Ko’tarish-tashish, yo’l qurilish mashinalari va jihozlarini yo’l qurilishida qo’llanilishi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana11.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1698354
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
slayd 11



Ko’tarish-tashish, yo’l qurilish 
mashinalari va jihozlarini yo’l 
qurilishida qo’llanilishi


Ko’tarish-tashish mashinalarida ish bajarish jarayoni 
xavfsizlikni to’la ta’minlashni talab etadi. Chunki, 
tashiladigan yuklar ham, mashinaning ishlash 
zonasida joylashgan turli uskunalar, asboblar
dastgohlar ham, muayyan qiymatiga ega bo’lib, moddiy 
boyliklarni tashkil etadi. Shu bilan birga, mazkur 
zonada ishlayotgan insonning hayoti va sog’ligiga ham 
daxl solmaslik muhimdir.
Ko’tarish-tashish operatsiyalarini bajarilishi jarayonida 
xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik yukning sinishi, 
buzilishi, boshqa moddiy resurslarning ishdan chiqishi, 
insonning hayotini xavf ostida qoldirishi kabi og’ir 
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa, kranlarning ishlashi yuqori darajadagi xavf 
bilan bog’liq. Shu sababli, kranlarning normal texnik 
holati va ulardan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash 
maxsus nazorat organi - Tog va kon texnikaviy 
ob’ektlarini nazorat qiluvchi Davlat komiteti tomonidan 
tashkil etiladi, amalga oshiriladi va nazorat qilib 
boriladi.


Кranlardan foydalanishni tashkil etish maxsus 
ishlab chiqilgan me’yoriy-texnikaviy xujjatlar 
asosida amalga oshiriladi. Bu xujjatlarda 
kranlarning holatini nazorat qilish normalari va 
muddatlari 
ko’zda 
tutilgan 
bo’lib, 
korxonalarning kranni ishlatishda qatnashuvchi 
xodimlariga talablar va ularning vazifalari bayon 
etilgan. Mazkur ob’ektlarni ishlatishda, xizmat 
ko’rsatishda qatnashuvchi xodimlar tegishli 
malakaga ega bo’lishlari, davriy ravishda qayta 
tayyorgarlikdan o’tib turishlari lozim.
Boshqa yuk ko’tarish-tashish mashinalarini 
ishlatishda texnika xavsizligi qoidalari korxonada 
namunaviy qoidalarga muvofiq ishlab chiqiladi va 
tegishli tartibda tasdiqlanadi.


Har qanday yuk tashish transport jarayonini amalga 
oshirishda yuklarni transport vositasiga ortish bilan bog´liq 
sermehnat, ba’zida esa, jismonan og’ir ish bajarishga to’gri 
keladi. Tashish nihoyasiga yetganda esa, yuklarni tushirish 
zarur bo’ladi. Yuklarni tushirish sermehnat, hamda, jismonan 
og’ir ishlardan biridir.
Ortish-tushirish ishlari asosiy va qo´shimcha 
operatsiyalardan iborat bo’ladi. Asosiy operatsiyalarga 
quyidagilar kiradi:
- shtabellar, yoki, boshqa saqlash joylaridan yuklarni olish;
- ortish joyiga keltirish;
- transport vositasiga ortish;
Tushirishda shu operatsiyalarning aksi bajariladi. Qo’shimcha 
operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
- yuklarni taraga joylash va zaruriyatga ko’ra markirovkalash;
-tarozidan o’tkazish (hajmini o’lchash);
- xujjatlarni tayyorlash; yuklarni boglab mahkamlash, yoki, 
bog’lovdan bo’shatish, ustini brezent bilan yopish va 
boshqalar.


Amaliyotda avtomobillarni ortish-tushirish opeartsiyalarida bekor turish 
vaqti ularning yo’nalish (ish)da bo’lish vaqtlarining uchdan biriga to’gri 
keladi. Avtomobil transporti uchun harakterli bo’lgan qisqa masofalarga 
yuk tashishda ba’zi yuklar uchun avtomobillarning ortish-tushirish 
operatsiyalarida bo’lish vaqti ulushi 50 va undan ham ortiq foizlarni 
tashkil etadi.
Shularga ko’ra, transport vositalaridan foydalanish samaradorligi o’zgarib 
turadi. Ortish-tushirish ishlarini to’gri tashkil etish va ularni zaruriyatga 
ko’ra mexanizatsiyalash avtomobillarning bo’sh turish vaqtlarini, hamda, 
tashish bilan bog´liq harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Avtomobillarda yuk tashishni tashkil etish amaliyotida yuk ortish-tushirish 
joylarida avtomobillarning barcha bekor turish (sababidan qat’iy nazar) 
vaqtlari ortish-tushirish vaqtiga kiritiladi.


Ortish-tushirish vaqti quyidagi elementlardan iborat:

kutib qolish vaqti;

avtomobilning manyovr qilishiga sarflangan vaqt;

ortish-tushirishning o’ziga sarflangan vaqt;

hujjatlarni rasmiylashtirishga sarflangan vaqt.


Mexanizatsiyalashtirilmagan ortish-tushirish ishlarida barcha 
operatsiyalar ishchilarning qo’l mehnati bilan bajariladi. 
Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish ishlarida esa, barcha 
operatsiyalar turli mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. 
Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish usulini qo’llash transport 
vositalarining ayni operatsiyalarni bajarishda bekor turib qolishini 
kamaytiribgina qolmay, og’ir va sermehnat operatsiyalarni bajarishni 
yengillashtiradi. Yuk ortish-tushirish ishlarini bajarishda 16 yoshdan 
kichik bo’lgan shaxslarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Qo’l yordami 
bilan bir yerdan ikkinchi yerga tashiluvchi yuklar 16 dan 18 yoshgacha 
bo’lgan o’spirin yig’itlar uchun 16,4 kg va qizlar uchun 10,25 kg, ayollar 
uchun 80 kg dan ortiq bo’lmasligi shart. 80 kg dan ortiq yuklarni bir 
yerdan ikkinchi yerga ko’chirish, yoki, ortish-tushirish ishlarini bajarish 
faqatgina mexanizmlar yordamida amalga oshirilishi zarur.


Skreper ishlarida skreperlar qiyaliklarga 0.5 m yaqinlashmasligi, agar yangi tuproq 
to‘kilgan joylar bomsa, 1,0 mgacha yaqinlashmasligi lozim. Tuproqni 30° qiyaliklarga 
yoki lepaga qarab yotqizish taqiqlanadi. Ish paytida skreperlarga yoki uning yurish 
tasmasiga chiqish man etiladi. Skreperlar yonida turish ham mumkin emas. Ular to‘xtab 
bomgandan so ‘nggina tozalash mumkin. Skreperlaming yomgmr y o g ‘ayotganida 
ishlashi taqiqlanadi. G reyder ishlarida tuproqni tekislash 1,5 m balandlikkacha 
bomganda javobgar shaxs tomonidan kuzatib turiladi. Y o ‘1 chekkasi va ichkaridagi 
gmldirak o ‘rtasidagi masofa 1,0 m bomishi kerak. Burilishlarda, maydonning oxirida, 
qiyaliklarda ishlayotganda greyderlar eng (oxirgi) past tezlikda ishlashi zarur. Greyder-
elevatorlarni ishga tushirishdan oldin ularni yaxshilab tekshirish kerak. Ishda ozgina o 
‘zgarish bomsa mashinist ogohlantiruvchi signal berishi kerak. Lentalar egilishi 26 °dan 
oshmasligi lozim. Agar tuproq transportlarga yuklanadigan bomsa unda lentalami 
yuqoriga k o‘tarib yuklash mumkin. 


Zichlagichlarni ulash vaqtida ishchilar qutilar orqasida yoki ustida bo' I ishi mumkin 
emas. Tirkagichni va yarim tirkatgichli zichlagichlarni yuklash ckskavatorlar yoki 
yuklagichlar yordamida shatakchiga ulangandan keyin amalga oshiriladi. Avval oldingi 
qismi keyin shatakchiga yaqin qismi, keyin oxirgi qismi yuklatiladi. Ballast bunkcrga bir 
tekis joylashadi. Ballast uchun quruq qum, shag'al va boshqa tog' jismlari ishlatiladi yoki 
aralash ballast qum bilan metall chiqindilari yoki metallom ham ishlatiladi. Ballastning 
miqdori 5 %dan oshmasligi lozim. Tirkamali katoklami shatakka ulash vaqtida orqaga 
yurish taqiqlanadi. Ballast yukli, tirkamali katoklami ajratish mumkin emas. Agar zarur 
boMgan holda ballastni to‘kib, keyin ajratish lozim. Tuproqni traktor va ekskavatorlarga 
qo‘yilgan zichlagieh plitalar yordamida mustahkamlash vaqtida quyidagilarga amal 
qilish lozim: 5 m radiusda odamlar boMmasligi kerak; ekskavator yoki traktor juda 
mustahkam joyda turishi lozim, ekskavator to‘kkan tuproqning chetiga 3 mgacha, 
traktor esa - 0,5 metrgacha yaqinlashmasligi lozim . Vibratorlar yordamida tuproqni 
zichlash vaqtida quyidagilarga amal qilish lozim: vibratorlami qoMlar yordamida tuproq 
ustiga bosish, egiluvchan shatak bilan vibratorlami aylantirish, vibratomi tanaffus 
paytida va boshqa joyga ko‘chayotgan vaqtda, zichlaydigan vibrator mashinalami 
ishlatish man etiladi.


E kskavatorlar bilan yer qazilayotganda ular m axsus tekislangan joylarga q o ‘yilishi 
kerak. Zanjir gmldiraklar ostiga bashmaklar, har xil to‘nkalar, toshlar va boshqa 
predmetlar q o ‘yish qat'iyan man etiladi. Ekskavatorlaming mustahkam turushi uchun 
faqat konstruksiya bo^ ich a k o‘rsatilgan tayanchlardan foydalaniladi. Ekskavatorlar 
ishlayotgan paytda faqat ch o ‘mich!Ar tuproqdan k o‘tarilgandan so ‘ng aylanishi 
mumkin, aylangandan so ‘ng asta-sekin to‘xtashi mumkin (hech qanday turtkichlarsiz 
to‘xtash). Chomnichlami tushurayotganda hech qayerga urilmasdan tushirish lozim . 
ekskavatorlar ishlayotgan paytda orqa tomondan surgichlami urib yubormasligini 
kuzatib turish kerak. Tuproq, shag'al va sochiluvchan materiallami yuklash paytida 
ekskavatorlar chomnichi mashina va traktorlar kabinasi ustidan o ‘tmasligi kerak. Ulami 
faqat orqa yoki yon tomonidan yuklash lozim.
Buldozerlar ishlayotgan paytda katta harsang toshlar, to‘nkalar yoki boshqa narsalar 
chiqsa, avariyaning oldini olish maqsadida ishni to‘xtatish lozim , ulami olib tashlash kerak. 
Tuproqni surish paytida tuproq baland boMib ketmasligi kerak, aks holda traktorlar to‘xtab 
qolishi mumkin. Agar 30 ° qiyalik boMsa, tepaga qarab buldozer bilan tuproqni surish man 
etiladi. Y om g‘ir yogMb turganda qumlik joylarda buldozer bilan ishlash taqiqlanadi. I 
Buldozeming osma detallarini traktorga ulash yoki olib tashlash faqal mexanik ishtirokida 
bajariladi. Traktor harakati (dvigateli) to'xtamasdan, traktor va ag‘dargich o ’rtasida turish 
yoki traktor ostiga kirish man etiladi. 



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling