Kreativ shamol generatori Mazmunnoma
Download 1.59 Mb.
|
Креатив шамол генератори тахрирланган LOTIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`zlar
Kreativ shamol generatori Mazmunnoma Maqoloda qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqarish usullari haqida so`z boradi, asosan shamol generatori haqida. Generatorga boshqacha kreativ yondashuv keltiriladi, ya`ni generator ko`rilma (qurilmami yoki ko`riladigan ma`nosidami) asosida emas, balki dizayn elementi asosida keltiriladi. Аннотация В данной статье рассматрывается креативный подход применения возобнавляемых источников энергии - ветряных генераторов. Креативность применение ветряных генераторов заключается в применении их в качестве элемента ландшафтного дизайна. Summary In this article we are talking about the production of renewable energy, mainly we are talking about a wind generator. A creative approach to the generator, that is, the generator is not given as a device, but as a design element. Kalit so`zlar: shamol, generator, quvvat, daraxt, magnit, invertor, iste`molchi, summator, akkumulyator. Kirish Ilm fan tarraqqiyotining kaliti muammo desak mubolag`a bo`lmaydi, insoniyat oldidagi muammoni yechish uchun izlanadi kashfiyotlar qiladi. Xo`sh hozirgi informatsion texnologiya davrida insoniyat oldida qanday muammolar turibdi, muammolar juda ko`p har sohaning global muammosi mavjud. Shubhasiz har sohaning boshida shu soha drayveri bo`lib energiya yotadi. Har bir sohada ishlab chiqarilgan mahsuloti negizida enegiya yotadi. Demak, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida energiya mahsulotga aylantiriladi. Shu sababli elektr energiyasiga ehtiyoj ortib bormoqda. Energiya tanqisligi ba`zi bir rivojlanayotgan mamlakatlarning taraqqiyotdan orqada qolishiga olib kelmoqda, buni Hindiston misolida ko`rish mumkin. Ishlab chiqarish va texnologiya yuqori darajada rivojlangan davrda elektr energiyasi tanqisligi muammosining yechimi sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida yanayam chuqurroq izlanishlar olib borish maqsadga muvofiqdir. Ma`lumki, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining bir necha turlari mavjud: Shamol Quyosh Suv (dengiz suvi tebranishi) ……. Quyoshli O`zbekistonimizda ko`pincha quyosh energiyasini qayta ishlash maqsadga muvofiq, lekin bu manbadan kuniga 10-14 soat elektr energiya olish mumkin. Kechayu-kunduz elektr ta`minoti talab qilinadigan lokal tarmoqlar uchun esa shamol enegiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling