Kredit turlari va rasmiylashtirilishi


Garovga olingan mulkni baholash va sug‘urtalash


Download 84.78 Kb.
bet4/6
Sana27.10.2023
Hajmi84.78 Kb.
#1725810
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1523418450 70954

Garovga olingan mulkni baholash va sug‘urtalash.
Garovga olinayotgan mol-mulkni turiga qarab mustaqil yoki bank ichki baholovchisi (kredit komissiyasi) baholashi mumkin. Tashqi baholovchi tomonidan mol-mulk baholanganda qarz oluvchi tomonidan uning xizmat xaqi to‘lanadi.
Garovga olinayotgan mol-mulkni kredit komissiyasi joyiga chiqib quyidagi shartlarni hisobga olgan holda baholashi kerak:

  • mol-mulkga bo‘lgan egalik xuquqi;

  • garovga olinayotgan mol-mulkning boshqa majburiyatlardan xolisligi;

  • uzoq muddat davomida saqlanish xususiyati;

  • mol-mulkning jismoniy va ma’naviy eskirishi darajasi;

  • garovga olinayotgan mol-mulk bahosining barqarorligi;

  • iste’mol va ishlatish chegaralari (garovga olingan ta’minot turi tor doiradagi ixtisoslashtirilgan soxalarda ishlatilmasligiga e’tiborni qaratish lozim).

Garovga olinayotgan mol-mulk turiga qarab, bank filiallari qarz oluvchi bilan ipoteka, ko‘chmas mulk va boshqa turlar bo‘yicha yozma shartnoma imzolaydi. Bu shartnomalar notarial idoralarda tasdiqlanishi kerak.
Garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirilib, qarzdor tomonidan ushbu qog‘ozlar bankka saqlash uchun taqdim etiladi. Qarzdor tomonidan asosiy qarz va foiz to‘lovlari to‘liq qaytarib berilgan taqdirdagina garovga olingan qimmatli qog‘ozlar unga qaytarib beriladi. Garovga olingan qimmatli qog‘ozlarni qisman berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Garovga olingan vositalar bo‘yicha monitoring o‘rnatilishi lozim. Monitoring jarayonida garovga olingan vositalarning narxi bozorda garovga olinayotgan davrga nisbatan pasayib ketganligi yoki yaroqsiz holga kelib qolganlik holati aniqlansa, bank qo‘shimcha ta’minot turlarini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi va bu holat bank hamda mijoz o‘rtasidagi tuziladigan kredit shartnomasida o‘z aksini topishi kerak.
Kredit ta’minoti sifatida tovarlar, valyuta, valyuta boyliklari, shuningdek, avtotransport olinishi mumkin. Bu holda garovga qo‘yilgan mol-mulk zakalat sifatida bankka (garovni saqlab turuvchiga) topshiriladi. Avtotransport vositalari bundan mustasno bo‘lib, sotish, ijaraga berish, xadya qilish va boshqalar xuquqisiz garovga qo‘yuvchi ixtiyorida qoldiriladi. Zakalat garov shartnomasi kabi rasmiylashtiriladi va notarius tomonidan tasdiqlanadi.
Ta’minot sifatida moliyaviy vositalar qabul qilinganda quyidagicha bo‘ladi.

Download 84.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling