Kredit (lot creditum qarz, credo ishonaman,maqullayman) pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish


Download 33.95 Kb.
bet4/9
Sana23.09.2023
Hajmi33.95 Kb.
#1685272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kredit hisobi

Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.

Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Kredit ta’minoti: bu nima va u nega kerak?
Banklar turli mahsulotlardan daromad oladilar, ularning eng daromadlisi esa bu kreditlardir. Berilgan pulning qaytarilishini ta'minlash maqsadida banklar turli xil choralarni qo'llashlari mumkin: qarz oluvchini diqqat bilan tekshirish, to'lov qobiliyatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish, faqat ma'lum toifadagi mijozlar bilan ishlash va hokazo. Ammo risklarni minimallashtirish uchun kreditor kredit garovi ko'rinishidagi qo'shimcha kafolatlardan ham foydalanishi mumkin, bu esa kreditni to'lamay qolish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.
Ta'minot - berilgan kredit bo'yicha bank manfaatlarini himoya qilish mexanizmlaridan biri. Darhaqiqat, bu bankka qarz oluvchi moliyaviy muammolar yuzaga kelgan taqdirda ham olingan mablag'larni foizlar bilan qaytarishiga ishonch hosil qiladigan kafolatdir. U asosan mijoz katta miqdordagi kredit olishni xohlasa yoki uning kredit tarixi shubhali bo'lsa (yomon kredit tarixi) qo'llaniladi.
Kreditlarni ta'minlash qarz oluvchiga ham bir qancha imkoniyatlarni beradi:

  • kattaroq miqdorda kredit olish imkoniyati;

  • kredit shartnomasini uzoqroq muddatga rasmiylashtirish;

  • so’ralgan kredit miqdori tasdiqlanishi ehtimoli yuqoriroq bo’lishi.

Ushbu munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi: Banklar garov, kafolatlar, kafillik, majburiyatlar asosida va majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning qonunda nazarda tutilgan boshqa usullari asosida kreditlar beradi.
Har bir bank majburiyatlarni bajarish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi va ularni shartnomada belgilab qo’yadi. Agar shartnoma majburiyatlari buzilgan bo'lsa, kreditor qo’shimcha foiz hisoblash, shuningdek o’zining undirish huquqidan foydalanishi mumkin - mol-mulkni sotish, kompensatsiya talab qilish, kafilni javobgarlikka tortish va h.k.

Download 33.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling