Kreativ tadbirkorlikda kreativ fikrlashning ahamiyati zarnigor Kosimovna Tuychiyeva O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Annotatsiya
Download 57.02 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqkreativ-tadbirkorlikda-kreativ-fikrlashning-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sо‘zlar
KREATIV TADBIRKORLIKDA KREATIV FIKRLASHNING AHAMIYATI Zarnigor Kosimovna Tuychiyeva O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Annotatsiya: Maqolada kreativ tadbirkorlik faoliyatida kreativ fikrlashning zarurligi va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Madaniyat va san’at sohasining hozirgi rivojlanishida kreativ tadbirkorlikning xalqaro tajribalari tahliliy jihatdan o‘rganilgan. Tadbirkor o‘z faoliyatini tashkil etishda kreativ fikrlashi, ish jarayonini tahlil qilishi va xulosa chiqarish g‘oyatda muhim hisoblanadi. Kalit sо‘zlar: kreativ tadbirkorlik, fikrlash, ijodiy jarayon, iqtisodiyot, tadbirkorlik madaniyat, san’at IMPORTANCE OF CREATIVE THINKING IN CREATIVE ENTREPRENEURSHIP Zarnigor Kosimovna Tuychiyeva Uzbekistan State Institute of Arts and Culture Abstract: The article talks about the necessity and importance of creative thinking in creative entrepreneurship. The international experiences of creative entrepreneurship in the current development of the culture and art sphere are analytically studied. It is extremely important for an entrepreneur to think creatively, analyze the work process and draw conclusions when organizing his activities. Keywords: creative entrepreneurship, thinking, creative process, economy, entrepreneurship, culture, art Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga kirishganimizga qisqa vaqt boʻlsa hamki katta samarali natija va muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz. Ijodiy ishlab chiqarish sohasida mutaxassislarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga oʻrgatib, ijobiy rivojlanish ham Yangi Oʻzbekistoning yangi strategiyasiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa mazkur islohotlarning ta’lim va tarbiya jaroyani bilan uzviy qorishib borayatgani yaxshi samara bermoqda. Chunki, biz oʻz oldimizga Yangi Oʻzbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilgan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va kreativ- innovatsion ishlar orqali erishamiz. Avvalo, hozirgi islohotlarning amaliy natijadorligini oshirish, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning xususan, yoshlarni yanada faol, tashabbuskor boʻlishga da’vat etishimiz lozim. Hamma yoshlar ham davlat ravnaqi yoʻlida kamarbasta boʻlib maydonga chiqa "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023 264 http://oac.dsmi-qf.uz olmaydi. “Ayni, paytda islohatchi boʻlib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilmli va malakali yangi avlod kadrlarni tarbiyalashimiz zarur. Shu boisdan ham bog‘chadan boshlab oliy oʻquv yurtigacha - ta’limning barcha boʻg‘inlarini izchil isloh qilmoqdamiz”. Albatta, Yangi Oʻzbekistonda xalq boy boʻlsa, davlat ham qudratli boʻladi tamoyili shakllandi. Bizning ota-bobolarimiz ham tadbirkorlikni kasbu-kor etib nafaqat Markaziy Osiyo balkim dunyo iqtisodi rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Bugungi kunga kelib respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida “Tadbirkorlik”. “Tadbirkor”, “Biznes”, “Biznesmen” kabi so‘zlar keng qoʻllanila boshlandi. Ularning mazmun va mohiyatini anglash maʼlum bir maʼnoda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik haqida tasavvurni shakllantiradi. Tadbirkorlik - bu yaratuvchanlikdir. Uning bu missiyasi va belgisi paydo bo‘layotgan ehtiyojga muvofiq yangi taklif yoki taklifning yangi uyg‘unligi (kombinatsiyasi)ni yaratish va u orqali yangi bozor shakllantirishda namoyon bo‘ladi. Demak, tadbirkorlik yangi taklif, ya’ni qiymat yaratib, jamiyat boyligiga boylik qo‘shadi. Tadbirkorlikning yana bir qirrasi va belgisi islohotchilikdir. Tadbirkorlik ishlab chiqarish omillari (mehnat, mehnat qurollari, mehnat predmeti)ning yangicha mukammalroq uyg‘unligi (kombinatsiyasi)ni, ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni, tuzilmaviy qayta qurishni amalga oshirib, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilishga olib keladi. Natijada ularing ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining o‘zaro muvofiqligi yaxshilanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Tadbirkorlik tavakkalsiz bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotiga noaniqlik xosdir. Ana shunday noaniqlik va yangi taklif uchun yangi talab bo‘lishiga kafolat yo‘qligi hamda bozor vaziyatining o‘zgarib turadigan sharoitida tavakkal qilib ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Lekin tavakkal ham baholangan, asoslangan, oqilona bo‘lishi lozim. Shunday qilib, tadbirkorlik uning yuqorida ko‘rib chiqilgan qirralari va belgilari bilangina tadbirkorlik hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati bir qator tamoyillar asosida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Tadbirkorlik tamoyillari bu aniq talablar, tartibqoidalar majmuyi bo‘lib, ularga to‘liq rioya etib tashkil qilinadigan va amalga oshiriladigan xo‘jalik faoliyati haqiqiy tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Ularga turli xil cheklovlar qo‘yilishi, ularning buzilishi, noto‘g‘ri talqin qilinishi tadbirkorlikning amalga oshirilishi va rivojlanishiga xalaqit beradigan omillardir. Tadbirkor o‘z faoliyatini tashkil etish, yuritish va uning natijasida oladigan daromad (foyda)ni ishlatishda to‘la mustaqil hisoblanadi. Olgan foydasini o‘zi xohlaganday mustaqil tasarruf etishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatida davlat va hokimiyat organlari, ularning mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlangan. Tadbirkorlarning mustaqilligi ham tegishli qonun hujjatlarida kafolatlangan[1:23]. Iqtisodiy nе’mаtlаrni ishlаb chiqаrish uchun mа’lum miqdordаgi iqtisodiy rеsurslаrdаn: yеr, ishchi kuchi, tаdbirkorlik qobiliyati, boshqаruv mаlаkаsi, kаpitаl, хomаshyo vа mаtеriаllаrdаn foydаlаnishni tаlаb etаdi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023 265 http://oac.dsmi-qf.uz Аgаr jаmiyatdаgi iqtisodiy rеsurslаr miqdori chеklаnmаgаn bo‘lgаnidа, hаr bir inson o‘zi istаgаn hаmmа nаrsаgа egа bo‘lishi mumkin bo‘lаrdi. Аmmo, insoniyatning moddiy ehtiyojlаri хаyol vа orzulаr ummoni singаri chеksiz bo‘lgаn bir shаroitdа, bu ehtiyojlаrni qondirish vositаlаri bo‘lgаn iqtisodiy rеsurslаr miqdori o‘tа chеklаngаn. Bu shuni аnglаtаdiki, jаmiyatdаgi mаvjud bаrchа iqtisodiy rеsurslаrning ishlаb chiqаrish imkoniyatlаri jаmiyat а‘zolаrining ehtiyojlаrini to‘liq qondirish uchun yеtаrli emаs. Bundаy holаt jаmiyat а’zolаrining o‘z ehtiyojlаrini to‘liq qondirishgа bo‘lgаn imkoniyatlаrini doimo vа muqаrrаr rаvishdа chеklаb turаdi. Hаr qаndаy jаmiyat iqtisodiy rеsurslаr chеklаngаn shаroitdа o‘zining ehtiyojlаrini mаksimаl qondirishgа intilаrkаn, kundаlik hаyotdа quyidаgi uchtа аsosiy vаzifаlar еchimini topishgа urinаdi: 1. Nimаni ishlаb chiqаrish, ya’ni qаysi turdаgi tovаrlаr vа хizmаtlаrdаn qаnchа miqdordа ishlаb chiqаrish tаlаb etilаdi? 2. Qаndаy qilib ishlаb chiqаrish, ya’ni tovаrlаr vа хizmаtlаr qаndаy tехnologiyalаrdаn foydаlаnib, qаysi yo‘l bilаn ishlаb chiqаrilishi lozim? 3. Kim uchun ishlаb chiqаrish, ya’ni tovаrlаr vа хizmаtlаrning istе’molchilаri kimlar? Nimаni, qаndаy qilib vа kim uchun ishlаb chiqаrish mаsаlаsi jаmiyat oldidа turgаn eng аsosiy iqtisodiy muаmmolаrdаn sаnаlаdi[1:11]. Bu vazifalarni amalga oshirishda tadbirkorlarning ishchanligi, amaliy ko‘nikma. Tajribasi va fikrlash qobliyati yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Kreativ tadbirkorlik so‘ngi yillarda MDHda ham yaxshi taraqqiy etmoqda. Kreativ tadbirkorlik ham ijodiy sohaning hamma yo‘nalishlarida mujassam bo‘lavermaydi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining asosiy imkoniyatlariga asoslanib mintaqaviy darajada kreativ sohalar ro‘yxati to‘g‘risida batafsil yoritib olish kerak. Bundan tashqari, har bir sektorga maksimal darajada batafsil tushuntirish berish kerak. Guruhlar, mutaxassisliklar va yo‘nalishlar uchun nom va dekodlash ta’sniflar. Xorijiy mamlakatlar tajribasi, shubhasiz, qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy Osiyodagi ijodiy sohalar ro‘yxati quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin • Moda, dizayn va hunarmandchilik • Kino va animatsiya • Musiqa • Teatr va raqs • Nashriyot va adabiyot • Zamonaviy san’at • Arxitektura • Televizor, radio, yangi media va raqamli madaniyat • Kompyuter o‘yinlari va kibersport • Ko‘ngilochar sanoat "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023 266 http://oac.dsmi-qf.uz • Shoular va ommaviy tadbirlar • Reklama Bular mavjud kichik tarmoqlarning tasnifi ularning mintaqa yoki mamlakat darajasida dolzarbligi, boshqa formulalar yoki yangi kichik tarmoqlarni mutaxassislar va turli kasb vakillari bilan birgalikda maqsadli muhokama qilish orqali qo‘shish kerak[2:12]. Tadbirkorlik - foyda olish uchun biznesni rivojlantirishga tayyorlik va uni tizimli ravishda boshqarish qobiliyati egalikdir. Biroq, tobora koʻproq aralash modellar paydo boʻlishini ta’kidlash muhim. Masalan, muzeylar davlat tomonidan qisman mablag‘ oladi. Shu bilan birga, muzeyning oʻzida kafe, esdalik sovg‘alari doʻkoni mavjud, u yerda xususiy tadbirlar oʻtkaziladi - bularning barchasi tashkilotga qoʻshimcha foyda keltiradigan usullardir. Bu faoliyatda ish olib borayotgan tadbirkorlar ham kreativ firlash va g‘oyalari bilan sarmoyalarini yanada to‘liqtirib boraveradi. Ushbu mablag‘lar operatsion faoliyatni qoplash, shuningdek qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish uchun sarflanadi. Ha, bu ham ijodiy tadbirkorlikning namunasidir. Asosiysi biznesni boshlamoqchi boʻlgan kishining oʻz tamoyili boʻlishi kerek. Shu bilan birga, oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan har bir kishi ikkita savolga aniq javob berishi kerak: Birinchisi, men aniq nima bilan shug‘ullanaman? Ikkinchisi, mening biznesim nimasi bilan mijozlar uchun jozibali kabi savollar shular jumlasidan. Chuningdek, biznesni boshlashdan oldin, barcha shartlarni oylab, maqsadlarni belgilash kerak, buning uchun asosiy savollar toʻplamini aniqlashtirish zarur: • Boshqalar taklif qilmaydigan nimani taklif qila olaman? • Qanday qilib men koʻrsatadigan xizmatlarni yoki ishlab chiqaradigan mahsulotlarni iste’molchilar uchun qiymatliroq qilishim mumkin? • Agar odamlarga xizmat yoki mahsulot taklif qilinsa, ular nima uchun pul toʻlashlari kerak? Kreativ tadbirkorlikni yoʻlga qoymoqchi boʻlsangiz ham aynan ushbu savollarga javob topishingizga toʻg‘ri keladi. Kreativ fikrlashingiz - kreativ tadbirkorligingizning rivojlanish omilidir. Har qanday ishni, ayniqsa, tadbirkorlikni boshlashdan oldin motivatsiya boʻlishi kerak, ya’ni ma’lum maqsadlarga erishish uchun odamni oʻz mablag‘larini xavf ostiga qoʻyishga undaydigan ichki intilish, iqtisodiy-daromad olish yoki ijtimoiy-psixologik va shaxsiy ambitsiyalarni qondirish boʻlishi kerak[3:72]. Kreativ va madaniy sanoat (KM) - eng qadimiylaridan biri. Evropa kreativ iqtisodiyoti hozirgi vaqtda reklama, arxitektura, moda, musiqa, matbuot va kino ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Har yili quyidagi miqdorda daromad keltiradi. 535,9 milliard evro, bu degani Evropa mamlakatlarining YAIM hajmining jami 4,2% ni tashkil qiladi. Ushbu sohalar iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarini, kreativlikni rivojlantirish, innovatsion fikrlash va o‘sish bilan izohlanadi[4:1]. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023 267 http://oac.dsmi-qf.uz 1990-yillardan boshlab O‘zbekiston hukumati turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatdagi sanoat muassasalari va agentliklarning kreativ faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini ko‘ra boshladi. Bunday yo‘nalishlarga: turizm sanoati, an’anaviy san’at va hunarmandchilik, “tungi iqtisodiyot” va boshqalar tegishlidir. Markaziy Osiyoda kreativ iqtisodiyotining o‘sishini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida, Janubiy Kavkaz va Sharqiy Yevropaning bir qismi, shuningdek, O‘zbekistonda ijodiy industriyani rivojlantirish va istiqbolli yo‘nalishlarni o‘rganishga hissa qo‘shish bo‘yicha Britaniya Kengashi tadqiqot o‘tkazdi. Bundan tashqari, tadqiqot quyidagi sektorni yanada rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar berdi va ularni taraqqiy ettirishga intiladi. Xulosalarni ishlab chiqishda mualliflar rasmiy statistika, mutaxassislar tegishli adabiyotlar, manfaatdor tomonlar ishtirokidagi bir qator guruhlar shuningdek, ushbu sohadagi korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga tayanishdi[5:2]. “Kreativ iqtisodiyot” va “kreativ sohalar”ni - birlashtirish insonning ijodiy faoliyatining asosiy zamonaviy (“yangi”) iqtisodiy manbasi sifatida juda muhim rol o‘ynaydi. Umuman olganda, hozirda ushbu tadbirlar jamiyatda shaxsning ijodkorligini rivojlantirishda katta hissa qo‘shadi. Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli - harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish. Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi[6:182]. Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Masalan, ingliz tilida so‘zlarni yodlab, grammatika qoidalarini “suv qilib ichib yuborgan” bo‘lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Albert Eynshteyn “Tasavvur - bilimdan muhim” deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023 268 http://oac.dsmi-qf.uz inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim. Bunda kreativ tadbirkorlikning ham har xil usullarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish zarur. Madaniy-marifiy sohada tadbirkorlikni amalga oshirish biroz g‘oyrioddiy hodisalik tuyilishi mumkin. Ammo, hozirda bu ikki sohani teng olib borish va taraqqiy ettirish zarurligi sezilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab oʻtgani kabi: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat - deya ta’kidlagan edi. Haqiqatan ham bu ikki unsur jamiyat taraqqiyotida kata kuchdir. Shunday ekan, madaniy sohada kreativ tadbirorlikni kreatif fikrlash orqali rivojlantirish bir tomondan bosh omil bo‘lsa, ikkinchi tomondan ahamiyatli masala bo‘lib qolaveradi. Download 57.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling