Koʻz gavhari haqida Katarakta sabablari Katarakta klassifikatsiyasi


Download 21.93 Kb.
bet4/6
Sana21.02.2023
Hajmi21.93 Kb.
#1219393
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Katarakta

Katarakta belgilari
Katarakta belgilari kasallikning darajasiga qarab turli xil koʻrinishda namoyon boʻlishi mumkin. Kasallikning boshlangʻich davrlarida koʻruv oʻtkirligi bilan bogʻ​liq muammolar yuzaga kelmaydi. Kasallikning erta belgilariga jismlarni ikkilanib koʻrinishi (diplopiya), koʻz oldida mayda qora dogʻlar koʻrinishi, koʻrishda xiralashuv (koʻz oldi “tuman bilan qoplanishi”), jismlarni sargʻish tusda koʻrish. Katarakta bilan kasallangan bemorlarda oʻqish, yozish, mayda jismlar bilan ishlashda muammolar yuzaga chiqadi.
Katarakta xos boʻlgan tipik belgilarga yorugʻlikka boʻlgan sezuvchanlikning oshishi, kechki vaqtda koʻruv oʻtkirligining yomonlashuvi, oʻqish vaqtida yorugʻlikning haddan ortiq koʻp talab etilishi kabilarni misol qilib keltirish mumkin. 
Katarakta holatida koʻruv oʻtkirligi miopiya koʻrinishida namoyon boʻladi, yaqindan koʻrishga qiynaladigan insonlarda toʻsatdan koʻrish oʻtkirligi qisqa masofada ham yaxshilanganligini kuzatish mumkin. Jismlar aniq-tiniq emas, balki xira tasvirda koʻrinadi va bunday holatni koʻzoynaklar yordamida bartaraf etishning imkoni boʻlmaydi.
Katarakta diagnostikasi
Katarakta kasalligi oftalmologlar tomonidan aniqlanadi, bunda ular bir qator standart tekshiruvlarni amalga oshirishlar kerak boʻladi.

  • Viziometriya (koʻruv oʻtkirligini tekshirish);

  • Perimetriya (koʻruv maydonini tekshirish);

  • Yorugʻlikni sezish testlari;

  • Tonometriya (koʻz ichi bosimini tekshirish);

  • Biomikroskopiya (tirqishli lampa yordamida koʻz olmasini tekshirish);

  • Oftalmoskopiya (koʻz tubini tekshirish).

Yuqoridagi tekshiruvlar yordamida kataraktaga xos boʻlgan quyidagi oʻzgarishlar aniqlanadi: koʻruv oʻtkirligining pasayganligi, yorugʻlikni qabul qilishdagi oʻzgarishlar, qorachiqdagi dogʻ, gavhar dislokatsiyasi va boshqalar.
Kataraktani aniqlashning maxsus usullariga refraktometriya, oftalmometriya, koʻz UT-skanerlash tekshiruv kabilar kiradi.
Toʻr parda funksional holati, koʻruv nervi va koʻruv analizatorining markaziy qismi holatini aniqlash uchun elektrofiziologik tekshiruvlardan foydalaniladi (elektrookulografiya (EOG), elektroretinografiya (ERG).

Download 21.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling