Kreativ mahsulot tushunchasi, xususiyatlari va elementlari


Kreativ va tanqidiy fikrlash haqida boshqa tushunishlar


Download 1.63 Mb.
bet5/85
Sana18.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1555973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
kreativ

1.2 Kreativ va tanqidiy fikrlash haqida boshqa tushunishlar


Tanqidiy fikrlash ba'zan juda ziddiyatli deb o'ylashadi. Ba'zi odamlar tanqidiy fikrlash boshqalarni doimo tanqid qilishni anglatadi, deb o'ylashadi, Ammo bu tushunmovchilik. Tanqidiy fikrlash faqat buzuvchi kuch emas. Birinchidan, yomon g'oyalarni rad etish orqali biz haqiqatni topishda yaxshiroq bo'lamiz. Ikkinchidan, tanqidiy fikrlash odamlarni doimo tanqid qilishimizni anglatmaydi. Boshqa odamlar haq bo'lsa, biz rozi bo'lmasligimiz kerak. Va boshqa odamlar noto'g'ri bo'lsa, tanqidiy fikrlash bizni yo'l qo'yilgan xatolarni tan olishga yordam beradi, ammo biz ularni ochiqchasiga qoralashimizga to'g'ri kelmaydi. Ba'zida xatolarga yo'l qo'yilmaydi. Ba'zan biz xushmuomala bo'lishimiz kerak, ba'zan esa odamlarni ularni tanqid qilish bilan emas, balki boshqa bilvosita vositalar yordamida yaxshiroq mulohaza qilishga yordam berishimiz mumkin, masalan, maslahat va takliflarni berish. Tanqidiy fikrlovchi qaramaqarshilikka emas, balki xushyoqar va konstruktiv bo'lishi mumkin.
Tanqidiy fikrlashga yana bir e'tiroz shundaki, bu amalda foydali emas, chunki real hayotda odamlar aqlga quloq solmaydilar. Ular o'zlariga qiziqish, hissiyot yoki shaxsiy munosabatlar asosida harakat qilishadi. Ushbu e'tirozning birinchi muammosi shundaki, u aqlni fikrlashni sabablar haqida gapirish bilan aralashtirib yuboradi. Ehtimol, ko'p odamlar mantiqsizdirlar va ularga ta'sir qilish uchun biz hokimiyatga, hissiyotlarga yoki aqldan boshqa narsalarga murojaat qilishimiz kerak. Ammo biz tanqidiy fikrlashdan maqsadlarimizga erishish uchun eng yaxshi vositalar to'g'risida strategik fikr yuritish uchun foydalanishimiz mumkin.
E'tiroz, shuningdek, tanqidiy fikrlash hissiyotlarga, munosabatlarga va boshqalarga qarama-qarshi deb taxmin qilishda noto'g'ri. Masalan, sevgi va do'stlikni ko'rib chiqing. Ular, albatta, qadrlidir, ammo tanqidiy fikrlash ularni rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, munosabatlarning yaxshi yoki yomon tomonlari to'g'risida yaxshilab o'ylash, uni yaxshilashga va uni yanada qoniqarli qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, faqat hissiyotlar asosida harakat qilish har doim ham oqilona emas. Ularni xudbinlik, qo'rquv va ochko'zlik tarafkashlik qilishi mumkin. Qarorlarimiz to'g'risida ko'proq o'ylash bu muammoga qarshi turishi mumkin.
Kreativlik (lot, ing. “create ” -yaratish, “creative” - yaratuvchi, ijodkor) -individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsda kreativlik (Ijodkorlik) sifatlarini rivojlantirish tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi. Ijodkorlik qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida ichki sezimni rivojlantiradi. Ijodkorlik qobiliyati, ichki sezim va umumiy intellekt kesishganda ijod mahsuli yaratiladi.
Bu borada mutaffakir Abu Ali ibn Sino qarashlarida ham kretavlikni talqin etishmiz mumkin. Uning qarashlarida o‘qituvchi o ‘z o‘quvchilaming mayl, intilish, faolligi, qobliyati, iste’dodi va layoqatini aniqlamasdan turib, uni ijodiy fikrlashga yo‘naltira olmaydi degan.
Mutaffakir Jalolidin Davoniy Axloqi Jaloliy” nomli asarida insoniy fazilatlarda aqliy qobiliyat va aqliy iste’dodni tarbiyalash uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli, ijodkor bo‘lishi va bilimlami tez eslab qolishi, ulami anglab yetish lozimligini ta’kidlagan.
Mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur qarashlarida ham kreativlikni ko‘rishmiz mumkin: U inson shaxsining taraqqiy ettirishning asosiy yo‘llaridan biri deb muammoli vaziyatni, ijodkorlikni tushunadi va undan o‘z faoliyatida unumli foydalangan.
O‘zbekiston istiqlolga erishgach “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga, kasb-hunar ko’nikmalriga, ijodiy va ijtimoiy faollikka,mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona yechimlarini topish mahoratiga ega bo’lgan istiqlol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodni shakllantirish, shuningdek. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasini isloh qilishdagi sa’y harakatlaridan biri – bu pedagog kadrlarning zamon talablariga hamnafas tarzda faoliyat yuritishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashga doir chuqur bilim, ko‘nikma, malaka va madaniyatga ega bo‘lishlarini talab etmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan ta’lim va tarbiya ishlarining qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogika faniga «kreativlik» degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa ilmiy bilimning bugungi kundagi rivojlanishi, kreativlikning shaxsni, jamiyatni va davlatni rivojlantirishga ta’siri ushbu masalasini ilmiy pedagogik nuqtai nazardan chuqur o‘rganishni talab etmoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning kreativ faolliklarini shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoj vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda kreativlik masalasini ilmiy tushunishda turli fikrlarning mavjudligi, yaxlit xulosaga kelinmaganligi ushbu mavzu dolzarbligining yana bir ko‘rinshi hisoblanadi. Vaholanki, bu muammo bugungi kunga qadar ko‘plab G‘arb mamlakatlarida hamda Rossiya davlatlarida turlicha tahlil.
Ayniqsa boshlang`ich ta`lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta’lim turidan biri bo‘lib, ta`limning bu bosqichida pedagog- o‘qituvchilarga katta ma’suliyat yuklatiladi. Ya’ni boshlang`ich sinf o‘quvchilarining kreativlik faoliyati hali maxsus o‘rganishni talab etmoqda.
Hozirgi globallashuv davriga kelib O‘zbekiston Respublikasining ta`lim sohasida ham ushbu termin ishlatila boshlandi. Ayniqsa, pedagogika fanining alohida va yosh tarmog`i sifatida shakllana boshlagan “Innovatsion pedagogika”da ushbu terminga bod-bod duch kelmoqdamiz. J.G`.Yo‘ldoshev, R.A.Mavlonova singari ko‘plab pedagoglar ishining maqsadi “kreativlik” tushunchasini ilmiy- pedagogik nuqtai nazardan o‘rganish, uning boshlang`ich sinf o‘quvchilari faoliyatida namoyon bo‘lish jihatlarini tahlil etishdan iboratdir.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni murakkab, mujassamlashgan pedagogik hodisadir. Shundan kelib chiqqan holda, kerativ faollik ham intellektual, ham individual yo‘nalishlarga ega O‘tgan asrning ikkinchi yarmigacha shaxsning kreativligi intellektualligi bilan bir xil darajada baholangan. Kreativlik o‘zining tabiatiga ko‘ra, intellektdan tubdan farq qilishi nazariy jihatdan asoslangach, bu sohadagi tadqiqotlar va tajribalarning ko‘lami kengaydi. Turli olimlar tomonidan kreativlik va kreativ faollik tushunchasiga turlicha yondashilgan. Bu yondashuvlarning asosini kreativ faollik natijasida vujudga keladigan mahsulot yoki muayyan muammoning yechimi tashkil qiladi.1
Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib,
falsafa, sanʼat va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari
surgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, oʻz navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday shaxs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega.
Mustaqil hamdoʼstlik davlatlari olimlaridan L.Vigotskiy, А.Leontev, D.Elkonin, O.Vasilchenko, E.Melkumova, V.Miretskaya, M.Suxomlinova, E.Emmanuel kabilarining ilmiy ishlarida shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari oʼrganilgan. E.P.Torrance, N. Rogers, J.Purnell, P.Roberts, A.M.Galligan, Sh.Tatsuno kabi xorijiy olimlarning ishlarida shaxsning individual qobiliyatlari, ijodiy salohiyatini namoyon etish masalalari ochib berilgan. Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra, ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunilgan kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlanishiga olib keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va shaxsning oʻzini yaxshiroq anglash koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari kiradi. Shu bilan birga, shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ fikrlash koʻnikmasiga bogʻliq.
Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va
pedagogikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro PISA
baholash dasturi bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlardagi kreativ fikrlash
yo‘nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan toʻxtamga kelishda
koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash
vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani
taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab
boʻladi. PISA xalqaro baholash dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir.
Kreativ fikrlashda taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda
muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan
koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak
boʻlgan muhim koʻnikma bo’lib, bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan davrga xos koʻnikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy iste’dodlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquvchilarning taʼlim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qoʻllab quvvatlaydi.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling