Web-saytlar turlari Internet vitrinalari. Internet-vitrina yoki Internet katalogining asosiy vazifasi sotish bo'lgan sayt turi. Bunday saytlarda tovarlar va kontaktlar haqidagi ma'lumotlar, odatda telefon raqamlari mavjud bo'lib, ularga taklif qilingan tovarlarni sotib olishni xoxlovchilar qo'ng'iroq qilishlari kerak. Bunday saytlarda mahsulot xususiyatlari, sharhlari, ekspert tavsiyalari va boshqalar mavjud. Web-saytlar turlari Mavzuli(Tematik) saytlar. Ushbu turdagi internet saytlari ma'lum bir mavzu bo'yicha ma'lumotlarni o'z ichiga olganligi bilan ajralib turadi. Bu kabi saytlarga Internet ensiklopediyalari ham kiradi. Internet portallari. Portallar turli xil ma'lumotlarni o'z ichiga olgan saytlar turidir. Qoidaga ko'ra, portallar tuzilmasi bo'yicha tematik saytlarga o'xshash, ammo yanada rivojlangan funksionallik va ko'proq xizmatlar va bo'limlarga ega. Shuningdek, portallarda ko'pincha foydalanuvchilar bilan muloqot qilish uchun bo'limlar mavjud: chatlar, bloglar va forumlar. Web-saytlar turlari Bloglar. Blog - bu blog egasi yoki muharriri o'z yangiliklari, g'oyalari yoki boshqa doimiy kiruvchi ma'lumotlar bilan postlar yozadigan sayt turi. Bloglarning o'ziga xos xususiyati nashr etilgan ma'lumotlarning dolzarbligidir. Qidiruv tizimlari. Internetda ma'lum so'rovlar bo’yicha sahifalarni qidirish uchun mo'ljallangan saytlar turi. Internet-forumlar. Ushbu turdagi saytlarda foydalanuvchilar mavzular yaratishlari, shuningdek, ularga sharh berishlari mumkin. Garchi "hamma narsa haqida" forumlar uchrasada, qoidaga ko'ra, forumlar faqat bitta mavzu bilan cheklangan. Web-saytlar turlari Xosting saytlari. Ushbu turdagi saytlarda har qanday fayllarni saqlash funksiyasi amalga oshiriladi. Ko'pincha yuklab olingan fayllarni brauzer orqali ko'rish imkoniyatiga ega hosting saytlari mavjud. E'lonlar taxtasi. Bunday saytlarda foydalanuvchilar har qanday e'lonlar ko'rinishida ma'lumot joylashtirishlari yoki qidirishlari mumkin, masalan, sotib olish va sotish haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |