Kreativlikni aniqlash va rivojlantirish
KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI METODIKALAR TAHLILI
Download 109.65 Kb.
|
KREATIVLIKNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.1. rasm.“Torrens aylanachalari” metodikasi tajriba materiali.
2.3. KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI METODIKALAR TAHLILI
Kreativlikni o’rganishda biz ,,Torrens aylanachalari’’ metodikasidan foydalandik. Ushbu metodika tajriba materiali sifatida to’rt qatorda oltitadan aylanachalar jami 24 ta aylanacha joylashtirilgan blankdan foydalaniladi. 2.1.1. rasm.“Torrens aylanachalari” metodikasi tajriba materiali. Sinaluvchilarga ko‘rsatma quyidagi tartibda beriladi: “Sizga to‘rt qatorda oltitadan aylanacha jami 24 ta aylanacha joylashtirilgan blank taqdim etiladi. Sizning vazifangiz undagi aylanachalardan foydalanib, imkon qadar ko‘proq narsa, buyumlarning rasmini chizishdan iborat. Qanchalik ko‘p rasm chizilsa shunchalik yaxshi bo‘ladi. Rasm chizish uchun sizga 5 daqiqa vaqt beriladi. Boshladik!” Metodika natijalarini baholashda talabalar tomonidan chizilgan rasmlarning originalligi, ijodiy yondoshilganligi xisobga olinib quyidagi 4 ta mezon belgilandi: Kreativlik darajasi yuqori. (sinaluvchi tomonidan boshqalarda keltirilmagan narsa buyum tasvirlangan, barcha aylanalar ishtirok etgan, bir nesta aylanalar birlashtirilib narsa yaratilgan bo‘lsa) Kreativlik darajasi o‘rtachadan yuqori. (barcha aylanalardan foydalanilgan, bir nesta aylanalar birlashtirilib narsa yaratilgan bo‘lsa) Kreativlik darajasi o‘rtacha. (barcha aylanalardan foydalanib rasm chizilgan bo‘lsa) Kreativlik darajasi o‘rtachadan past. (ayrim aylanalardan foydalanib faqat aylana shakldagi buyumlar chizilgan bo‘lsa) Kreativlik darajasi past. (ayrim aylanalardan foydalanilmagan faqat aylana shakldagi buyumlar chizilgan bo‘lsa). XULOSA Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, biz intellekt so‘zini talaffuz qilishimiz bilan uni testlar orqali o‘lchashni ko‘z oldimizga keltiramiz. Lekin mana shu teslar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz ularga qay darajada ishonishimiz mukin. Bu ko‘rinishdagi testlarning savollari barcha qatlam vakillarining turmush sharitini hisobga olmaganligini kuzatishimiz mumkin. Hattoki, Alfred Bine ham o‘zi kashf etkan intellekt testlarini tahlili ustida ishlash kerakligini aytib o‘tgan. Sababi, bu teslarning natijasi haqiqatdan uzoq bo‘lishini aniqlagan. Bundan tashqari bunday testlar intellektning faqat bir tomonini tadqiq etishga qaratilgan. Emotsional va amaliy intelekti yuqori rivojlangan shaxslarning natijalari bu testlarda yaxshi natija ko‘rsatmayotganligi kuzatishgan. Baribir, hozirgi kunda IQ koeffitsenti o‘z ahamiyatini zararcha ham yo‘qotmagan. Kreativlik insonning xayotida juda muhum o’rin egallaydi va uni hayotga tadbiq etish juda muhim hisoblanadi.Insonlarning kreativligi ularning ish samaradorligin oshiradi hamda ularda ish salohiyati hamda ishga o’zining mehnat faoliyatiga mehrni uyg’otadi.Insonlar hayotidagi barcha jarayonlar kreativlikga chambarchas bog’liq. Download 109.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling