiy bilim asoslari va jismoniy tarbiya boʻyicha metodik komissiya raisi rejasi boʻyicha yigʻilishlar oyda bir-ikki marta, ChQBT rahbarining metodik tayyorgarligi uchun belgilangan kunda oʻtkazilsin. Komissiya ish rejasini tasdiqlash uchun 2021 yilning 30 avgustigacha taqdim etilsin.


9. Oʻquv maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻribosari buyruqni pedagogik jamoa va oʻquvchilarga oʻquv yili boshlanishiga bagʻishlangan tantanali saf tortish chogʻida oʻqib eshittirsin.


10. Mazkur buyruqning bajarilishi ustidan nazoratni o’z zimmamga olaman.


41– SONLI IDUM DIREKTORI


N.Tojiboyev
Download 175.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling