Ko’tarish-tashish, yo’l qurilish mashinalari va jihozlarini yo’l qurilishida qo’llanilishi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
slayd 11
Ko’tarish-tashish mashinalarida ish bajarish jarayoni xavfsizlikni to’la ta’minlashni talab etadi. Chunki, tashiladigan yuklar ham, mashinaning ishlash zonasida joylashgan turli uskunalar, asboblar, dastgohlar ham, muayyan qiymatiga ega bo’lib, moddiy boyliklarni tashkil etadi. Shu bilan birga, mazkur zonada ishlayotgan insonning hayoti va sog’ligiga ham daxl solmaslik muhimdir. Ko’tarish-tashish operatsiyalarini bajarilishi jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik yukning sinishi, buzilishi, boshqa moddiy resurslarning ishdan chiqishi, insonning hayotini xavf ostida qoldirishi kabi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, kranlarning ishlashi yuqori darajadagi xavf bilan bog’liq. Shu sababli, kranlarning normal texnik holati va ulardan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash maxsus nazorat organi - Tog va kon texnikaviy ob’ektlarini nazorat qiluvchi Davlat komiteti tomonidan tashkil etiladi, amalga oshiriladi va nazorat qilib boriladi. Кranlardan foydalanishni tashkil etish maxsus ishlab chiqilgan me’yoriy-texnikaviy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu xujjatlarda kranlarning holatini nazorat qilish normalari va muddatlari ko’zda tutilgan bo’lib, korxonalarning kranni ishlatishda qatnashuvchi xodimlariga talablar va ularning vazifalari bayon etilgan. Mazkur ob’ektlarni ishlatishda, xizmat ko’rsatishda qatnashuvchi xodimlar tegishli malakaga ega bo’lishlari, davriy ravishda qayta tayyorgarlikdan o’tib turishlari lozim. Boshqa yuk ko’tarish-tashish mashinalarini ishlatishda texnika xavsizligi qoidalari korxonada namunaviy qoidalarga muvofiq ishlab chiqiladi va tegishli tartibda tasdiqlanadi. Har qanday yuk tashish transport jarayonini amalga oshirishda yuklarni transport vositasiga ortish bilan bog´liq sermehnat, ba’zida esa, jismonan og’ir ish bajarishga to’gri keladi. Tashish nihoyasiga yetganda esa, yuklarni tushirish zarur bo’ladi. Yuklarni tushirish sermehnat, hamda, jismonan og’ir ishlardan biridir. Ortish-tushirish ishlari asosiy va qo´shimcha operatsiyalardan iborat bo’ladi. Asosiy operatsiyalarga quyidagilar kiradi: - shtabellar, yoki, boshqa saqlash joylaridan yuklarni olish; - ortish joyiga keltirish; - transport vositasiga ortish; Tushirishda shu operatsiyalarning aksi bajariladi. Qo’shimcha operatsiyalarga quyidagilar kiradi: - yuklarni taraga joylash va zaruriyatga ko’ra markirovkalash; -tarozidan o’tkazish (hajmini o’lchash); - xujjatlarni tayyorlash; yuklarni boglab mahkamlash, yoki, bog’lovdan bo’shatish, ustini brezent bilan yopish va boshqalar. Amaliyotda avtomobillarni ortish-tushirish opeartsiyalarida bekor turish vaqti ularning yo’nalish (ish)da bo’lish vaqtlarining uchdan biriga to’gri keladi. Avtomobil transporti uchun harakterli bo’lgan qisqa masofalarga yuk tashishda ba’zi yuklar uchun avtomobillarning ortish-tushirish operatsiyalarida bo’lish vaqti ulushi 50 va undan ham ortiq foizlarni tashkil etadi. Shularga ko’ra, transport vositalaridan foydalanish samaradorligi o’zgarib turadi. Ortish-tushirish ishlarini to’gri tashkil etish va ularni zaruriyatga ko’ra mexanizatsiyalash avtomobillarning bo’sh turish vaqtlarini, hamda, tashish bilan bog´liq harajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Avtomobillarda yuk tashishni tashkil etish amaliyotida yuk ortish-tushirish joylarida avtomobillarning barcha bekor turish (sababidan qat’iy nazar) vaqtlari ortish-tushirish vaqtiga kiritiladi. Ortish-tushirish vaqti quyidagi elementlardan iborat: • kutib qolish vaqti; • avtomobilning manyovr qilishiga sarflangan vaqt; • ortish-tushirishning o’ziga sarflangan vaqt; • hujjatlarni rasmiylashtirishga sarflangan vaqt. Mexanizatsiyalashtirilmagan ortish-tushirish ishlarida barcha operatsiyalar ishchilarning qo’l mehnati bilan bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish ishlarida esa, barcha operatsiyalar turli mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish usulini qo’llash transport vositalarining ayni operatsiyalarni bajarishda bekor turib qolishini kamaytiribgina qolmay, og’ir va sermehnat operatsiyalarni bajarishni yengillashtiradi. Yuk ortish-tushirish ishlarini bajarishda 16 yoshdan kichik bo’lgan shaxslarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Qo’l yordami bilan bir yerdan ikkinchi yerga tashiluvchi yuklar 16 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’spirin yig’itlar uchun 16,4 kg va qizlar uchun 10,25 kg, ayollar uchun 80 kg dan ortiq bo’lmasligi shart. 80 kg dan ortiq yuklarni bir yerdan ikkinchi yerga ko’chirish, yoki, ortish-tushirish ishlarini bajarish faqatgina mexanizmlar yordamida amalga oshirilishi zarur. Skreper ishlarida skreperlar qiyaliklarga 0.5 m yaqinlashmasligi, agar yangi tuproq to‘kilgan joylar bomsa, 1,0 mgacha yaqinlashmasligi lozim. Tuproqni 30° qiyaliklarga yoki lepaga qarab yotqizish taqiqlanadi. Ish paytida skreperlarga yoki uning yurish tasmasiga chiqish man etiladi. Skreperlar yonida turish ham mumkin emas. Ular to‘xtab bomgandan so ‘nggina tozalash mumkin. Skreperlaming yomgmr y o g ‘ayotganida ishlashi taqiqlanadi. G reyder ishlarida tuproqni tekislash 1,5 m balandlikkacha bomganda javobgar shaxs tomonidan kuzatib turiladi. Y o ‘1 chekkasi va ichkaridagi gmldirak o ‘rtasidagi masofa 1,0 m bomishi kerak. Burilishlarda, maydonning oxirida, qiyaliklarda ishlayotganda greyderlar eng (oxirgi) past tezlikda ishlashi zarur. Greyder- elevatorlarni ishga tushirishdan oldin ularni yaxshilab tekshirish kerak. Ishda ozgina o ‘zgarish bomsa mashinist ogohlantiruvchi signal berishi kerak. Lentalar egilishi 26 °dan oshmasligi lozim. Agar tuproq transportlarga yuklanadigan bomsa unda lentalami yuqoriga k o‘tarib yuklash mumkin. Zichlagichlarni ulash vaqtida ishchilar qutilar orqasida yoki ustida bo' I ishi mumkin emas. Tirkagichni va yarim tirkatgichli zichlagichlarni yuklash ckskavatorlar yoki yuklagichlar yordamida shatakchiga ulangandan keyin amalga oshiriladi. Avval oldingi qismi keyin shatakchiga yaqin qismi, keyin oxirgi qismi yuklatiladi. Ballast bunkcrga bir tekis joylashadi. Ballast uchun quruq qum, shag'al va boshqa tog' jismlari ishlatiladi yoki aralash ballast qum bilan metall chiqindilari yoki metallom ham ishlatiladi. Ballastning miqdori 5 %dan oshmasligi lozim. Tirkamali katoklami shatakka ulash vaqtida orqaga yurish taqiqlanadi. Ballast yukli, tirkamali katoklami ajratish mumkin emas. Agar zarur boMgan holda ballastni to‘kib, keyin ajratish lozim. Tuproqni traktor va ekskavatorlarga qo‘yilgan zichlagieh plitalar yordamida mustahkamlash vaqtida quyidagilarga amal qilish lozim: 5 m radiusda odamlar boMmasligi kerak; ekskavator yoki traktor juda mustahkam joyda turishi lozim, ekskavator to‘kkan tuproqning chetiga 3 mgacha, traktor esa - 0,5 metrgacha yaqinlashmasligi lozim . Vibratorlar yordamida tuproqni zichlash vaqtida quyidagilarga amal qilish lozim: vibratorlami qoMlar yordamida tuproq ustiga bosish, egiluvchan shatak bilan vibratorlami aylantirish, vibratomi tanaffus paytida va boshqa joyga ko‘chayotgan vaqtda, zichlaydigan vibrator mashinalami ishlatish man etiladi. E kskavatorlar bilan yer qazilayotganda ular m axsus tekislangan joylarga q o ‘yilishi kerak. Zanjir gmldiraklar ostiga bashmaklar, har xil to‘nkalar, toshlar va boshqa predmetlar q o ‘yish qat'iyan man etiladi. Ekskavatorlaming mustahkam turushi uchun faqat konstruksiya bo^ ich a k o‘rsatilgan tayanchlardan foydalaniladi. Ekskavatorlar ishlayotgan paytda faqat ch o ‘mich!Ar tuproqdan k o‘tarilgandan so ‘ng aylanishi mumkin, aylangandan so ‘ng asta-sekin to‘xtashi mumkin (hech qanday turtkichlarsiz to‘xtash). Chomnichlami tushurayotganda hech qayerga urilmasdan tushirish lozim . ekskavatorlar ishlayotgan paytda orqa tomondan surgichlami urib yubormasligini kuzatib turish kerak. Tuproq, shag'al va sochiluvchan materiallami yuklash paytida ekskavatorlar chomnichi mashina va traktorlar kabinasi ustidan o ‘tmasligi kerak. Ulami faqat orqa yoki yon tomonidan yuklash lozim. Buldozerlar ishlayotgan paytda katta harsang toshlar, to‘nkalar yoki boshqa narsalar chiqsa, avariyaning oldini olish maqsadida ishni to‘xtatish lozim , ulami olib tashlash kerak. Tuproqni surish paytida tuproq baland boMib ketmasligi kerak, aks holda traktorlar to‘xtab qolishi mumkin. Agar 30 ° qiyalik boMsa, tepaga qarab buldozer bilan tuproqni surish man etiladi. Y om g‘ir yogMb turganda qumlik joylarda buldozer bilan ishlash taqiqlanadi. I Buldozeming osma detallarini traktorga ulash yoki olib tashlash faqal mexanik ishtirokida bajariladi. Traktor harakati (dvigateli) to'xtamasdan, traktor va ag‘dargich o ’rtasida turish yoki traktor ostiga kirish man etiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling