Kreativ shamol generatori Mazmunnoma


Download 1.59 Mb.
bet2/3
Sana06.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1170622
1   2   3
Bog'liq
Креатив шамол генератори тахрирланган LOTIN

2. Masalaning qo`yilishi
Ma`lumki, sayyoramiz ekologiyasida shu bilan birga aholi hayot tarzida daraxtlarning tutgan o`rni beqiyos. Daraxtning avfzalliklarini quyidagi tartibda keltirish mumkin:

    • Karbonat angidrid gazini so`rib, kislorod chiqarishi;

    • Ko`kalamzorlashtirishdagi o`rni;

    • Landshaft dizaynidagi o`rni;

    • So`lim, soya salqin joylarning tashkillashtirilishi va xokazo.

Taklif qilinayotgan g`oya, daraxtning yuqorida sanab o`tilgan barcha avfzalliklari bilan birga ularni energiya tanqisligi muammosining yechimi sifatida qo`llashdir.
Sun`iy shaklda yaratilgan, qishin-yozin gullab turuvchi olcha, o`rik, shaftoli umuman olganda har qanday gullab meva beruvchi yoki tirmashib o`suvchi gulli o`simliklarni shu hudud, masalan istirohat bog`ida joylashgan iste`molchilarni elektr energiya bilan ta`minlash maqsadida foydalanish mumkin. Ya`ni, daraxtlardan nafaqat soya-salqin, so`lim go`shani yaratish maqsadida balki, shamol generatori sifatida ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, bunday qurilmalarni suvsizlikdan qiynalayotgan cho`l hududlarida qo`llashda yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Bog`da joylashgan bu sun`iy daraxtlarning gullari (yaproqlari) oddiy gul emas, balki yuqori texnologiyali shamol generatoridir. Diyorimizda bahor oxiri va yozda mayin sokin shabada, qish, kuz va bahor boshidagi shamolli kunlarni inobatga olib shamol generatorlari bilan jihozlangan daraxtni elektr energiyasi manbai sifatida qarab, bu sohada tadqiqotlar o`tkazish ilm-fan uchun yangi yo`nalish hisoblanadi.
Daraxt novdasidagi har bir gul (generator) oldin shu novdada birlashadi, so`ngra novda shoxda, har bir shox gullari energiyasi esa tok kuchi va kuchlanishiga ko`ra qo`yiladigan invertorga qarab paralel yoki ketma-ket ulanadi. Bu ulanish sxemasi invertor kirish toki, kuchlanishi, daraxt generatoriga qo`yilgan talab (buyurtmachi talabi), fazalar soni va boshqa parametrlarga asosan loyihalanadi.
Albatta daraxt - shamol generator loyihasi mavjud, ular arzon, ta`mirlashga moyilligi yuqori (rasmda ko`rsatilgan) lekin ular dizayni va estetik jihatda shahar, xiyobon, istirohat bog`i landshaftiga singib keta olmaydi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling