Kreativlik va uning tashxislanishi


Kreativ dars tuzilishining texnologiyalari


Download 56.22 Kb.
bet2/6
Sana16.01.2023
Hajmi56.22 Kb.
#1095547
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. Kreativlik o`qitishning inovatsion pedagogika ijodiy imkoniyat rivojlanish imkoni

1.2 Kreativ dars tuzilishining texnologiyalari
Kreativ darsi ijodiy metodologik tuzilishiga ko‘ra an’anaviy darsdan farq qiladi va o‘zida dars maqsadini qamrab oluvchi bloklari bilan kreativ ta’limning maqsadlarini amalga oshiradi. Ijodiy darsning tuzilishi mantiqan ta’limni haqiqatda rivojlantiruvchi jarayonga aylantirishni ko‘zda tutadi. Ta’limning birinchi navbatda insonparvarlik maqsadlarini ko‘zlagan holda ta’lim faoliyati tuzilishida ma’lum o‘zgarishlar olib boriladi. Ta’lim faoliyatining yangi shakllarini konstruksiyalash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy shakllanishi asosini tashkil qiladi. Dastur fikrlash shakllarini tubdan yangilash; maktab o ‘quvchilarini intellektning yangi bosqichida o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Chunonchi: ko‘rgazmali - aniqlikdan og‘zaki mantiqiylikka; emperikdan nazariy fikrlashga. D.B.Elkoninning fikricha, ta’lim samaradorligi o‘qitish jarayonida egallangan bilimning miqdori va sifati; rivojlanish samaradorligi o‘quvchilar qobiliyati o‘sishi darajasi bilan belgilanadi. Qobiliyatning rivojlanishi shaxs sifatlaridan biri bo‘lib, faoliyat samarasini belgilaydi, mazkur dasturni amalga oshirishda qobiliyatning funksional tizim samaradorligi oshishidagi ahamiyati katta. Rivojlanishga ta’sir etuvchi ta’lim tuzilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini faol ta’limiy faoliyat turlariga safarbar etadi, faol faoliyat turining turli shakllarini turlicha vositalar yordamida egallash; hayratlanarli buyumlar haqida fikrlash; boshqotirmalar yechish; kompyuterda o‘lchamli masalalar yechish o‘quvchining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur texnologiyaning psixologik asosi o‘quv jarayonining o‘quvchi tomonidan rejalashtirilishidir. Tizimli refleksiya tashkil etilishiga ehtiyoj hosil qiluvchi omil- ta’lim jarayoni natijasini vaqti-vaqti bilan testlar yordamida aniqlash va o‘quvchilarni o‘quv faoliyatini rejalashtirishga o‘rgatish. Darsga motivatsion sayqal berish deganda, dars davomida ijobiy motivatsiyani qo`llab-quvvatlovchi tuzligan maxsus topshiriqlar tushuniladi. Har bir o‘quv sikli so‘ngida o‘quvchilarning yutuqlar haqidagi ijobiy hissiyotlari rag‘batlantirilib, keyingi bosqichga o ‘tish ishtiyoqi kuchaytiriladi. Kreativ darsning ma’lumot kartasi quyidagi yo‘nalishlardan iborat:
1-yo‘nalish. Motivlash. Bu bo limda go‘dakni surpriz qarshi oladi. U tafakkurini u yoki bu darajada hayratlantiradigan nima bilandir to‘qnashadi.
2-yo‘nalish. Dasturiy materialning mazmuni. Darsning bu qismida ta’lim mazmuni berilgan mavzu bo‘yicha aniq dars materiali ikki qismda beriladi. Axborot kartasi (kreativ darsning tuzilishi).
3-yo‘nalish. Psixologik dam olish. Darsning bu qismi jismoniy daqiqada sport, raqamli, jismoniy mashqlarning o‘yin shaklidayoki bosh miya yarim sharlarining uyg‘unligini ta’minlovchi mashqlardan tashkil topdi.
4-yo‘nalish. Boshqotirma. Darsning bu qismi ijodiy faoliyatga, motivlashtirishga, topqirlikni, ijodiy tafakkurni, go‘dakning ijobiy qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
5-yo‘nalish. Intellektual mashqlar. Darsning bu qismi ijodiy faoliyatni, tafakkurni va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
6-yo‘nalish. Fikrlashning kompyuterli intellektual tayanchi. Ta’limning bu shakli ijodiy fikrlashning chuqur rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini kompyuter muhiti, multimediyalar, interaktiv ta’sir va boshqalar yordamida qo‘shimcha imkoniyatlar bilan darsda foydalanilgan boshqotirmalaming davomi sifatida foydalaniladi.
7-yo‘nalish. Rezyume.



Download 56.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling