Kreativ shamol generatori Mazmunnoma
Download 1.59 Mb.
|
Креатив шамол генератори тахрирланган LOTIN
3. Masalaning yechimi.
Taklif qilinayotgan g`oyaga asosan generatorlar kichkina lekin juda ko`p, maxsus mahkam ushlovchi konnektorlar bilan jihozlagan va yechib olish, o`rnatish imkoniyatiga ega, bu esa ta`mirlashga moyilligini oshiradi. Daraxt-generator kuchlanishi 12 V yoki 48 V bo`lishi mumkin. Ya`ni, har bir novdadagi kuchlanish 12 yoki 48 volt bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda bir novdada nechta generator turishi aniqlanadi. Har bir generator 1,31,5 volt kuchlanish hosil qilsa 12 volt kuchlanish olish uchun o`nta, 48 volt kuchlanish olish (48 volt kuchlanish asosan telekommunikatsiya qurilmalarida ishlatiladi) uchun esa qirqta kichik generatorlar zurur bo`ladi. Novdada generatorlar to`plamida hamma generatorlar bir maromda normal ishlab turganligini bilish uchun stabil filtrdan foydalanamiz. Buning uchun 12 V kuchlanishga ega generatordan stabil filtrga kirish kuchlanishi normal ishlab turgan generatorlar uchun 14 V bo`lishi nazorat qilinadi. Agarda generatorlar guruhidagi bir generator ishdan chiqsa stabil filtr kirishida kuchlanish 14 voltdan kamayadi, natijada shu novdaga qo`yilgan datchik (svetodiod) o`chadi, bu esa shu novdada kamida bitta generator ishdan chiqqanligidan dalolat beradi. Kerakli tok kuchini olish esa shoxdagi yig`uvchi uskuna yordamida amalga oshiriladi, ya`ni novdalarni paralel ulash yo`li bilan kuchlanish o`zgarmaydi, lekin tok kuchi oshadi, bu esa o`z navbatida quvvatning oshishiga olib keladi, qanchalik ko`p novda bo`lsa shunchalik yuqori tok kuchiga ega bo`lamiz. Generator yasalishiga kelsak, bu uskuna aylanuvchi o`qqa diskga maxkamlangan sim g`altaklar va shu diskga paralel aylanmay turadigan magnit bo`laklaridan iborat. Magnitlar diskga qotirilishidan oldin magnitlar qutblariga e`tibor berishimiz kerak bo`ladi. “S” va “N” qutblar ketma-ket almashib kelishi ta`minlanishi zarur. G`altak o`ralganda esa ikki xil usulda bir-biriga ulanishi mumkin, bir fazali tok uchun va uch fazali tok uchun. Bir fazali generator uchun g`altaklar ketma-ket ulanishlari kerak bo`ladi. Uch fazali generator uchun esa har fazaga bir juft g`altak ketma-ket ulanishi kerak, masalan bir g`altak o`zidan keyingi uchinchi g`altak bilan ketma-ket ulanishi kerak bo`ladi. Natijada uch fazali sxemaga ega bo`lamiz. Generator parraklari (lopost) yuqorida keltirilgan meva gullariga o`xshatib tayyorlanadi. O`lchamlari sal kattaroq, chunki mayin shabadaga ham sezgir bo`lishi kerak. Aks holda generator parraklari aylanmay qolganda elektr toki bilan ta`minlanib turgan iste`molchi akkumulyator batareyasidan ta`minlana boshlaydi. Bu esa generatorning samaradorligini pasaytiradi. E ndi generatorlarning bir biriga ulanishi va 220 volt kuchlanish olish imkoniyatini tadqiq qilish maqsadida 12 volt kuchlanishga ega invertor uchun daraxt struktura sxemasini keltiramiz. Rasmdan ko`rinib turibdiki bir guruh generatorlar (bir novdadagi, ular soni o`zgarmaydi) bir biriga ketma-ket ulanadi, ulanish oxirida daraxt shamol generatori uskunasining ta`mir talabliligini bildiruvchi datchik (filtr + svetodiod) o`rnatilgan. Filtr kirishidagi kuchlanish kamaysa filtr svetodiod nominal ishlayligan kuchlanishni chiqarib bermaydi va svetodiod yonmay qo`yadi, bu esa generatorlardan biri ishdan chiqqanligidan dalolat beradi. Bunday holatlarda generatorlar ishdan chiqishining oldini olish maqsadida kuchlanish datchigi orqali himoya qurilmalarini qo`llash mumkin. Albatta bu qurilmalarning ham quvvat iste`mol qilishini inobatga olib loyihalashtirish jarayonida maqsadga muvofiqligi o`rganiladi. Novdalarning hammasi shoxga paralel ravishda ulanadi. Endi shu elementlarni estetik did bilan joylashtirish, ya`ni, daraxt ustiga generatorlarni va novda ichiga shu generatorlarni bir biri bilan ketma-ket ulovchi shinani joylashtirish zarur. Generatorlardan kelayotgan shinalarni paralel qilib summatorga ulash kerak va summatorning o`zini daraxt tanasi ichiga yuqori qismiga joylashtiramiz. Uning ostiga invertorni joylashtiramiz. Daraxt tanasi ichining pastgi qismiga esa akkumulyator batareyasini joylashtiramiz. Akkumulyator batareyasi 12 volt kuchlanishga ega bo`lib, shamol tezligi pasaygan davrda iste`molchilarni elektr energiya bilan ta`minlanishini kafolatlaydi. Shamol tezligi yetarli bo`lganda esa akkumulyator batareyasi quvvatlanib turadi. S hunday qilib, daraxtimiz xiyobon bo`lsin yoki istirohat bog`i bo`lsin, qayerda o`rnatilishidan qat`iy nazar faqatgina turgan joyiga ko`rk bag`ishlab qolmay balki, hozirgi davrning asosiy muammolaridan biri hisoblanuvchi elektr energiya tanqisligining oldini olishga xizmat qiladi. Bundan tashqari cho`l hududlarida qo`llanilganda soya-salqin joylarni yaratish orqali iqlim o`zgarishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. G`oya loyihaga aylangandan keyin keltiradigan foydani, loyihani amalga oshirish sarf-xarajatlari loyihalashtirish jarayonida aniqlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. «Qayta tiklanuvchi yenergiya manbalari» : o`quv qo`llanma / S.Q. Qahhorov, H.O. Jo`rayev, Y.Y. Jamilov, N.M. Hamdamova. - Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona, 2021. - 300 b. 2. Aллаев Қ.Р., «Электроэнергетика Узбекистана и мира», Т.: «Фан ва технологя», 2009, 464 б. 2. 3. http:// ветрогенератор.com.ua/base/book/ 4. Aндрианов В.Н. и другие. Ветроэлектрические станции. Москва-Ленинград, 1966. – 136 с. 5. .http://forca.ru//справка/безопасност/ ҳарактеристики-сила-ветра.html Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling