Kreativlik va uning tashxislanishi


O`qituvchining innovatsion faoliyatida ijodiy imkoniyatni rivojlantirish muammolari


Download 56.22 Kb.
bet4/6
Sana16.01.2023
Hajmi56.22 Kb.
#1095547
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. Kreativlik o`qitishning inovatsion pedagogika ijodiy imkoniyat rivojlanish imkoni

2.1 O`qituvchining innovatsion faoliyatida ijodiy imkoniyatni rivojlantirish muammolari
Mutaxassislik mahorat va bilimlarni o ‘zi rivojlantirishi qulay, ixcham tizimlarni taraqqiy ettirish nuqtayi nazaridan, refleksiv-gumanistik pedagogika va birlashib ijod qilish psixologiyasi asosida yaratiladigan intensiv-innovatsion metodlar yuqori samaraga ega bo‘lishlari mumkin. Bizning fikrimizcha, refleksiv-gumanistik yondashishning asosiy aksiologik yutuqlari asoslaridan biri, barbod etmaydigan uslublarni ko‘paytirib taraqqiy ettirish mumkinligini amaliy isbot qilib berish bo‘ldi. Shunday qilib, yangi konsepsiya yaratish, yangilikni kashf qilish uchun hech ham o‘tmish merosidan biror narsani buzish shart emas. Birgalikda ijod qilish asosiy gumanistik tamoyil amaliyot ishtirokchilari har bir ichki va tashqi hayoti turli-tumanligi (polifonik), ko‘payishi, doimiy rivojlanish to‘laligi (yagonaligi)ni ta’minlashdan iborat. O‘qituvchi innovatsion harakatni amalga oshirishda rivojlanuvchi muammolarni kiritadi.
Uslubdan maqsad: o‘qituvchida innovatsion faoliyat muammolarini mustaqil tushunib yetish va innovatsion qarorga kelishga ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirish va rivojlantirish. Bunday uslub quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
1. Maktab muammolarini ishlab chiqish bosqichi, undaharbir ishtirokchi ilgarigilarni takrorlamay o‘z muammosi tuzilishiga harakat qiladi.
2. Ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha g ‘oyalarni oldinga surish bosqichlari.
3. Jamoatchilik bo‘lib birgalikda muhokama qilish.
Polilog-«aylana»tuzilishda tashkil etishning mazmuni, birinchidan, faqatgina tuzilishidan «ilgarilab ketgan, surilgan» o‘qituvchilar muammolarini yechishda rivojlantiruvchi natija berish, ta’minlash emas, balki ma’lumoti kamroq ijodiy muammolarni ham yechishdan iborat. Qaytarishga imkon bermaslik vositasida har bir ishtirokchi tomonidan muqobil yechimlarni anglab yetish maksimal samaraga erishiladi, keyingi innovatsion xatti-harakatlarni rivojlantirish uslubi nuqtayi nazarlar haqida munozaralar uslubi bo'lib, bunda turli pedagogik yangiliklar haqida ma’lumotla rolishga imkon beriladi, balki ularni tanqidiy tahlil qilish jarayonini ham ta’minlaydi. Bunday munozara mexanizm uch guruhga ajratishni ko'zda tutadi. Birinchi guruh diqqatni bo‘lajak yangilikning loyihasini ishlab chiqishga, uni o‘z tushunishlarida yechib berishga jamlaydi.
Chunki guruh munozara oxirida faqatgina bitta ishlab chiqilgan variantni umumiy muhokamaga olib chiqishlari kerak. Guruh o ‘z yangilik loyihasini bayon etib bergandan keyin muhokamaga ikkinchi guruh qo‘shiladi, ularning vazifasi taklif etilgan yangilikka nisbatan boshqa muqobil variantlarni aniqlab olib va bunga asoslangan holda birinchi guruh fikrlarini noto‘g‘ri ekanini isbotlab berishdan iborat. Taklif etilgan fikrni rad etib ikkinchi guruh o ‘z yechimini ishlab chiqishga kirishadi. Shundan so‘ng ular ham o‘z dasturlarini bayon qiladilar. Uchinchi guruhning vazifasi analiz qilib bayon etilgan loyihalarda konstruktivlikni izlashdan iborat. Chunki bu sintez qilib hal etish, murosa yo‘llarini izlaydi. Shundan keyin guruhlar vazifalari o‘zgartiriladi, bu sikl aylanib yana takrorlanadi. Guruhlar ishlab chiqqan har qanday ijobiy natijalar har bir bosqichda qayd etib beriladi. Ammo amalda shunday vaziyatlar vujudga keladiki, bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihalar taklif etiladi. Ulardan har biri konstruktiv yechimga ega bo‘ladi. Bu holda «Yechimlar auksioni» o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Uning mazmuni loyihalami umumiy plenumda yana-da chuqurroq tahlil qilishdan iborat. Natijada yechimning har bir loyihasi tahliliy ekspertizadan o ‘tadi. Bu «savdo» mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. «Mablag'» sifatida ularni tatbiq etishdan keladigan natija hisoblanadi.
Shu tariqa yangilik kiritish natijasida yuzaga keladigan jarayon va hodisalar haqida yagona tasavvur shakllanadi. Hodisalar avj olishi va amaliy qo‘llanishi mexanizmi yangilikni ishlab chiqishda ko‘zga ko‘rinmagan salbiy kamchiliklarni yuzaga chiqaradi, ushbu tartib taklif etilgan yangiliklarni, ularni amalda qo‘llash darajasini klassifikatsiya qilib beradi. Natijada eng ko‘p salbiy natijalarga ega bo‘lganlari ro‘yxatdan o ‘chiriladi. Amaliyotning ishchi dasturi quyidagilar: 1. 0 ‘qituvchining ijodiy fikrlashi, pedagogik masalalarni yechish psixologik-pedagogik analiz. 2. 0 ‘qituvchining innovatsion faoliyati: amalga oshirishning texnologiyasi va tuzilishi. 3. Yangilikni qabul qilishda psixologik to‘siqlar. 4. Innovatsion munosabatlar rivojlanish uslublari: ijodiy masalalarni ochib berish va kashfiyot uslublari: «Aqliy hujum», hayratlanarli savollar, innovatsion o ‘yinlar va boshqalar. 5. O‘qituvchi mutaxassislik faoliyatida refleksiya (refleksiv qobiliyatlar trenningi). Yuqorida aytilganidek, o‘qituvchining kreativligi va innovatsion munosabati rivojlanayotgan muhitta’siri ostida shakllanishi kerak.
Tekshirishlarga asoslanib, ijodni qandaydir tahliliy vaziyatdan yoki mavjud bilim chegarasidan chiqish deb belgilab, shunday tasdiqlash mumkin: kreativ muammoni shaxsiy fikrlarga to‘la dolzarb qo‘yishda ifoda etilgan chuqur xususiyatdir. Shuning uchun biz mikromuhit orqali to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bo‘lmagan shakllantiruvchi ta’sir ko‘rsatishga intildik. O ‘qituvchi dolzarblasha oladigan muhit yuqori darajali noaniq va potensial ko‘p variantlikka ega bo‘lishi kerak (boy imkoniyatlar). Noaniqlik tayyor yo‘nalishlami qabul qilmay, o ‘z izlanishlarini rag‘batlantiradi; ko‘p variantlilik ularga topishga imkon beradi. Bundan tashqari, muhim kreativ munosabat va uning natijalari namunalari tarkib topgan bo‘lishi kerak. Biz tekshirishlarimizda o ‘qituvchi faoliyatidagi mikromuhit bir qator ko‘rsatkichlari uyg‘unligini taklif etdik, munosabat past darajadagi reglamentligi, kreativ munosabatning namunalari ko‘rsatilishi va informatsion boyligi - pedagogning innovatsion munosabatiga belgilovchi ta’sir ko'rsatadi. Bu texnologik darajada ham ifoda bo‘ladi. Tekshirishlar kurs Pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va metodikasi fakultetining 149 talabasi ishtirokida o‘tkazildi. Bu guruh umumiy tayyorgarlik talabalari va pedagogika kolleji bitiruvchilaridan tashkil etilib, ikki 23 kishilik guruh tajriba guruhlari bilan taqqoslash uchun tuzildi.
A) Talabalar kreativlik darajasi uch ko‘rsatkich bilan hisobga olindi; mahsuldorlik, ijodiy yo‘nalganlik sabablari, refleksivlik. kreativlik diagnostikasi, amaliyot hamda turdagi topshiriqlari natijalari va jarayonida olib borildi. Ishlab chiqilgan yangiliklar kreativ qimmatligi ularni quyidagi turlardan biriga taalluqligi bilan belgilanadi: 1. Maktabning yana-da rivojlanishiga turtki bo‘luvchi ko‘pgina yechimlarni, ko‘zda tutilgan muammolarni qo‘yish. 2. 0 ‘ziga xos, ilgarilarga o'xshamagan, kutilmagan yechimlar. 3. Yechish ma’lum bo‘lgan konsepsiyalarni yoki pedagogik yondashish- larni davom ettirishni ko‘zda tutadi. Ishni tashkil etuvchilar talabalarning fikrlari, ularning qiziqishlari, ishni davom ettirish istagi, faolligining hisobga olish yordamida baholanadi. Refleksion tashkil topuvchilar ko‘zda tutilgan yechimni anglab yetish va o'zini o‘qituvchi-innovator deb his etish darajasi bilan baholanadi. B) Muhitning tafsiloti quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: informatsion xabardorligi, kreativ munosabatlar namunalari mavjudligi, innovatsion munosabatlarning tartibliligi darajasi.
Informatsion xabardorligi darajasi taklif etilgan yechimni turlicha yo‘llar bilan o‘zgartirish, ularni turli yo‘llar bilan tiklash darajasi yo‘li bilan o'rganiladi. Yuzaga keltiruvchi tajribalar, innovatsion amaliyot davrida munosabatlar tartib-qoidalariga solinmagan sharoitlar yaratilishi, informatsion ma’lumotlar ko‘pligi, kreativ namunalar ko‘rsatib berilganligidan iborat bo‘ ladi. Tajriba yakunlangandan so‘ng sinov va tajriba guruhlari yakuniy test o ‘tkazish bilan taqqoslanib ko‘riladi. Tajribaning boshlanishi, o ‘rtasi va oxirida biz talabalar innovatsion munosabatlari va kreativlik darajasini, o‘rtacha ko‘rsatkichlar ifodalarini baholadik.
Tajribalar natijalari tekshirilayotgan uchta ko‘rsatkichlar uch turi bo‘yicha katta farqlar borligini ko‘rsatdi. Birinchi bosqichda shaxsni sabablar ko‘rsatkichi o‘sdi, ikkinchi bosqichda shaxsiy sabablilik va mahsuldorlik, uchinchi bosqichda mahsuldorlik, refleksiv ko‘rsatkichlar yuqori bo‘ldi. Shu bilan birga innovatsion faoliyatning shaxsiy sabablilik ko‘rsatkichining o‘sib borishi shaxsiylik darajasining yanada chuqurroq o‘zgarishlari haqida gapiradi, xususan: izlash jarayoniga emotsional ishtiroki, maktab muammolarini qo‘yish va tushunish o‘sadi, amaliy ishlarda mashg‘ulotlarni davom ettirish istagi yuzaga keladi, erishilgan sabablilik darajasini qo‘llab-quvvatlash mahsuldorlik faoliyati darajasi ham o‘sadi, deb xulosa qilish mumkin. Innovatsion faoliyatning rivojlanish jarayoni aynan shaxsiy sabablilik darajasidan boshlanadi. Mahsuldorlik darajasida biz ancha murakkabroq tashkil emvchilarga duch kelamiz: shaxs ijodiy imkoniyatlari va refleksli birligiga, innovatsion munosabatga yo ‘l ko‘rsatish, doimiy muammolar qo`yish va ularni turlichayechishni nazarda tutadi. Hamma sodir bo‘layotgan hodisalarga o ‘ziga xos munosabat ishlab chiqiladi: mazmunini izlash, yashirin tomonlarini ko‘ra bilishga intilish. Tajribalar ma’lumotlari yuqori boshlang‘ich kreativ munosabat darajali talabalar ko'pchiligi yangi barqaror yuqori darajaga erishganliklari ular yuqori mahsuldorlik bilan ajralib turishlarini ko‘rsatdi: o ‘rtacha kreativ darajali ko‘pgina hollarda bir qancha harakatchanlik ko'rsatdilar. Lekin «mavzuni o‘zgartirish, variatsiya qilish» turi bo‘yicha yechishga intilsalar ham.
Past kreativlik talabalar kamdan-kam yangi darajaga erisha oladilar, ular harakatchanlik qilmaydilar, ko‘pincha ilgarigi birlamchi yechimga qaytadilar. Shuni ta’kidlash kerakki, bunday holat kreativlikning oshishiga rivojlantiruvchi muhitning mos ravishda ta’siri sababli, bir yo‘nalishli bo`lmaydi.
Innovatsion faoliyatning o‘zgarishi umumiy tendensiyasi quyidagi xususiyatlarga ega: hamma ko‘rsatkichlari ancha o ‘sishi ketidan ularning biroz pasayishi kuzatiladi, bu ma’lum darajadagi emotsional pasayish va diskomfort o‘zini noqulay sezish bilan bog‘liq bo‘ladi, rivojlanish muhiti innovatsion munosabat vazifasi va uslublaridan iborat bo‘lishi, talabalar noma’lum yechimlami izlash uslublari va metodologiyasini egallagan bo`lishlari kerak. Innovatsion faoliyatga yondashish o ‘qituvchilardan ilmiy tekshirish metodikasini o‘zlashtirib olishni talab etadi. Talabalarning tajriba maydonida tekshirish ishlarini «harakatdagi tekshirish», odatdagi qarashlar, yondashishlarga qarama-qarshi deb nomlash mumkin. Asosiy e’tibor innovatsion faoliyat texnologiyasidan ko‘ra ko‘proq bilimga qaratiladi.
Tajriba mavdonchasidagi ishlardan asosiy maqsad talabalarni innovatsion jarayonga jalb etish, bunda ularni o‘qituvchi bilan birgalikda o ‘z mualliflik dasturini sinab ko‘radi, yangilik kiritish uslublarini aniqlaydi, tatbiq etish samarasini baholaydi.
Talabalar tekshirish guruhlarini tuzish o‘ziga xos talablarni o‘qitish obyekti sifatidagi modeli muqobil gumanistik modelni ko‘zda tutadi. Bunday shaklda ish olib borishning qimmatli tomoni bo‘lajak o‘qituvchilarga tajribada faol va bevosita ishtirokchilar sifatida qaraladi. Ular tanqidiy mulohaza yuritishga, tanlay bilishga, muqobil texnologiyani amalga oshirishga, natijalarni ko‘ra bilishga o ‘rgatiladi. Shu bilan birga butun pedagogik jamoa birga ijodiy hamkorlik qilish sharoitida faoliyat ko‘rsatadilar. Ilmiy tekshirish uslubi va guruhli ish yuritishni bir-biriga bog‘lab ish olib borish guruhli tekshirishlarni tashkil qiladi, ana shu tajriba maydonida talabalarni uyushtirish texnologiyasi asosini tashkil etadi. Guruhli ish olib borish bilan birga o‘quv ustasi bilan individual ish olib boriladi. Guruhli ish olib borishning o‘ziga xosligi shundaki, mashg‘ulotlar seminar-munozara shaklida olib boriladi. Har bir talaba ilmiy tekshirish ishtirokchisi bo‘lib, muammo bilan shug‘ullanadi. Shunday variantlar ham sinab ko‘riladi: 2-3 talaba bir muammoni turli yoshdagi guruhlar hamda turli nuqtayi nazardan ishlab chiqadilar. Talabalar bir oyda bir marta uchrashib o'z tekshirishlari davomidagi natijalaridan xabardor qilib, munozara va jonli fikr almashish ko‘rinishida keyingi muammoni muhokama qiladilar, tajriba olib borish davomida bo‘lajak o‘qituvchilar rahbar (pedagog) bilan hamkorlik qiladilar.

Download 56.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling