Kredit – modul tizimida o‘qituvchi rahbarligida bajarailadigan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish aliqulov Samar Sattor o‘g‘li
Download 73.49 Kb.
|
maqola Caмар
Kredit-modul’ tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul’ texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Kredit-modul’ tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Shu vaqtga qadar mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida o‘qituvchilarning asosiy vazifalari muayyan fanlardan talabalarga bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiya berish uchun ma’lumotlar qidirib topish, ularni o‘zlashtirish, qayta ishlash va talabalarga tarqatishdan iborat bo‘lgan, ya’ni ular mutaxassislarni tayyorlashda lozim bo‘lgan ma’lumotlarni shunchaki qabul qiluvchi va uzatuvchi vazifasini bajarishgan. Talabalarning vazifalari esa, auditoriya va laboratoriyalarda faqat o‘quv mashg’ulotlariga qatnashib bilim olish va o‘zlashtirishdan iborat bo‘lgan, ya’ni ularga etuk mutaxassis bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-texnik yangiliklardan foydalanish, tahliliy va mantiqiy fikrlash, innovasion loyihalarni yaratish kabi vazifalarni bajarishda yordam beruvchi mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga ahamiyat berilmagan. Kredit-modul tizimida talaba ta’lim olishi jarayonida mas’uliyatni ma’lum darajada o‘z elkasiga olishi, fan bo‘yicha auditoriyadan tashqarida mustaqil ishlashi shartdir. Kredit-modul tizimida auditoriyadan tashqarida ishlash o‘qituvchidan talabaning mustaqil ishlashini tashkil etishni, mustaqil ishlash uchun materiallar va vositalar berishni hamda talabalarning o‘zlashtirish darajasini nazorat qilishning samarali usullarini yaratish kerakligini talab qiladi. Talabalardan esa, mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat material va vositalar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy eta olish malakalarini shakllantiradigan mustaqil ishlash tajriba va ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab etiladi. Kredit-modul tizimida mustaqil ta’lim ulushining ortishi tufayli o‘quv jarayonida mustaqil ta’lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi, hamda faolligini oshirishga, har qanday ishni bajarishda innovasion-kreativ yondashishiga olib keladi. Bunda talaba doimo o‘qituvchi va tengdoshlari yordam hamda maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z tatijasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlaydi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi, natijada bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalari rivojlanadi. Ta’limda raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash tufayli axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlarda kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat auditoriya mashg’ulotlarida ta’lim oluvchilarga etkazish qiyindir. Shuning uchun kredit-modul tizimida mustaqil ta’lim olish zamonaviy mutaxassis bo‘lib etishishning muhim omili hisoblanadi. Mustaqil ta’lim, talabalarga bilim berishda ularni o‘z holiga tashlab qo‘yish emas, balki o‘qituvchilar tomonidan muntazam boshqariladigan talabalarning mustaqil faoliyatidir. O‘quv jarayonini sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli kattadir. Talaba mustaqil ta’lim uning manfaati uchun olib borilishini tushunishi kerak. Pedagogning o‘quv jarayonida talabalar bilan hamkorligi ularning mustaqil ta’limga ishonchini shakllantiradi. Ma’ruzalarni an’anaviy usulda, ya’ni faqatgina ma’lumot berish bilan cheklanmasdan, balki muammoli interaktiv usulda olib borilishi kutilayotgan ijobiy natijalarga olib keladi. Ta’lim oluvchining esa mustaqil ishlashi olayotgan bilimiga o‘zi mas’ulligini anglatadi va kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ko‘p hollarda mustaqil ish va mustaqil ishlash tushunchalari bir hil ma’noda qo‘llaniladi, vaholanki ular adabiyotda turli ma’noni anglatadi. Shuning uchun ushbu tushunchalar mazmuni, mohiyati hamda maqsadini aniqlash lozim. Mustaqil ishlash jarayonida talaba o‘ziga berilgan ma’lum topshiriq yoki vazifada ko‘rsatilgan talablarni qoniqtiradigan mustaqil ishni bajaradi va ishlanmani, ya’ni natijani biror ko‘rinishda tayyorlaydi hamda taqdim etadi. Mustaqil ish, bu – talabaning muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarni auditoriyadan tashqarida ta’lim beruvchining rahbarligida yoki individual-ijodiy ravishda o‘zlashtirishi uchun raqamli texnologiyalardan foydalanib olgan ilmiy ma’lumotlar hamda turli texnik vositalar yordamida bajargan (ijod qilgan va yaratgan) yozma ishlar, dasturiy ta’minotlar, ko‘rgazmali qurollar, mahsulotlar, jixozlar kabi moddiy ishlanmalaridir1. Mustaqil ishlash, bu – talabaning muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni auditoriyadan tashqarida ta’lim beruvchining rahbarligida yoki individual-ijodiy ravishda o‘zlashtirish hamda oshirish uchun yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatidir. Mustaqil ishlashdan asosiy maqsad talabada nafaqat muayyan fan sohasida didaktik topshiriqlarni mustaqil bajarish, bilimlarni oshirish, balki mantiqiy fikrlash, ijodiy faollik, o‘quv materialini o‘zlashtirishda kreativ yondashuv kabi kasbiy kompetentlikni shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriq va vazifalarni bajarishdir2. Talabalarning mustaqil ta’limi – talabaning o‘quv predmetiga aylantiradigan bilish faoliyati, kasbiy rivojjlanishda o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmii shakllanadi, o‘qituvchi tomonidan bilvosita nazorat qilinib, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirishga hamda bo‘lajak mutaxassisning kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratiilgan. Ushbu ta’rifda biz uchun quyiddagi xususiyatlar muhim ahamiyatga ega: talabalarning bilish faoliyati; o‘qituvchi tomonidan bilvosita rahbarlik; talabalar o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmini shakllantirish; kasbiy bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish; mutaxassisning kasbiiy mahoratini rivojlantirish; mustaqil fikrlash vaa qaror qabul qilish kompetensiyalari shakllantirish. Ta’kidlash joizki, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va uni faollashtirish muammosi psixologlar, pedagoglar, hamda metoddistlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Ularning tadqiqotlari ta’lim oluvchilarning o‘quv jarayonidagi mustaqil ta’limning didaktik maqsadlarini umumiy ko‘rinishda shakllantirishga imkon yaratadi. Talabalarda mustaqil ishlash metodik kompetentlikni shaklllantirishning maqsadi kasbiy va shaxsiy rivojlanish jarayonida talabaning o‘z-o‘zinni anglash, baholash va boshqarish kabi tarkibiiy qismlarni rivojlantirish va turli ta’lim muassasalarida ishlashga tayyorlash sanalsada, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari asoslarini o‘rganish vazifalari quyidagilarddan iborat bo‘lishi lozim: aniq pedagogik hamda ishlab chiqarish muammoli vaziyatllarda masalani ajratib olish va ularni hal qilish usuli sifatida pedagogik va texnik-texnologik tafakkurni rivojlantirish; bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik-shaxsiy faoliyati asosi sifatida pedagogik, umumkasbiy va ixtisoslikka oid bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga erishish; bo‘lajak kasbiy faooliyat individual metodining asosi siifatida, o‘quv-pedagogik va ishlab chiqarish harakatlarining reproduktiv va ijodiy usullarini shakllantirish; muhim kasbiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish (hamddardlik, bolalani sevish va boshqalar), kasbiy va shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini yuzaga keltirish hisoblanadi. Ilmiy manbalarda pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning ta’limiy qadriyatlari guruhida o‘z-o‘zini takomillashtirishning omillari - o‘z-o‘zini takomillashtirishga yangicha yondashuv, mustaqil ta’lim olish, mustaqil bilim olish, shaxsiy qobiliyatlarni namoyon eta olish, ijtimoiy-kasbiy mustaqillik, mustaqil bilim olish strategiyasi, rejalashtirish va o‘zini boshqarish, o‘zini tarbiiyalash, o‘zini o‘zi kasbiy-shaxsiy jihatdan takomillashtirish, mustaqil bilim olish manbalari, shakli, metod, usul va vositalari, ularning turli-tumanligi, ulardan samarali foydalanish va xokazolar hisoblanadi. O‘quv jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etishda talabalarnning nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasinii hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamidaa mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash; (bitiruv) malakaviy ishi uchun materiallar to‘plash; amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash; ilmiy maqola, tezis va ma’ruza tayyyorlash; tavsiya qilingan adabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish; fanni o‘qitishdagi innovasiyalar, pedagogik texnologiyalar hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va boshqalar. Download 73.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling