Kredit pullari va ularning turlari
Kreditning xarakterli va xususiyatli belgilari
Download 202.48 Kb.
|
shuhratbek yozma ish
43.7. Kreditning xarakterli va xususiyatli belgilari.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mexnat omillari ta’minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda ta’minlanishi muammodir. Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin: birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chikib, bush kolgan mabalglarning xarakatsiz turib kolishining oldin olinadi; ikkinchidan, takror ishlab chiqarishki keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi. Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo‘lishi zarur. SHu masala bo‘yicha bazi iktisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kreditning yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko‘prok e’tibor berilganini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Kredit munosabat bo‘lishi uchun: birinchidan, kredit munosabat ishtirokchilari - qarz beruvchi va qarz oluvchi - xuquqiy jixatdan mustakil subekt bo‘lishi kerak. Mustaqil subekt sifatida xar ikkala tomon bir-biri bilan o‘za’ro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini xisobga olgan xolda mustakil xuquqiy subyekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak ikkinchidan, qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar avvalambor, obyektiv jarayonlar, o‘za’ro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog‘liq. Kreditor (qarz beruvchi) tomonidan pul mablag‘larini qarzga berish bo‘yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag‘larni olish bo‘yicha qizikish tug‘ilgan taqdirdagina kredit yuunosabatlari vujudga keladi. Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo‘nalishiga bog‘lik tomonlar manfaatlarning mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin, kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va fazo jixatdan, shuningdek sifat jixatdan xam mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga kreditning bu muxim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo‘lishining asosiy sababi bo‘laolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek aniq bir iqtisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o‘xshash boshqa aniq sharoitlar bo‘lishi zarur. Faqatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kredit jarayoni asosiy o‘rinni egallaydi. U quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: • kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko‘rib chiqish; • qarz oluvchining to‘lovga va kreditga layoqatliligini bank tomonidan o‘rganib chiqilishi; • kredit qo‘mitasining qarori; • kredit bitimini rasmiylashtirish; • kredit berilishi; • ssuda va u bo‘yicha foiz tulashni bank tomonidan nazorat qilinishi. Kredit asosan ishlab chiqarish, hizmat ko‘rsatish, savdo va boshqa iqtisodiy munosaatlarni rag‘batlantiradi. CHunki kreditning iqtisodiy asosi faqat tomonlarni manfatiga xizmat qiladi. SHuning uchun kredit operatsiyalari nafaqat tomonlarni balki xam mikro ham makro darajadagi ahamiyati tomonlari ham beqiyos. Bu mamlakatning yalpi ichki maxsulotini o‘sishiga va nihoyat mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy o‘sishiga olib boradi. Mazkur o‘sishga kreditning ta’siri ahamiyatli xisoblanib, bunda uning xarakterli tomonlarini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Bu quyidagilardan iborat: -kredit chetda turib qolgan bo‘sh pul mablag‘larini xarakatga keltiradi: -kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini doimiy pul mablag‘lari bilan ta’minlaydi: -kredit asosiy ishlab chiqarishni doimiy rag‘batlantirib boradi. Kredit va uni to‘lash jarayoni kredit shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lib, kredit va qarz oluvchi o‘rtasidagi majburiyat va xuquqlarni belgilab beradi. Unda kreditning maqsadi va obyekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to‘lash muddati, kredit ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar ko‘rsatiladi. Ssuda to‘lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi. Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning kredit portfelida o‘z ifodasini topadi. Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o‘rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba’zi xollarda qayta moliyalashtirish va o‘z mablag‘lari xisobidan beriladigan kreditlar bugungi kunda tijorat banklari kredit portfelining ma’lum bir qismini muammoli kreditlar tashkil etadi. Ajratilgan kreditlar bo‘yicha extimoliy yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida, tijorat bankining kredit portfeli doimiy ravishda tasniflanib boradi. Kreditlarni o‘z navbatida 5 ta turga , ya’ni yaxshi, standart, substandart, shubxali va umidsiz kredit turlariga tasniflash mumkin. SHubxali va umidsiz kredit deb tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar deb qaraladi. Muammoli kreditlar tijorat banklari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Banklarning asosiy vazifasi, kredit berish o‘rniga kreditlarning o‘z muddatida qaytaruvchanligini ta’minlashdangina iborat bo‘lib qolmoqda. CHunki, muammoli kreditlar tijorat bankining foyda olib keladigan aktivlarini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida, bankning istiqbol rejasi ko‘rsatkichlariga erisha olmasligidan dalolat beradi. Xozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar xukumatimizning chiqargan qarorlariga asosan, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o‘z mablag‘lari xisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga layoqatli bo‘lganda miliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasidi berilishi mumkin. Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi. Lekin ularning faoliyatida ko‘proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi ta’sir qiladi. Tijorat banklar faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga yunaltirilgan bo‘lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog‘i xam yuqori bo‘ladi. Ssuda kapitali kapital bozorida muxim o‘rin tutib milliy iktisodiyot extiyojlarini qondiradi.Ssuda kapitalining o‘ziga xos xususiyatlari, uning kreditordan qarz oluvchiga bo‘lgan xarakatida va aksincha bo‘lgan jarayonida ko‘proq ko‘rinadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat: Ssuda kapitali kapital sifatida - bu mulk uning egasi qarz oluvchiga kapitalini doimiy egalikka emas, balki vaqtincha foydalanish uchun beradi. Bu xolda kapitalga bo‘lgan egalik kapital xarakatidan ajraladi. Kapital korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil kilishning boshidan oxirigacha qatnashib, uning xajmi ortib borsada, belgilangan kapital miqdori oxir oqibatda o‘z egasi - kreditorga kaytib to‘lanishi lozim. Ssuda kapitalining o‘ziga xos xususiyati, uning tovar sifatida ekanligidir. Kreditor tomonidan pul mablag‘lari qarzdor korxonaga “sotiladi”, Korxonalar bu kapital xisobidan chiqarish vositalari va ish kuchini sotib oladilar. Ssuda kapitalining tovar sifatidagi iste’mol qiymati - qarz oluvchi tomonidan uning samarali ishlatilishi natijasida qarzdor oladigan foyda xisoblanadi. Ssuda kapitalining iste’mol kiymati oddiy tovarning iste’mol kiymatidan far qiladi. Ssuda kapitali bo‘yicha olingan foidaning bir kismi ssuda foizini tulash uchun ishlatiladi. Ssuda kapitalining yana bir xususiyati, kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabatning uzok davom kilishidir. Ssuda kapitalining kreditordan qarz oluvchiga o‘tish jarayoni davrlar bo‘yicha tarkatilgan to‘lov mexanizmining bosqichlarida ifodalanadi. Masalan, oddiy savdo sotik jarayonida sotilgan tovarning narxi shu zaxotiyok to‘lanadi. Kredit resurslari va ulardan foydalanganlik uchun to‘lovlar odatda ma’lum vaqt o‘tgandan keyin to‘lanadi. 4. Ssuda kapitali xarakatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, ssuda kapitali xarakati sanoat va savdo kapitali xarakatidan farq qilib, “sotuvchi” (kreditor) va “xaridor” (qarz oluvchi)o‘rtasidagi munosabat, yani kapital xarakati, pul (P-T) ko‘rinishida bo‘ladi. Download 202.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling