Buldozerlar
tuzilishining oddiyligi, ishlash jarayoni ishonchliligi, ishlatish
harajatlari arzonligi, xar xil turdagi gruntlarga qoʻllash mumkinligi,
chaqqon
xarakat qilishi, oʻrmalovchi yurish qismiga ega boʻlganligi
sababli qiyin
toʻsiqlardan xam oʻta olishi, yuqori ish unumdorlikka
egaligi sababli suv
xoʻjaligi ob'ektlarini qurish, ta'mirlash-tiklash, rekonstruksiya qilish ishlarini
bajarishda keng qoʻllanilmoqda.
Gidrotexnika va gidromeliorasiya qurilishida skreperlar: gruntlarni qazishda (kanallar, xandaqlar, grunt
konlari va boshqalar); koʻtarma inshootlar (tuproq toʻgʻonlar, koʻtarma kanallar, boʻylama marzalar)ni
qurishda; inshootlar tagini tayyorlashda (unumdor qatlamlarni qirqishda, qurilish materiallari konlarini
ochishda); qurilish maydonlarida, sugʻoriladigan uchastkalarda tekislash ishlari uchun qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: