ICHKI YONUV DVIGATELLARINING TASNIFLANISHI
VA RUSUMLANISHI
porshenli har qanday ichki yonuv dvigatellarida
ximiyaviy energiya issiqlik energiyasiga, so‘ng
mexanik energiyasiga aylantirilgani uchun traktor
va avtomobillarda, ulaming tiplari va vazifalaridan
qat’i nazar, energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
energiyani bir ko‘rinishidan ikkinchi ko‘rinishiga
aylantirishda har xil usullardan foydalaniladi. bu
usullaming o‘ziga xos konstruktiv belgilari bo‘lib,
ular quyidagilar:
Ichki yonuv dvigatellari
Qo‘llanilayotgan yonilg‘ining turi
bo‘yicha:
- benzinda ishlovchi dvigatellar;
- dizel yonilg‘isida ishlovchi dvigatellar;
- gaz yonilg‘isida ishlovchi dvigatellar;
- gaz-suyuqlik yonilg‘isida ishlovchi
dvigatellar; bu yerda
asosiy yonilg‘i sifatida, gaz, o‘t oldirish
va qo‘shimcha purkash
uchun - suyuq yonilg‘i ishlatiladi
Rotorli IYD
Yonuvchi aralashmani
tayyorlash usuli bo‘yicha:
- silindrdan tashqarida tayyorlash
(karbyuratorli va gaz dvigatellari);
- silindming ichida tayyorlash
(yonilg‘ini bevosita silindrga yoki
old-uyurma kameraga va gazni
ham silindrga purkash usuli
qoilanilgan dvigatellar).
Gaz trubinali IYD
ISHCHI SIKLNI AMALGA OSHIRISH USULI
BO‘YICHA:
- to‘rt taktli dvigatellar. ishchi sikl porshenning
to‘rt takti davomida yoki tirsakli valning ikki
aylanishida amalga oshadi;
- ikki taktli dvigatellar. ishchi sikl porshenning
ikki takti yokitirsakli valning bir aylanishi
davomida amalga oshadi.
silindrni to‘ldirish usuli bo‘yicha:
- nadduvsiz dvigatellar (bunda silindming ichiga
kirgan havoning yoki aralashmaning bosimi
atmosfera bosimiga teng yoki kichik bo‘ladi);
- nadduvli dvigatellar (bunda silindming ichiga
havo yoki aralashma bosim ostida kiritilgani
uchun silindming ichidagi bosim atmosfera
bosimidan yuqori bo‘ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |