Kreativlikni aniqlash va rivojlantirish
II. bob. KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHDA QO’LLANILADIGAN METODIKALAR VA RIVOJLANTIRISH USULLARI
Download 109.65 Kb.
|
KREATIVLIKNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH
II. bob. KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHDA QO’LLANILADIGAN METODIKALAR VA RIVOJLANTIRISH USULLARI
2.1. KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHDA O’Z HISSASINI QO’SHGAN OLIMLAR VA ULARNING AMALGA OSHIRGAN ISHLARI XXI asr axborotlar oqimi davrida ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga, shu jumladan ta’lim-tarbiya sohasiga ham ko‘plab yangiliklar kirib kelmoqda. Ushbu yangiliklar bilan bir qatorda ularni yorituvchi yangi tushunchalar ham bizning ilmiytilimizda qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Jumladan pedagogika, ya’ni ta’lim-tarbiyasohasida keyingi 20-yil ichida qo‘yidagi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda va bizning ilmiy tilimiz iste’molida keng ishlatiomoqda: pedagogik texnologiya, ilg‘orntexnologiya, ilg‘or tajribalar, innovatsiya va innovatika, pedagogik neologiya,praksiologiya, aksiologiya, innovatsiya va innovator, interaktivlik, strategiyalar, gumanistik pedagogika, liberalizatsiya, ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalar, tarbiya jarayonida texnologiyalar,. Biz shular orasida «kreativlik» tushunchasiga alohida to‘xtab o‘tmoqchimiz. Bu tushuncha so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya jarayonlarida ma’lum darajada qo‘llanilmoqda. Lekin bu tushunchaning mazmun va ma’nosini tahlil etishga hamda insonlarda kreativlikning hakllanganlik darajasini aniqlashga doir qator tatqiqotlar olib borilgan. Ayniqsa bunday izlanishlar psixologiya soxasida keng rivojlangan. A.Y. Agafonov, Y. Lotman, V. Rudnev, G.S. Batishev, M.M. Baxtin, D.B. Bogoyavlenskaya, V.M. Vil’chek, V. Dil’tey, V.N. Drujinin, D.A. Leont’ev, A.Maslou, A.A. Melik-Pashaev, I. Meyerson, A.Y. Ponomarev, M. Rorbax, S.L. Rubinshteyn, V. Frankl, R. Yakobson singari olimlar shular jumlasidandir. Yuqorida tilga olingan psixolog olimlarning ilmiy tatqiqot ishlarini va boshqada adabiyotlarni analitik tahlil qilar ekanmiz, psixologik nuqtai nazardan kreativlikning mazmun va ma’nosi jihatdan psixolog olimlar quyidagi xulosalarga kelishganligining guvohi bo‘lamiz va bevosita Kryativlik nima? degan savolga yuzlanamiz. Kreativlik – bu madaniyat vositasi asosida shaxs sifatida shakllanish jarayonida namoyon bo‘ladigan shaxsning shaxsiy sifati (fazilati)dir. Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo‘lib, uning o‘z-o‘zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog‘liq. Psixolog olimlar tomonidan kretivlikning qo‘yidagi ikkita komponenti aniqlangan. Bular: Shaxsiy mazmun. Ya’ni har bir insonning shaxsiy hayotining umum mazmuni. Bu mazmun madaniyatshunoslik bilan bog‘liq. Har bir inson biron bir soha yoki faoliyat bilan shug‘ullanar ekan, u kreativlik, ya’ni yaratuvchanlik munosabatda bo‘ladi va uni iloji boricha chiroyli, insonlarni o‘ziga tortishga yo‘naltiriladi. Bu esa o‘z navbatida insoniyatning madaniyatga yo‘naltirilganligidir. Signifikatsion ko‘nikmalar. Kreativlikni tashxis qilish psixosemiotik tahlil bilan bog‘liq Kreativlikning darajasini aniqlash qo‘yidagilar bilan belgilanadi: shaxsiy ma’noning rivojlanish darajasi; verballi belgilar sistemasini yaratish ; Download 109.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling