Kreativ mahsulot tushunchasi, xususiyatlari va elementlari
Download 1.63 Mb.
|
kreativ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-qurol: Tushuntirish
4-qurol: BaholashSizga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to’g’riligini aniqlash uchun shu axborotni sizga yetkazayotgan shaxsning tajribasi, fikri va qarorining qanchalik xolisligini to’g’ri baholay olishingiz kerak. Masalan, siz kompaniyangiz mahsulotlarining qanchalik sifatli yoki sifatsiz ekanini aniqlash uchun bir necha mijoz o’rtasida so’rov o’tkazasiz. Mijozlarning yarimlari mahsulot haqida salbiy, ayrimlari ijobiy fikr bildiradi. Mahsulotingiz haqiqatan sifatli yoki sifatsiz ekani haqida so’nggi xulosaga kelishdan oldin fikr bildirgan mijozlarning aytganlari qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligini boshqa omillarni hisobga olgan holda tekshirib chiqishingiz kerak. Ya’ni, ularning gaplarini tekshirmasdan to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishingiz sizning baholash qobiliyatingiz zaifligidan dalolat beradi. 5-qurol: TushuntirishSiz ma’lumotlarni nafaqat yetkazishni, balki qo’shimcha ma’lumotlar orqali tushuntirishni ham bilishingiz kerak. Chunki sizdan axborotni qabul qilayotgan odamda tug’iladigan qo’shimcha savollarga ham javob bera olishingiz kerak. Demak, biror masalani o’rganganda uni boshqalarga batafsil tushuntirib bera oladigan darajada bilishingiz kerak. Masalan, kompaniyada sizning qo’l ostingizda ishlaydigan xodim o’tgan oy amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi. Siz bu hisobotni endi rahbaringizga topshirishingiz kerak. O’tgan oy qilingan ishlar haqida gapirganingizda qo’lingizdagi hisobotda mavjud bo’lmagan qo’shimcha ma’lumotlarga ham ehtiyoj tug’ilishi mumkin. Chunki rahbaringiz hisobot bo’yicha qo’shimcha savollar berishi mumkin. Demak, siz mavzuni to’liq tushuntirib berishga tayyor turishingiz kerak. 6-qurol: Imkoniyatingiz chegarasini bilish Biror ishni amalga oshirishda o’z imkoniyatlaringiz chegarasini hisobga oling va qurbingiz yetmaydigan ishlarni bajarishga urinmang. Masalan, siz bir kompaniyaga yangi xodim bo’lib ishga keldingiz va mijozlardan biri telefon qilib, ko’rsatilgan xizmat yuzasidan yordam so’ramoqda. Siz mijozga yordam berishni va unda yaxshi taassurot qoldirishni xohlaysiz, ammo u so’rayotgan masalada hali sizda yetarli bilim yoki tajriba yo’q. Bunday holatda muammoning eng yaxshi yechimi telefonni tajribaliroq boshqa hamkasbingizga berishdir. Ishonchingiz komil bo’lmasa, o’zingiz bilmagan masalada gapirishdan yoki biror qaror qabul qilishdan ehtiyot bo’ling. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling