Kran mexanizmlari impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmalari
KRAN MEXANIZMLARI MAGNIT KONTROLLERLI BOSHQARILUVCHI ELEKTR YURITMALARI
Download 175.1 Kb.
|
Kran mexanizmlari impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmala
KRAN MEXANIZMLARI MAGNIT KONTROLLERLI BOSHQARILUVCHI ELEKTR YURITMALARI.
Reja: Kranlar mexanizmlarining magnit kontrollerli vaasinxronmotorli elektr yuritmasi. Kranlar mexanizmlarining magnit kontrollerli vaasinxronmotorli elektr yuritmasi sxemasi. Kran yuritmalarida ko’p qo’llanaladigan sxemalaridan biri bu ko’tarish mexanizmlarining magnit kontrollerli va asinxron motorli elektr yuritmasi. Ko’tarish holatida ishga tushirish va tezlikni boshqarish motorning faza rotori chulg’ami zanjiriga ulangan qarshiliklarni o’zgartirish orqali bajariladi. Magnit kontrollerning birinchi holatida minimal ishga tushirish momenti yordamida arqon taranglashtiriladi va sekin tezlikda yengil yuklar ko’tariladi. Ikkinchi holatda sekin tezlikda og’ir yuklar ko’tariladi. Uchinchi va to’rtinchi holatda motor tezligini oshirish bosqichlari amalga oshiriladi. Bu ikki bosqich vaqt relelari KT1 va KT2 nazorati ostida bajariladi. Sxema avtomatik ravishda tezlikni oshirish, reverslash, to’xtatish va bosqichma bosqich aylanish tezligini boshqarilishini ta'minlaydi. Pastga tushirishda birinchi va ikkinchi holatlarda motor aylanishining chastotasini boshqarib qarshi ulanish rejimi bajariladi. Uchinchi holatda bir fazali to’xtatish bajariladi. To’rtinchi holatda rezistorlarning hamma bosqichlari chiqarilganida yuklarni katta tezlikda tushirilishi bajariladi. Xuddi ko’tarish rejimidagidek ishchi tavsifiga o’tish vaqt relelari KT1 va KT2 nazorati ostida bajariladi. Birinchi va ikkinchi holatlar asosan yuklarni kichik tezlikda tushirish uchun qo’llaniladi. Qarshi ulanish va bir fazali to’xtatish rejimlaridan foydalanib har xil og’irlikdagi yuklarni tushirish tezligini 4: 1 dan 3: 1 oralig’ida boshqarish mumkin. Yuqorida ko’rilgan rejimlar kontaktorlar yordamida motorning kuchlanish zanjirlarini ulab-o’chirish (kommutatsiya) yordamida bajariladi. Motorning stator zanjiriga liniya kontaktori KM1, aylanish yo’nalishi kontaktorlari KM2, KM3 va bir fazali ulanish kontaktori KM5 kontaktlari ulangan. Rotor zanjiridagi rezistorlar bosqichlari tezlikni oshirish kontaktorlari KM6... KM9 va qarshi ulash KM10 kontaktori yordamida bajariladi. KM4 kontaktori elektr magnit tormoz UB boshqarish uchun qo’llaniladi. Yuqorida keltirilgan sxemada TSA turidagi magnit kontrolleri qo’llanilgan. Unda so’nggi himoya uchun qo’llanaladigan o’chirish kontaktlari SQ1, SQ2 kiritilgan. Download 175.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling