Ko’tarilmоqda. O’zbek musiqasi ham jaxоn uzra yuz оchib, keng qulоch yoymоqda


Download 7.01 Mb.
bet7/38
Sana07.10.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1694742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
2 5319167557003903415

Mustahkamlash uchun savollar.
1. Mustaqillik davrida xor san'atining tutgan o’rni nimalardan iborat va qanday funksiyani bajaradi?
2. Bo’lg’usi musiqa va xor o’qituvchilarini barkamol inson bo’lib yеtishiga qanday usul va mеtodlardan foydalaniladi?
3. O’rta Osiyo xalqining tarixi bizga nimani o’rgatadi?
Nazorat ishi uchun savollar.
1. O’rta Osiyo xalqining xalq og’zaki ijodi va madaniyati to’g’risida.
2. 1917 yilda Rеspublikamizda madaniy oqartuv va havaskorlik to’garaklarining tashkil topishi va rivojlanishi.
Adabiyotlar.
1. I.A.Karimov “Barkamol avlod O’zbеkiston taraqqiyotining poydеvori”. T. “Sharq” nashriyot matbaa kontsеrni 1998 Yil.
2. O’zbеkiston Rеspublikasining Ta'lim to’g’risidagi qonuni T.1997 Yil.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T.1997 Yil.
4. R.Solomonova, R.Abdullayеv “O’zbеk musiqa tarixi va xrеstomatiyasi”. T.1983 Yil.
5. Sh.Ro’ziyеv “XORSHUNOSLIK”. T.1987 Yil.
6. Е.V.Romanovskaya “Stat'i i dokladi”. Zapisi muzikal'nogo fol'klora (sost. M.Kovbas) T.1957.
7. Yu.Rajabiy “O’zbеk xalq musiqasi” t III. Toshkеnt 1959.


5-mavzu Xorning badiiy-ijro yo’nalishi.
P.Chesnakov o‘zining “Xor va uni boshqarish” (“Xor i upravleniye im”) kitobida xorning asosini interval va akkordlarning aniq talaffuzi, ya’ni soz, xor partiyalarining moslashgan sadosi – ansambl hamda asar mazmunini ochishdagi badiiy ifoda vositalari – nyuanslar tashkil qiladi, deb uqtirib o‘tgan edi. Keyinchalik esa bu nazariya yanada takomillashib, jamoada yaxshi soz, ansambl va nyuanslardan tashqari aniq so‘z talaffuzi – diksiya, to‘g‘ri nafas va to‘g‘ri tovush hosil qilishdek vokal-xor texnikasiga oid muhim masalalar ham katta ahamiyatga ega ekanligi tajribada tasdiqlandi.
ANSAMBL – jamoaning asosiy elementlaridan biri bo‘lib, tovushlar sadosidagi tekislanish, aniq temp va ritmda ovozlarning tembriga ko‘ra hamohangligi, xor va jo‘rnavozning, yakkaxon va jamoaning uyg‘unlashuvi natijasidir.
Ansambl keng ma’noda ishlatiladi. Musiqada ansambl turlicha bo‘ladi. Masalan, ikki va undan ortiq kishining ijro qilishi vokal ansamblga kiradi.
Bir necha kishining qo‘shilib qo‘shiq aytishi yoki musiqa asbobida kuy chalishi ham ansamblni tashkil etadi. Qizlar vokal ansambli, yigitlar vokal ansambli, har xil cholg‘u asboblari ansambllari shular jumlasidandir.
Xor va orkestr jamoasi ham ansambl hisoblanadi. Xorda yoki orkestrda bir guruh xonandalar yoki sozandalar partiyalari mavjud. Ana shu xonanda yoki sozandalarning yaxlit bir ovoz tembri va diapazonining hamohangligi ham ansambl bo‘ladi.
Xorda to‘liq ansamblga erishish ko‘p omillarga bog‘liq. Professor G.A.Dmitrievskiy xor ansamblining ko‘p omillar bilan bog‘liqligini quyidagicha aniqlaydi:
a) dinamik ansambli – sadolanish kuchiga ko‘ra ovozlarning qo‘shilishi;
b) ritmik ansambli – ijrochining ritmik (usul) birligi;
v) tembr ansambli – ovozlarning tembriga ko‘ra qo‘shilishi;
g) sur’at ansambli – ijroning sur’at (temp) birligi;
d) melodik ansambli – ovozlarning gorizontal hamohangligi;
e) garmonik ansambli – ovozlarning vertikal hamohangligi;
j) diksiya ansambli – adabiy matnning to‘g‘ri talaffuzi;
z) intonatsiyali ansambl – tovush balandligini aniq sadolantirish.
Ko‘rsatilgan faktorlardan birortasining buzilishi umumiy xor sadolanishining buzilishiga olib keladi.
Vokal texnik usullar va malakaning bir tipda bo‘lishi, barcha asar partiyalari ijrochisining birligi, asar mazmuni va g‘oyaviy mohiyatini echish haqiqiy badiiy ijrochilik ansamblini yaratishning muhim shartlaridandir. Xor sadolanishida ushbu masalalarni hal etish katta ahamiyatga ega.
Tessitura sharoitiga qarab ansamblning tabiiy yoki sun’iyligini payqash mumkin. Bu asar parchasiga ko‘ra xor partiyalari orasidagi sadolanishning dinamik tengligiga erishish uchun tessiturasi pastroq yozilgan xor partiyalarini sun’iy bo‘rttirib ko‘rsatish lozim.
Har bir asar o‘z faktura bayoniga bog‘liq bo‘lib, ovozlar tengligining dinamik normalari bor. Chunki faktura bayonida aniq ifodalar kuy bo‘lmay, bastakor garmonik usulda fikr bayon qiladi.
Gomofon–garmonik tuzilishdagi asarlarda ovozlar joylashishida kuyni boshqaruvchi ovozni ajratib, qolganlarini shu ovozga bo‘ysundirish lozim.
Polifonik bayonidagi asarlarda esa asosiy mavzu yetaklovchi ovozlarni ajratib borishi kerak. Polifonik asarlarda mavzu har xil ovozga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Xorda alohida bir partiya uyg‘unligi xususiy ansambl deyiladi. To‘rttala (soprano, alt, tenor va bas) partiyaning bir yaxlit qo‘shilishi va tekislanishi umumiy ansambl deyiladi.
Keling, ansamblni oddiyroq qilib amaliy tushuntirishga harakat qilaylik. Masalan, o‘zbek xalq cholg‘u ansambli kuy ijro etayotganda birorta asbobning sozi buzuq bo‘lsa yoki sozandaning birontasi boshqalardan ko‘ra qattiqroq chalsa, o‘sha asbobning ovozi boshqalarnikidan ajralib turadi. Natijada hamohanglik buziladi. Yoki sozandalar xonandani yaxshi eshitib, bir tekis jo‘r bo‘lmasalar ham ansambl buziladi.
Xor partiyalarida ham ma’lum xonandaning ovozi o‘sha o‘ziga mansub partiyaga qo‘shilmasa, o‘sha partiyada ansambl bo‘lmaydi. Xususiy ansambl buzilgandan so‘ng, umumiy ansamblga ta’sir etmay qo‘ymaydi. Natijada umumiy ansamblning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Bunday holatlarda xor yoki cholg‘u ansambli rahbari juda sezgir bo‘lishi va ijro paytidayoq har xil yo‘llar, ya’ni qo‘l, barmoq ishoralari, og‘iz yoki mimika bilan nuqsonni tuzatishga harakat qilishi kerak. Bunday yo‘llar xonanda va sozandalarga repetitsiya vaqtida tushuntiriladi.
Demak, ovozlarning bir-biriga mosligi, uzviyligi, umumiy hamohanglik xorning yoki cholg‘u jamoasining umumiy ansamblini tashkil qilar ekan, shu uyg‘unlikka erishish, har bir xonanda va sozandada eshita bilish malakasini o‘stirish, qo‘shiq aytishda va cholg‘u asbobini chalganda aniq ritmik va talaffuz birligiga erishish kabi ishlar rahbarning asosiy vazifasiga kiradi.
Shu bilan bir qatorda sekin, cho‘zib aytiladigan qo‘shiqlarni ijro etishda ancha qiyinchiliklarga uchrashi tabiiy. Bunday qo‘shiqlarni o‘rganish jarayonidan boshlab, talaffuz aniq bo‘lishiga, har bir kuy jumlalarini aniq boshlanishiga va tugallanishiga alohida e’tibor berishi shart. Shu bilan birga qo‘shiqni bog‘lab, bir butun ijro etishga va tinglovchilarga qo‘shiqning ichki mazmunini yetkazib berishga erishishi lozim.
Ansamblga bo‘lgan talab ijro etilayotgan asarning barcha tomoniga tegishli va ayniqsa uning tuzilishi xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ovozlarning sifat tengligi yo‘qolsa, son jihatidan kamaytirish mumkin. Ayrim partiyalarda ovozlari kuchsiz xonandalar ko‘p bo‘lsa, ijrochilar soni ko‘paytiriladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling