Kredit (lot creditum qarz, credo ishonaman,maqullayman) pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish


Download 33.95 Kb.
bet6/9
Sana23.09.2023
Hajmi33.95 Kb.
#1685272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kredit hisobi

Sug'urta shartnomasi
Agar qarz oluvchiga katta miqdorda pul kerak bo'lsa, u holda kredit qaytarilishining qo'shimcha kafolatini sifatida sug’urta kompaniyasining kafolati rasmiylashtirilishi mumkin. Sug'urta shartnomasi tuzilgan kundan e'tiboran amal qiladi, sug'urtalovchi qarz oluvchi bilan sug'urta hodisasi yuz berganda bankka belgilangan pul miqdorini to'lanishini ta'minlaydi.
Bank kafolati
Bu yuridik shaxslar tomonidan yirik operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan maxsus moliyaviy xizmatdir. Kafolat - bank yoki boshqa kredit/sug'urta tashkilotining kafilligi bo’lib, u bitim taraflaridan biri ikkinchi tomon oldidagi majburiyatlarni bajarilishini kafolatlaydi. Shu bilan birga, bank mijozning qarzini to'lash majburiyatini oladi, agar u o'z majburiyatlarini bajarmasa, bank kafolat berish uchun alohida to'lov oladi.
Bank depoziti
Kam ishlatiladigan, ammo hali ham amaldagi ta’minot turidir. Agar qarz oluvchining katta miqdorda alohida depozit hisobvarag'i bo'lsa, u holda kreditor undan kafolat yoki to'lov qobiliyatini qo'shimcha tasdiqlash manbasi sifatida foydalanishi va yanada qulayroq kredit shartlarini taklif qilishi mumkin. Ammo odatda, agar mijozning omonati bo'lsa, u katta miqdordagi kreditni olmaydi (chunki depozitlar bo'yicha stavkalar har doim kreditlarga qaraganda past bo'ladi - ortiqcha to'lov bank foydasiga bo'ladi).
Kredit ta’minoti sifatida yana nimalardan foydalanish mumkin
Yo'qotilishi mumkin bo’lgan mablag'lar uchun qo'shimcha kafolat va kompensatsiya olishning yana bir usuli - jarima qo’yishdir. Bu shartnomada belgilangan pul miqdori bo'lib, qarz oluvchi o'z majburiyatlarini buzgan taqdirda qarz beruvchiga to’lanishi shart.
Kelishuvlardan kelib chiqqan holda, majburiyatlarni buzganlik uchun ham jarima belgilanishi mumkin. Misol uchun, agar qarz oluvchi kredit bo'yicha to'lovni kechiktirgan bo'lsa, unga darhol jarima belgilanadi.
Shunday qilib, banklar berilgan kreditlarning qaytarilishini ta'minlash uchun keng imkoniyatlarga ega. Qarz oluvchi uchun ta’minot bo’yicha chora-tadbirlar ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki ularning mavjudligi kredit tasdiqlanishi ehtimolini sezilarli darajada oshiradi, shu bilan birga mijozning mas'uliyatini ham oshiradi.
Shuning uchun, barcha majburiyatlarni bajara olishga ishonch bo'lsagina, garov bilan ta'minlangan kreditlardan foydalanish kerak, aks holda garov sifatida berilgan mol-mulkdan va boshqa aktivlardan ayrilib qolish mumkin.
Iqtisodiy adabiyotlarda, iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan
kreditining turlari va shakllari xususida turlicha fikr yuritiladi va talqin
etiladi. Masalan, O’zbekistonlik olima, professor Sh.Abdullaeva kreditnig
shakllari xususida aniq fikrlarni bayon etmagan bo’lsada, uning turlarini
“qisqa muddatli kreditlash” va “uzoq muddatli kreditlash”dan iborat
ekanligini ta’kidlaydilar, xuddi shuningdek, rossiyalik iqtisodchi olimlar
ham kredit shakllari bo’yicha turlicha fikrlarni ilgari suradilar. Shu bois, ushbu paragrafda kreditning turlariga atroflicha to’xtalishga qaror qildik.
Kreditning turlari asosan uning mohiyatini aniqroq tushunish
imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, kreditning nafaqat turlari va shakllari o’rtasida, balki tasniflanishi ham ulardan ajralgan

holda o’rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kredit an’anaviy ravishda qator belgilarga qarab tasniflanishi mumkin.
Xususan, kredit qarzdor va kreditor toifasi bo’yicha (1), kreditni taqdim etish
muddatiga qarab (2) va kreditni berish shakllariga (3) qarab tasniflanadi.
Agar kreditning bu tartibda tasniflanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak,
asosan bunday tasniflanish kredit sub’ektlari o’rtasida vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlar jarayonida yuz beradi. Shuningdek, uning e’tiborli
jihati material qiymatni o’zida aks ettirganligi bo’lib, amaliyotda taqdim etish
bilan bog’liq holatlarni o’zida namoyon etishi hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilganlarga va iqtisodiy adabiyotlardagi manbalarga
tayanib, kreditning a) tovar, b) pul va v) aralash shakllari mavjudligini
ta’kidlash mumkin.
Kreditning
tovar shakli 
uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit bilan
bog’liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida rivojlangan.


Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda bayon etilishicha, kreditning tovar shaklida u
asosan buyum ko’rinishida taqdim etilib, qarzdor kreditorning kreditini
qoplashda xuddi shu miqdordagi buyumni unga qaytargan. Manbalarga ko’ra,
kreditning ushbu shakli antik jamiyat davrida, qadimgi Rimda vujudga
kelgan va rivojlangan

Hattoki, o’sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit” iqtisodiy
kategoriyalari o’rtasidagi bir – biriga o’xshashlik va farqlar xususidagi ayrim
fikrlarni ilgari surishgan. Ma’lumki ushbu masala hozirgi kunda ham
iqtisodchi olimlar va mutaxassislar o’rtasidagi munozarali holatlardan
hisoblanadi. Bir guruh olimlar, “ssuda” va “kredit” o’rtasida jiddiy farqlar
mavjud emasligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh olimlari buni inkor etishadi.
E’tiborli jihati shundaki, Rimda o’sha davrning huquqshunoslari
“ssuda” va “kredit” (qarz) o’rtasidagi farqni quyidagicha izohlab berishga
urinishgan. Ularning fikricha, ssudada qarzdor, ya’ni tovar shaklida kredit
oluvchi kreditni qaytarishda undan olgan aynan shu tovar yoki buyumni
kreditorga taqdim etishi zarur bo’ladi. Masalan, qarzdor kreditga otni olgan
bo’lsa, ushbu kreditni qaytarishda aynan shu ot unga qaytarilishi zarur
bo’ladi.
Kreditda esa tovar shaklida olingan kreditning o’rniga shunga o’xshash
turdagi tovar bilan qaytarilishi mumkin ekanligini e’tirof etishadi. Masalan,
tovar shaklida olingan bug’doyning o’rniga shu navdagi va miqdordagi
bug’doy yoki boshqa mahsulot bilan qaytarilishi kredit sifatida tavsiflanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda kreditining tovar shaklidagi jihatlari bo’yicha
ham fikrlarning xilma – xil ekanligining guvohi bo’lish mumkin. Yuqorida
kreditning tovar shakliga berilgan tasnifdan farqli o’laroq, professor
V.A.Shchegortsova tahriri ostida nashrdan chiqqan darslikda, kreditning
tovar shaklida mashina, stanok va boshqa jihozlarga to’lovni kechiktirish,
ularni ijraga va hatto lizinga berish ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Fikrimizcha, bu erda rossiyalik olimlar kreditning tovar shaklini uning
turi bilan aralashtirib yuborgan. Kreditning tovar shakli kishilar o’rtasida pul
munosabatlari vujudga kelib, to’liq taraqqiy etgan vaqtgacha qo’llanilgan,
keyinchalik ushbu kredit pul – tovar ko’rinishida qo’llanilgan.
Kredit - kredit yoki pul kapitalining harakatlanish shakli. Kreditlarning shakli va turlari o'z strukturasi va mazmuni bilan chambarchas bog'liq.


Download 33.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling