59
izdan chiqmasdan farqlay olasiz, ammo chuqurroq tushunishingiz
mumkin. Pastki toifalarni yaxshiroq aniqlash
uchun turli xil ranglardan
foydalanish tavsiya etiladi.
Mashqlar
1. “So’zlovchi vaqt bombasi” (Talking Timebomb)
Bu mashqning eng yaxshi jihatlaridan biri shundaki, sizga deyarli
hech qanday tayyorgarlik vaqti kerak emas.
Bundan tashqari, bu mashq
bilan deyarli har qanday auditoriyani qamrab olish mumkin.
Birinchidan, o’qituvchi mavzu yoki g’oyani taklif qiladi. Keyin
o’qituvchi musiqani boshlaydi va o’quvchilar
ushbu mavzu uchun iloji
boricha ko’proq so’zlarni o’ylab topishlari kerak.
Qaysidir ishtirokchi to’p bilan boshlaydi. So’zni aytgandan keyin
to’pni boshqa talabaga beradi. Bu jarayon davom etaveradi,
ammo ular
allaqachon aytilgan narsani takrorlay olmaydilar.
Musiqa to’xtaganda, kim to’pni ushlab tursa, yutqazadi. Va jazo har
qanday bo’lishi mumkin. Masalan, ular o’qituvchi bergan mavzu haqida
bir daqiqa gapirishlari kerak.
Mashq uchun namunaviy mavzular:
− mamlakat iqtisodiyotiga oid atamalar;
− rivojlangan davlatlar va
shaharlar;
− pul birliklari;
− mashhur xalqaro brendlar.
2. Bosqinchi sotuvchi (Pushy Salesperson)
Talabalar hech kim sotib olishni xohlamaydigan narsalarni bosqinchi
(majburlovchi) sotuvchiga o’xshab sotishlari kerak. Bunda talabalar o’sha
60
mahsulot yoki xizmatning o’ziga xos xususiyatlari noodatiy fikrlar va
usullar bilan yoritib berishlari maqsadga muvofiq.
Mashqda foydalanish uchun namunaviy mahsulotlar:
− o’tmas pichoq;
− audiokasseta;
− singan soyabon;
− eskirgan qatiq;
− eski
kalendar;
− Pentium IV kompyuteri.
Do'stlaringiz bilan baham: