Ko'zoynaklarning Kelib Chiqishi Va Rivojlanishi


Ko‘zoynakni qanday tanlash kerak?


Download 176.53 Kb.
bet4/5
Sana01.03.2023
Hajmi176.53 Kb.
#1239957
1   2   3   4   5
Bog'liq
ko\'z oynak

Ko‘zoynakni qanday tanlash kerak?

Ko‘zoynak dioptriyali yoki dioptriyasiz bo‘lishi mumkin. Ko‘rish organida uzoqni yoki yaqinni ko‘ra olmaslik singari anomaliyalar bo‘lganlar uchun dioptriyali ko‘zoynak tavsiya etiladi. Shuning uchun himoya ko‘zoynaklarini tanlash va xarid qilishdan avval ko‘z shifokori – oftalmolog bilan maslahatlashish, ko‘z holati haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim.
Ko‘zoynakni noto‘g‘ri tanlash nafaqat undan foydalanishda noqulaylik, balki ko‘rish qobiliyatining yomonlashuviga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Bunday ko‘zoynakni xarid qilishda:

  • tutqich (oprava)ning qulayligi va sifati;

  • linzaning turi va sifati;

  • dioptriyaning bor-yo‘qligi (ko‘zdagi anomaliyalardan kelib chiqqan holda individual asosda tanlanadi);

  • himoya qobig‘ining borligi;

  • tonirovka (qoraytirilgan linza) darajasiga ham e’tibor qaratish kerak.

Quyidagi tavsiyalarni ham e’tibordan qochirmaslik zarur:

  • Kompyuterdan foydalanish jarayonida quyosh nurlari ta’siri yuqori bo‘lganda yorug‘lik jimirlashiga qarshi polaroid ko‘zoynaklardan foydalanish kerak.

  • Monitor yorug‘ligi yuqori bo‘lganda, yorug‘lik darajasi tez-tez o‘zgarib turadigan sharoitda och rangdagi linzalarga ega ko‘zoynak tavsiya etiladi.

  • Tonirovkali (qoraytirilgan) ko‘zoynaklar ko‘k spektrdagi qisqa to‘lqinli nurlarni to‘sib qoladi.

  • Kompyuterda asosan matn bilan ishlovchilar kontrastni kuchaytiruvchi, yorug‘likni yumshatuvchi modellarni tanlashi maqsadga muvofiq.

  • Grafika bilan ishlovchilarga esa ranglar uzatmasini yaxshilovchi ko‘zoynaklar to‘g‘ri keladi.


Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?


Ko‘pchilik kuniga 8—10 soat davomida kompyuterda ishlaydi. Bu holat inson organizmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun mutaxassislar ko‘zni kompyuter ekranining zararli ta’siridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqishni maslahat berishadi.

Foto: “Linzopedia.ru”



Download 176.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling