Kreativ fikrlash
Kollegiallik(ko’pchilik) tamoyili
Download 466.5 Kb.
|
Kreativ fikrlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konsensus tamoyili
- Ringi" usuli
Kollegiallik(ko’pchilik) tamoyili "koalitsiyalar", ya'ni turli ittifoq yoki
birlashmalar ro’yirost ma'lum bo’lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo’liga o’tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko’pchilikning ovoziga tayaniladi. Ko’pchilik hollarda yarmidan ko’p ovoz gohida printsipial masalalar yuzasidan me'yor 2/3 deb tasdiqlanadi. Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya'ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo’llaniladi. O’z mohiyati bilan: Konsensus bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va turlituman fikrlaryuzasidan bir bitimgakelish yoki kelishishdir.Konsensusga o’zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek, ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo’llash yordami erishiladi." Ringi" usuli yapon biznesida keng qo’llaniladigan usuldir. Bu usulga ko’ra majlislarda emas, balki so’rab chiqish yo’li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari T/r Bosqichlar Izoh Birinchi 1bosqich Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o’rtaga tashlaydi. 2.Ikkinchibosqich Muammo "pastga", ya'ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog’onaga uzatiladi 3.Uchinchibosqich Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlaribo’yica ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir. 4.To’rtinchibosqichmuammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferentsiyalar o’tkaziladi. 5.Beshinchi bosqich - Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o’z bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Yaponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas'uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun yapon matbuotida uning sha'niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo’lsada, uni qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi. Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi. Download 466.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling