Кўп ўлчовли регрессия ва корреляция


Download 171.24 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi171.24 Kb.
#1431330
  1   2   3   4
Bog'liq
7 Ko’p omilli ekonometrik tahlil


7-Mavzu. KO’P OMILLI EKONOMETRIK TAHLIL
Reja:
7.1. Modellarning tuzilishi
7.2. Ko’p omilli regressiyani tuzishda omillarni saralash
7.3. Regressiya tenglamasining shaklini tanlash
7.4. Ko’p omilli regressiya tenglamasining parametrlarini
baholash


7.1. Modellarning tuzilishi
Juft regressiya modellashtirishda tadqiqot ob’ektiga ta’sir e’tuvchi asosiy omildan boshqa omillarni e’tiborga olmagan holatda yaxshi natija beradi. Masalan, u yoki bu mahsulot iste’molining daromadga bog’liqligini modellashtirishda tadqiqotchi har bir daromad guruhida iste’molga bir hilda ta’sir etuvchi mahsulot bahosi, oilaning katta-kichikligi, oila tarkibi kabi omillarni ham ta’siri borligini e’tiborga oladi. Shu bilan birga tadqiqotchi bunday holatni har doim ham to’g’ri bo’lishiga ishonmasligi ham mumkin. Daromadni iste’molga ta’siri haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish uchun boshqa ta’sir etuvchi omillarni o’zgarmas deb qarab, ularni korrelyatsiiyasini o’rganish zarur. Bunday masalani echishning to’g’ri yo’llaridan biri, to’plamdan daromaddan tashqari boshqa omillarni bir xil qiymatga ega bo’lganlarini tanlab olishdan iborat. Bu yo’l ximiya, fizika, biologiya tatqiqotlarida qo’llaniladigan tajribalarni rejalashtirish usuliga olib keladi. Iqtisodchida tabiiy jarayonlarni tajribadan o’tkazuvchi tadqiqotchi singari boshqa omillarni boshqarish imkoniyati mavjud emas. Alohida iqtisodiy o’zgaruvchilarning holatini nazorat qilish murakkab masala, ya’ni bitta o’rganilayotgan omilni ta’sirini baholash uchun barcha sharoitlarni birdek ta’minlab berish mumkin emas. Bunday holatlarda boshqa omillarni modelga kiritib ularning ta’sirini o’rganishga harakat qilinadi, ya’ni quyidagi ko’p omilli regressiya tenglamasi tuziladi:

Bu erda koeffitsentlari mos omillar bo’yicha – iste’molning xususiy hosilasi:
, , ...., ,
Bunda qolgan barcha lar o’zgarmas deb qabul qilinadi.
Bunday tenglamani, masalan iste’molni o’rganishda qo’llash mumkin. xx- asrning 30-yillarida Dj.M. Keyns o’zining iste’mol funktsiyasi gipotezasini taklif etadi. Istemol funktsiyasini quydagi model ko’rinishida ifodalanadi.
,
bu erda: iste’mol; daromad; -baho, xayot qiymati indeksi;
- iste’molchi ixtiyoridagi pul; xarajatlar.
Bunda shart bajrilishi talab etiladi.
Ko’p omilli regressiya aktsiyalarning daromadliligi muammolarini echishda, ishlab chiqarish harajatlari funktsiyalarini o’rganishda, makroiqtisodiy hisoblashlarda va ekonometrikaning qator boshqa muammolarini o’rganishda qo’llaniladi. Hozirgi sharoitda ko’p omilli regressiya-ekonometrikada eng ko’p qo’llaniladigan usullardan biri hisoblanadi.
Ko’p omilli regressiyaning asosiy maqsadi omillarning har birini modellashtiriluvchi ko’rsatkichga alohida hamda ularning umumiy birgalikdagi ta’sirlarini o’rganib ko’p o’lchovli modellarni qurishdan iborat.
Ko’p omilli regressiya tenglamalarini tuzish modellarni shakllantirish masalarini echishdan boshlanadi. Ular o’z ichiga ikki masalani oladi; -birinchisi omillarni saralash bo’lsa, ikkinchisi regressiya tenglamasi ko’rinishini tanlashdan iborat.

Download 171.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling