Ko’tarilmоqda. O’zbek musiqasi ham jaxоn uzra yuz оchib, keng qulоch yoymоqda
Download 7.01 Mb.
|
2 5319167557003903415
XOR SOZI. Umuman, soz har qanday musiqaviy ijroda, shuningdek, xor qo‘shiqchiligida hal qiluvchi faktorlaridan hisoblanadi.
Sozsiz musiqa asbobini eshitib bo‘lmaganidek, sozsiz xorni, cholg‘u asboblaridan tashkil topgan jamoani ham tinglab bo‘lmaydi. Xor sozi natural bo‘lib, u ikki turga bo‘linadi: Melodik soz – (gorizontal) intervallarning aniq talaffuzi; Garmonik soz – (vertikal) akkordlarning aniq talaffuzi. Xorda kichik intervallar bir tomonlama toraytirishga moyillik bilan va katta intervallar bir tomonlama kengaytirishga moyillik bilan talaffuz qilinadi. Xorning to‘g‘ri sozlanishi major va minor gammalarining to‘g‘ri intonatsiya qilish qoidalarini bilishga ham bog‘liq. “Bolalar xori” bo‘limining “Xonandalar ovozini sozlash” va “Intervallar talaffuzi” mavzusida melodik soz, garmonik soz, major va minor gammalarini to‘g‘ri intonatsiya qilishga oid mashqlar berilgan. Ayrim vaqtlarda xor ijrosida sozning pasayib yoki ko‘tarilib ketganini sezamiz. Bu detonatsiya deyiladi. Detonatsiya xor soziga salbiy ta’sir qilib, uni buzadi va hamohanglik yo‘qoladi. Xor rahbari xorning detonatsiya qilish sabablarini bilmog‘i lozim. Bular: - xonandalarning noto‘g‘ri nafas olishi, ovoz pardalarining o‘ta taranglashuvi va sozning dag‘al-zo‘riqib chiqishi; xonandalarning yuqorida ko‘rsatilgan interval va akkordlarning to‘g‘ri intonatsiya qilish qoidalarini bilmasdan kuylashi. Demak, to‘g‘ri intonatsiya qilish, yaxshi ijro texnikasiga ega bo‘lish, to‘g‘ri nafas olish xor sozida noaniqlik, ya’ni falsh, notalarni toza kuylamaslik kabi kamchiliklarning oldini oladi va aniq sozga zamin yaratadi. Rahbar butun ish jarayonida xonandalarga intervallarni lad bilan bog‘langan holda to‘g‘ri tushunib ijro qilish, nafasni to‘g‘ri olish va sarflashni tinmay o‘rgatishi va kuzatib bormog‘i lozim. Agarda ijro vaqtida birorta xor partiyasining intonatsiyasi sal pastroq yoki balandroq bo‘lsa, rahbar o‘sha tomonga qarab shartli barmoq yoki boshi harakatlarining yuqoriga yoki pastga qaratish bilan xatolarni tuzatib ketishi kerak. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling