Kredit – modul tizimida o‘qituvchi rahbarligida bajarailadigan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish aliqulov Samar Sattor o‘g‘li


Download 73.49 Kb.
bet3/3
Sana15.03.2023
Hajmi73.49 Kb.
#1271598
1   2   3
Bog'liq
maqola Caмар

Talabalarning mustaqil ishi – bu talabaning o‘ziga xos o‘quv faoliyati bo‘lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, o‘qishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida bilimlarni oshirishga yo‘naltirilgan. talabaning mustaqil ish mazmuni mantiqiy fikrlashni, ijodiy faollikni, o‘quv materialini o‘zlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bog’liq bo‘ladi3.2
Talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.
1) Mobil qurilmasi orqali bajariladigan mustaqil ishlar (darsga tayyorlanish, axborot izlash, FAQ-ko‘p so‘raladigan savollar, Forum, test echish, nazorat ishiga tayyorlash).
2) O‘qituvchi rahbarligidagi an’anaviy shakldagi mustaqil ishlar (misol va masalalar ishlash, referat tayyorlash, kollokvium, esse yozish, taqdimot materiallari tayyorlash, keys-stadilar bilan ishlash, ish o‘yinlari, glossariy, kurs ishi va kurs loyihasini bajarish, hisob-grafik ishlarini bajarish, BMIlarni tayyorlash, amaliyot hisobotini tayyorlash, tugaraklar va tanlovlarda ishtirok etish, olimpiadalarda ishtirok etish, ilmiy tezis va maqolalar tayyorlash, ilmiy anjumanlarda ma’ruza qilish, o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlashda ishtirok etish).
3) O‘qituvchi rahbarligidagi elektron shakldagi mustaqil ishlar (Link, Chart, Q/A, Review, SWOT, Interview, Google Apps, Report, dayjest).
ECTS kredit-modul’ tizimida faoliyat yuritadigan oliy ta’lim muassalari amaliyoti tahlil qilinganda, ularning aksariyatida auditoriya mashg’ulotlariga umumiy o‘quv yuklamasining 40%i va talabaning mustaqil ishlariga 60% ajratilganligini kuzatish mumkin. Bu nisbat boshqacha qilib aytganda 1:1.5 to‘g’ri keladi. Ya’ni, talaba muayyan fan bo‘yicha belgilangan har 1 soat dars uchun unga darsdan tashqarida bir yarim soat mustaqil o‘qishi, tayyorlanishi kerak bo‘ladi3.
ECTS kredit-modul’ tizimida talabani ongidan “bilim olish vaqti auditoriyadagi dars mashg’ulotlaridangina iborat” degan tushunchani chiqarib tashlashga erishishimiz kerak. Unda yangi bilimning manbai faqat o‘qituvchi yoki auditoriya mashg’ulotlari emas, balki ular uning uchun yo‘l ko‘rsatuvchi, yo‘naltiruvchi, dastlabki va umumiy ma’lumotlarni beruvchi sifatida qarash lozimligi bo‘yicha tushunchalarni shakllantirishimiz kerak. Chunki talaba auditoriyada o‘qituvchi tomonidan berilgan dastlabki ma’lumotlar va tushunchalarni yanada chuqurroq o‘rganib mustahkamlash, o‘zida malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishi o‘zining bajaradigan mustaqil ishlariga, umuman olganda o‘zining hatti-harkati va intilishiga bog’liq ekanligini his etishi lozim. Misol orqali tushuntiradigan bo‘lsak, talaba fan bo‘yicha 1 kredit to‘plashi uchun 12 soat auditoriya mashg’ulotlari (ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, seminar darslari)da qatnashishi va 18 soat hajmdagi mustaqil ish turlarini bajarilishi kerak bo‘ladi.
Talabalarni mustaqil ishining sifatli bajarilishini va talaba faoliyati yaxshi samara berishi eng avvalo fan o‘qituvchisiga bog’liq, ya’ni o‘qituvchining talabani fanga qiziqtira olishi, motivasiya bera olishi, kreativligiga bog’liq. O‘qituvchi talabalarga o‘z vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun ularga darsdan tashqarida o‘qish uchun adabiyotlarni va qiziqarli materiallarni taqdim etib borishi, turli topshiriqlar va muammolar berib borishi kerak bo‘ladi.
O‘qituvchi rahbarligida talabaning mustaqil ishi yakka tartibda va guruh tarzida, hamda maslahat va interfaol shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Guruh tarzidagi o‘qituvchi rahbarligida talabaning mustaqil ishi har bir fan bo‘yicha butun akademik o‘qish davrida sana, vaqti, auditoriyasi va t’yutorlarni ko‘rsatgan holda, tasdiqlangan grafik-jadval asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha yakka tartibda maslahat olgan talaba o‘qituvchilarning mehnatini hisobga olish bo‘yicha yuritiladigan maxsus qayd jurnaliga registrasiyadan o‘tadi va imzo qo‘yadi. Talaba mustaqil ishining hajmi, mazmuni va hisobot turini, ishning hajmini (soatlarda), ketma-ketligini va topshirish muddatlarini kafedra belgilaydi, shuningdek bajarilgan talabaning mustaqil ishi sifatini nazorat qilib, talabaning mustaqil ishi natijalari bo‘yicha talabalar va o‘qituvchilarning hisobotlarini ko‘rib chiqadi. Buning uchun kafedra miqyosida talabaning mustaqil ishi sifatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus komissiya ham tashkil etiladi. Ushbu komissiya fanlar kesimida talabaning mustaqil ishilarini tashkil qilish va rejalashtirish, ularni tarqatish, topshirish muddatlarini va sifatini nazoart qilish va uslubiy ta’minotini yaxshilash maqsadida tashkil qilinadi.
Talabalarning mustaqil ishining sifatli bajarilishini ta’minlashda “O‘qituvchi-talaba” mexanizmini shakllantirish va uning uzluksiz harakatini ta’minlash lozim. “O‘qituvchi-talaba” mexanizmi – bu shunday mexanizmki, bunda o‘qituvchi talabaga topshiriqlar va ularni bajarishga motivasiya berish orqali uning harakatini ta’minlasa, talaba esa o‘qish, o‘rganish va izlanish natijasida o‘zi duch kelgan muammolar yuzasidan murojaati orqali o‘qituvchining harakatini ta’minlaydi. Bu mexanizm o‘zaro aks ta’sir tamoyiliga asoslangandir.
Oliy ta’lim tizimida axborot-komunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalarning tobora keng qo‘llanilishini e’tiborga olgan holda, talabaning mustaqil ta’lim ishini bajartirishda elektron shakldagi o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ta’lim ishiga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Ya’ni talabaning mustaqil ta’lim ishining 30-35%ini tashkil etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda talaba quyidagi mustaqil ish turlarini bajarishi mumkin bo‘ladi4:
- Chart – jadval, diagramma va sxemalarni cheklangan hajmda tahlil qilish; Q/A – masofaviy ta’lim platformasida o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga belgilangan hajmda yozma javob berish;
- SWOT – fan bo‘yicha biror tushunchani cheklangan hajmda SWOT- tahlil qiladi;
- Link – internet havolasini ochib unda keltirilgan video yoki matn shaklidagi materialni belgilangan hajmda izohlash;
- Report – laboratoriya mashg’ulotlari bo‘yicha hisobotlarni masofaviy ta’lim platformasiga kiritish;
- Interview – muammoni tadqiq qilish bo‘yicha suhbat uyushtirish va uni masofaviy ta’lim platformasiga yuklash;
- Google Apps – Google Classroom platformasida hamkorlikda slaydlar, jadvallar, matnlar shaklidagi topshiriqlarni bajarish;
- Dayjest - berilgan mavzu bo‘yicha internet-havolalar to‘plamini keltirish, kartoteka tuzish va ularni qisqa izohlash.
Bundan tashqari o‘qituvchi fanning xususiyatidan kelib chiqib, talabalarga turli komp’yuter o‘quv-dasturlari (MatLab, CorelDRAW, AutoCad, Excel) yordamida elektron tarzda bajariladigan mustaqil ish topshiriqlarini ham berishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda kredit-modul’ tizimida talabaning mustaqil ishini tashkil etish, samaradorligini va sifatli bajarilishini ta’minlash hozirgi paytdagi asosiy dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Chunki talaba mustaqil ishlarni bajarishi jarayonida qanchalik ko‘p muammolarga, savollarga duch kelsa, shunchalik darajada o‘qituvchiga yaqinlashib, murojaat qila boshlaydi. Talabalarning savollariga etarli darajada javob bera olishi uchun esa o‘qituvchi o‘z sohasining bilimdoni bo‘lishi talab etiladi. Aks holda o‘qituvchi va u o‘qitadigan fanning reytingi tushib ketadi, agar u tanlov fani bo‘lsa, o‘quv rejasidan olib tashlanishigacha borilishi mumkmin.

1 Муслимов Н.А. Бўлажак ўқитувчиларни касбий фаолиятга тайёрлаш жараёнида компетентлик. Меҳнат ва касб таълими ўқитувчилари касбий компетентлигини таъминлашнинг инттегратив технологиялари: Республика илммий-амалий конференция материаллари. - Тошкент: ТДПУ, 2010. - Б. 114-118.



2 Муслимов Н.А. Каасб таълими ўқитувчисини касбий аклллантиришнинг назарий-методик асослари: Пед. фан. док. ... дис.- Т.: 2007. - 315 б.



3 В.Ўринов. Ўзбекистон Республикаси Олий таълим муассасаларида ECTS кредит-модуль тизими: асосий тушунчалар ва қоидалар. Қўлланма. Эл-юрт умиди жамғармаси ва Республика Олий Таълим Кенгаши билан ҳамкорликда. 2020 й. -64 б.



4 Азизов У. Кредит-модуль тизими ва унинг ўзига хос хусусиятлари. -http://uzbekistonovozi.uz/uz/articles/index.php?ECTION _ID=161&ELEMENТ

Download 73.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling